Polshada
yerga nisbatan xususiy mulk huquqi va yer bozori Seym
tomonidan qabul qilingan qonunlarda huquqiy jihatdan mustahkamlab
qo‘yilgan. Polshaning agrar siyosati yirik yerdan foydalanuvchilarni,
yuqori tovar ishlab chiqaruvchi dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-
quvvatlashga qaratilgan.
1990 yilda Polshada “Yer xo’jaliklari va qishloq xo‘jaligi mulklarini
olib qo‘yish to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish kiritilib, Yer barcha
polshalik fuqarolar uchun, muayyan shartlarga rioya etgan holda chet
elliklar uchun ham erkin oldi-sotdi (auksion tizimi orqali) qilinadigan
tovarga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |