Miqdorini aniqlash: UB-spektri yordamida spektrofotometrik aniqlanadi.
METADON
(6-dimetilamino-4,4-difenil-3-geptanon) sintetik opioid
Metadon birinchi marta morfinni o‘rnini bosuvchi sifatida ikkinchi jahon urushi davrida Germaniyada sintez qilingan. AQSH dagi klinikalarga 1947 yilda kirib kelgan. Metadon asosi – kristall modda bo‘lib, qaynash harorati 76-79°C
Metadon gidroxlorid- oq kristall modda bo‘lib, qaynash harorati 229-231°C
Uning og‘riqni qoldiruvchi yuqori bir martalik dozasi - 10 mg va sutkalik dozasi – 30 mg.
Tibbiyotda morfinning o‘rnini bosuvchi, terapiyada narkomanlarga metadon buyuriladi. Tabletka (40 mg) , eritma ko‘rinishida (10 mg/ml) ishlab chiqariladi. Uning analgetik ta’siri morfinga nisbatan 5 marta yuqoriroq, lekin zaharliligi kamroq.
Metadonning ta’sir vaqti morfinga nisbatan uzoqroq bo‘lib, 24 soat davom etishi mumkin. Preparatga o‘rganib qolish (tolerantlik) oshib boradi va u jismoniy bog‘liqlikni keltirib chiqaradi. Organizmda metabolizmga uchrab metadol, normetadol va atsetilmetadol kabi narkotik ta’sirga ega metabolitlarini hosil qiladi.
Biologik ob’ektdan ajratib olish.
Nordonlashtirilgan spirt yoki suv usulida ishqoriy muhitdan (pH=9-10) ajratib olinadi. Metadonni 16 ta analoglari mavjud bo‘lib, narkotiklarning qora bozorida aylanadi.
Dastlabki tahlil
Kukunga 1-2 tomchi konsentrlangan sulfat kislota va nitrat kislota (1:1) aralashmasi qo‘shilganda zarg‘aldoq rang kuzatiladi
Kukunga 1-2 tomchi 2% kobalt rodanidning suvdagi eritmasi qo‘shilganda ko‘k rang hosil bo‘ladi.
Rang hosil qiluvchi reaksiyalar
1.Liberman reaktivi–zarg‘aldoq rang
2.Mandelina reaktivi –yashil, so‘ngra havo rang
3.Marki reaktivi - pushti-qizil, so‘ngra fluorissensiyalanuvchi qizil rang
YUQX tahlili Xromatografik plastinkalar «Sorbfil»va «Silufol»
Erituvchilar sistemasi
siklogeksan-toluol-dietilamin (75:15:10),
xloroform-metanol (90:10),
geksan-dietilovыy efir-dietilamin (10:10:1),
geksan-atseton-25% rastvor gidroksida ammoniya (2:2:0,2).
benzol-etanol-dietilamin (9:1:1),
YOrituvchi reagent - Mandelina reaktivi, yashildan ko‘k rangga o‘tuvchi dog‘
Kislotali eritmasi 253, 259, 264, 292 nm (A11=18a) to‘lqin uzunlikda maksimum nur yutadi.
IK spektridagi xarakterli cho‘qqilar m/z 710, 1709, 769, 1107, 943, 1133 cm−1
SIKLODOL
S iklodol ([1-fenil-1-siklogeksil-3-(N-piperidino)]-propanol-1-gidroxlorid) piperid hosilasiga oid dori vositasi, suvda yomon, spirtda
kam eriydigan oq kristall kukun.
Do'stlaringiz bilan baham: |