Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


IMPROVING THE EDUCATION SYSTEM OF FUTURE DEFENDERS OF THE HOMELAND



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/84
Sana22.02.2022
Hajmi4,91 Mb.
#113695
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   84
Bog'liq
2019-3-son

IMPROVING THE EDUCATION SYSTEM OF FUTURE DEFENDERS OF THE HOMELAND 
Xaydaraliev X. - The teacher of the Fergana state university 
Mirzaev G. - Lecturer at the Kokand State Pedagogical Institute 
Ochildieva H. - Lecturer, Kokand State Pedagogical Institute 
Zakirova D. - Lecturer at the Kokand State Pedagogical Institute 
Annotation. This article includes measures on improving the system of upbringing the young 
generation in the spirit of military patriotism, which outlines the concepts of patriotism, military patriotism, 
and how to build and develop a sense of military patriotism among young people, recommendations and 
suggestions for improving the system of education in the spirit of military patriotism. 
Key words: patriotism, military patriotism, education, concept, defense, armed forces, history, 
cultural heritage. 


58 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Har bir davlatning, har bir xalqning taraqqiyoti uning harbiy sohadagi qudrati bilan belgilanadi. 
Mamlakat taraqqiyoti uchun uning barcha fuqarolari qalbida fidoyilik, vatanparvarlik tuyg‘ulari mujassam 
bo‘lishi kerak. “Vatanparvarlik” tushunchasiga manbalarda “axloqiy va siyosiy prinsip, ijtimoiy tuyg‘u” deya 
ta’rif berilgan bo‘lib, u vatanga muhabbat, unga sadoqat, o‘tmish va hozirgi zamondan g‘ururlanish, vatan 
manfaatlarini himoya qilish istagi, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalariga xos bo‘lgan eng muhim 
qadriyatdir. Bondarenko va V.V.Kolpachevning fikricha, vatanparvarlik tuyg‘usi quyidagi omillar bilan 
bog‘lanadi: 
Tabiiy omillar. Dastlab vatanparvarlik, birinchi navbatda, ko‘chmanchi xalqlar uchun xos bo‘lgan va 
oila a’zolari, urug‘-aymoq o‘rtasidagi qon-qarindoshlik munosabatlarini saqlagan. 
Ma’naviy va axloqiy omillar. Vatanparvarlik odamlarni ma’naviy rishtalar va ma’naviy burchlar bilan 
birlashtiradi. 
Siyosiy omillar. Siyosiy jihatdan, vatanparvarlik odamlar tomonidan mavjud hokimiyatni, boshqaruv 
shaklini, davlatning siyosiy tuzilishini, uning rivojlanish istiqbollari va maqsadlarini qabul qilishni anglatadi.
1
Harbiy vatanparvarlik deganda, Vatanga sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatan 
ravnaqi uchun faol bo‘lishga undaydigan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy fazilat tushuniladi. Uning axloqiy 
mohiyati – Vatanga mehr-muhabbatli va sodiq bo‘lishdan, yurtning o‘tmishi va hoziri uchun faxrlanishdan, 
mamlakat manfaatlarini himoya qilishga intilishdan iborat. Shuningdek, bu fazilat ota-bobolardan meros 
qolgan zaminni sevish, xalq urf-odatlarini, qadriyatlarini asrash va rivojlantirish, o‘z ona-Vatanini 
dushmanlardan, yot va begona g‘oyalardan himoya qilish, uning ozodligi va mustaqilligi uchun jonini ham 
ayamaslikni nazarda tutadi. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi – bu O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining 
mustaqil yurtimizni mardlarcha himoya qilishga qodirligi va tayyorligi, askarlarni vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalashning ma’naviy-axloqiy tizimidir
2
.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi umumiy talqindagi vatanparvarlikdan qator jihatlari bilan farq qiladi. 
Tadqiqotchi G.Ergasheva fikriga ko‘ra:
– birinchidan, harbiy vatanparvarlik tarbiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanni qurol bilan himoya 
qilishga tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan;
– ikkinchidan, harbiy vatanparvarlik asosini O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining udumlari tashkil etadi, 
vatanparvarlik tarbiyasi asosini esa harbiy udum bilan bir qatorda mehnat udumlari tashkil qiladi;
uchinchidan, harbiy vatanparvarlik tarbiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga nisbatan 
hurmat va g‘ururlanish, harbiy xizmatchi bo‘lishga xohish va intilish hamda qo‘lida qurol bilan mustaqil 
Vatanni himoya qilish hissini uyg‘otadi. Vatanparvarlik tarbiyasi esa Vataniga sodiqlik, O‘zbekiston fuqarosi 
o‘z davlatining buyukligini, kuchliligini mustahkamlash, mustaqilligini himoya qilish hissini rivojlantiradi.
Ma’lumki, kelajagi buyuk davlatni barpo etishda o‘sib kelayotgan yosh avlod quruvchi vazifasini 
o‘taydi. Jahonda mamlakat mudofaasining asosiy ko‘rsatkichi vatanparvarlik hissi yuqori darajada 
rivojlangan, fidoyi, bilim va tajribasini Vatanga baxshida etuvchi avlodni shakllantirish hisoblanadi. Shu 
nuqtayi nazardan, hozirgi murakkab globallashuv davrida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat 
bilan rivojlanib borayotgan sharoitda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarblik kasb 
etadi. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadi yoshlarda jamiyatning turli 
tarmoqlari, ayniqsa, harbiy soha bilan aloqador bo‘lgan davlat xizmati turlarida faollik ko‘rsatish, tinch va 
harbiy sharoitda Konstitutsiya va harbiy burchga sadoqatli bo‘lish, ularda o‘z yurti va xalqi taqdiri uchun 
yuksak mas’uliyat va javobgarlik kabi muhim xususiyatlarni shakllantirishdan iborat. Ushbu jarayonda davlat 
va nodavlat notijorat tashkilotlari, oila, mahalla, ta’lim-tarbiya institutlarining o‘zaro hamkorligi muhim 
ahamiyatga ega. Ta’kidlash lozimki, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi uzluksiz jarayon 
bo‘lib, u bir-biriga bog‘liq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-mafkuraviy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar 
majmuasidan iborat. Bu borada yurtimizda qator sa’y-harakatlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 
bugungi kunda Qurolli Kuchlarimizni salohiyatli askar va ofitser kadrlar bilan ta’minlashda, yoshlarimizni 
harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda, ularni 
1
Buzskiy M.P., Vyrshchikov A.N., Kustmartsev M.B. Vatanparvarlik va vatanparvarlik tarbiyasining nazariy muammolari. – Volgograd, 2008. – 90 b.
2
Sotiboldiyev A.A., Ma’murov U.I. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi. // O‘quv qo‘llanma. – T., 2007. – B. 15.


59 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar jarayoniga jalb etishda, intellektual va ijodiy salohiyatini 
ro‘yobga chiqarishda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh qo‘mondoni tashabbusi bilan 
tashkil etilgan "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseylari hamda Qurolli Kuchlar tizimida O‘zbekiston 
yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari tashkil etilganligi, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalash Konsepsiyasining qabul qilinishi buning yorqin dalilidir. Shuningdek, mamlakatimiz mudofaa 
salohiyatini mustahkamlash O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor 
yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olindi. Ushbu Strategiyaga binoan, 2017-yilda boshqa sohalar qatorida 
harbiy sohada ham keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Qisqa muddatda dastlabgi aniq natijalarga 
erishildi va yangilanayotgan Qurolli Kuchlar tizimi bo‘yicha strategik yondashuv ishlab chiqildi. Bu esa “yosh 
avlodimizda qat’iy hayotiy pozitsiya va Vatanimiz taqdiri uchun yuksak mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishda 
alohida ahamiyatga ega. Shuni hisobga olib, mamlakatimizda o‘rta maktabdan boshlab oliy o‘quv 
yurtlarigacha qamrab oladigan uzluksiz harbiy ta’lim va vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha o‘ziga xos noyob va 
yaxlit tizim yaratilmoqda
1
.” Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni takomillashtirishning 
asosiy prinsiplari: 
– ilmiylik; tarixiylik; aniqlik va tezkorlik; muntazamlilik; faollik; ta’lim va tarbiya ishlarining 
uyg‘unligi; tarbiya jarayonining izchilligi; harbiy-vatanparvarlik tarbiyasida erishilgan ijobiy natija va 
yutuqlarga tayanishdan iboratdir
2

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari quyidagi to‘rt bosqichda amalga oshirilishi 
maqsadga muvofiqdir: 
a) birinchi bosqich (3-7 yoshdagilar) atrofdagi olam, Vatan haqida dastlabgi tasavvurlar paydo 
bo‘ladigan bosqich hisoblanib, unda bolalarga oila muhitida yoki maktabgacha ta’lim muassasalarida 
vatanga muhabbat, sevgi va sadoqat tuyg‘ulari madh etilgan she’r va qo‘shiqlar o‘rgatish, multfilm va turli 
o‘yinlar namoyish etib, rasmlar orqali dunyoni anglatish, davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) bilan 
tanishtirish masalasi kun tartibiga qo‘yiladi; 
b) ikkinchi bosqichda (7-16 yoshdagilar) vatanparvarlik hissiyotlari o‘quvchilarda qahramonlikka 
intilish, jasorat ko‘rsatish istagi, tengdoshlari jamoasida o‘z o‘rniga ega bo‘lish, ular hurmatiga sazovor 
bo‘lishi, o‘ziga yuqori e’tibor va talabchanlik, katta ijtimoiy faollik kabi yangi his-tuyg‘ularning shakllanishiga 
ko‘ra rivojlanadi. Aynan shu yoshda maktab o‘quvchilari, ayniqsa, botirlik, kuch, iroda, mardlik, do‘stlikka va 
o‘rtoqlarga sadoqatni qadrlaydi. Bu ularga Vatan himoyasi muqaddas burch ekanligini chuqur anglab yetishi 
uchun imkon beradi. 
v) uchinchi bosqich (16-18 yoshdagilar) yoshlarda Vatanga va uning himoyasi uchun munosib xizmat 
qilishga ruhan va jismonan tayyorlikni ta’minlashga yo‘naltiriladi. Bu yoshdagi o‘quvchilarning fikrlashi 
yanada yetuklashadi, chuqur umumlashtirishlarga, tartib va qobiliyatga ega bo‘ladi. Ular Vatan himoyachisi 
haqida to‘la tasavvurga ega bo‘ladilar. Bu davrda nafaqat Ikkinchi jahon urushi qahramoni yoki faxriysi, 
balki mustaqil O‘zbekiston himoyachisining eng yaxshi xislatlari xos bo‘lgan zamondoshlarimizning 
jasoratlari, ularning yuksak marralarni zabt etishlari va xalqimiz mehnatini ishonchli himoya qilish haqidagi 
ma’lumotlar yoshlar ongida chuqur tasavvurli iz qoldiradi. Biroq hisobga olish kerakki, bu yuksak namunalar 
faqat o‘quvchilarning ishlari va harakatlarida o‘rnini topsagina, e’tiborga sazovor bo‘ladi. Shuning uchun 
o‘quv-tarbiyaviy jarayonda o‘quvchilarga o‘tgan urush voqealari, xalqning front va front ortidagi ommaviy 
jasorati haqida bilimlar berish bilan birga, ularda Vatan himoyasiga tayyorlash uchun ijtimoiy 
dunyoqarashlarni ham shakllantirish lozim. 
g) to‘rtinchi bosqich (18-30 yoshdagilar) yoshlarni jismonan barkamol va ma’nan yetuk etib 
rivojlantirish, ularning tashabbuskorlik qobiliyatlari, intellektual salohiyati, malakasini oshirish, sog‘lom 
hayot kechirishga undash va shunga erishishni nazarda tutadi. 
Har bir xalq o‘z tarixini avaylab keladi, bu tarix ne’matlari bo‘lmish merosdan kelajak sari ildam yo‘l 
bosish uchun kuch-quvvat oladi. Xalq ozodligi uchun qurbon bo‘lgan milliy qahramonlar jasorati, millat 
1
Mirziyoyev Sh.M. Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida so‘zlagan nutq. – T., 10.01.2018
2
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida Qarori. – 
T., 2018-yil 23-fevral, 140-son 


60 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
ravnaqi uchun jonbozlik qilgan ilm va fan sohiblarining faoliyati esa har bir avlod uchun yo‘lchi yulduz bo‘lib 
xizmat qiladi. Zero, tarixidan bexabar xalq – mazlum xalq, tarixi yolg‘on bilan yozilgan xalq – mahkum xalq, 
tarixini asragan va bilgan xalq – tenglar ichida teng xalqdir. Bizning xalqimiz ruhiy-ma’naviy taraqqiyotida 
o‘tmish madaniy merosi va milliy ma’naviy qadriyatlar muhim o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra, vatanparvarlik 
ruhining rivojlanish darajasi va ko‘lami boy tarixiy merosimizni kishilarimiz tomonidan nechog‘lik o‘rganib, 
o‘zlashtirilishiga bog‘liq. Hozirgi sharoitda vatanparvarlik g‘oyasini rivojlantirishda madaniy merosning o‘rni 
quyidagi omillar bilan belgilanadi:
– xalqimizning haqqoniy tarixi, boy madaniy merosi va milliy ma’naviy qadriyatlari hamda mustaqillik 
yillari ularni tiklab, rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning mazmuni va ahamiyatini chuqur 
anglash;
– respublikamiz ta’lim-tarbiya tizimida yaratilgan keng imkoniyatlar va hozirgi davr talablaridan kelib 
chiqib, milliy g‘oyaning tarixiy meros bilan uzviy bog‘liq jihatlarini o‘qitishning zamonaviy uslub-vositalarini 
yaratish va ulardan samarali foydalanish;
– g‘oyaviy ta’lim-tarbiyada madaniy merosdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va bu 
boradagi ishlarni milliy taraqqiyot manfaatlari asosida uzluksiz rivojlantirib borish. 
Shu jihatdan yoshlarimizga harbiy vatanparvarlik ruhini sindirish, ularda ona Vatanga mehr-
muhabbat, hurmatni yanada kuchaytirish borasida quyidagi ishlarni amalga oshirishni maqsadga muvofiq 
deb hisoblaymiz:
– ta’lim muassasasi kutubxonalarini harbiy vatanparvarlik yo‘nalishidagi badiiy-tarixiy adabiyotlar 
bilan to‘ldirish;
– asar mualliflari bilan uchrashuvlar tashkil etish;
– Vatan ozodligi yo‘lida kurashgan ajdodlarimizning hayot yo‘llarini kengroq o‘rganish va yoritish;
– ularning qalamlariga mansub asarlarni ilmiy o‘rganish va keng targ‘ib etish; 
– boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan harbiy xizmatchi va faxriylar, ilm-fan, madaniyat va sport 
sohalarida, turli musobaqa va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan shaxslar bilan uchrashuvlar, seminar-treninglar,
viktorinalar, davra suhbatlari tashkil etish; 
– mardlik saboqlarini o‘tkazish va ekskursiyalar uyushtirish; 
– teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar, film va multfilmlar, badiiy va musiqiy asarlar, askar qo‘shiqlari, 
ommaviy axborot vositalari, veb-saytlar va elektron o‘yinlar va boshqa texnik vositalardan foydalanish;
– bolalar, o‘smirlar va chaqiruvgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida ommaviy sport ishlarini tashkil etish va 
o‘tkazish;
– milliy xalq qahramonlarimizning jasorati, harbiy vatanparvarligini aks ettiruvchi multfilmlar, video 
va kinofilmlar, sahna asarlari, tarixiy asarlarni yaratish borasida tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish. 
Bu kabi tadbirlar ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rang-barangligini ta’minlaydi, pirovard natijada 
jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Bugungi ta’lim jarayonida 
an’anaviy o‘qitishning xorij metodikasi bilan uyg‘unlashtirilishi natijasida harbiy vatanparvarlikni yoshlar 
ongiga singdirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ham samaralidir. O‘quvchilar qalbi va ongiga 
milliy ruh, insonparvarlik, mehnatsevarlik, adolat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun axborot 
texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni keltirib o‘tamiz:
– pedagoglarning axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan (AKT) foydalanish samaradorligini 
yanada oshirish bo‘yicha o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish hamda o‘quv seminarlari tashkil etish;
– ta’lim muassasalarida AKTdan to‘liq foydalanishni yo‘lga qo‘yish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
– zamonaviy AKT orqali o‘quvchilarga axborotlarni sodda, qisqa va aniq tarzda, bolaning manfaatidan 
kelib chiqib, o‘quvchi yashaydigan sharoitga qiyoslab yetkazish;
– o‘quvchilarda axborot manbalarini tanqidiy tahlil qilish, o‘zlashtirilayotgan o‘quv materiali bo‘yicha 
shaxsiy fikr va qarashlarni shakllantirish;
– o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, mehr-oqibat va kelajakka bo‘lgan ishonch hissini yuksaltirish 
maqsadida xalqimizga xos milliy va umuminsoniy qadriyatlarni axborot-kommunikatsion texnologiyalari 
orqali keng targ‘ib qilish;
– ota-onalarga o‘z farzandlarini axborot xurujlaridan himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar berish. 


61 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda kelajagimiz vorislari bo‘lgan yoshlarda 
vatanparvarlik ruhini rivojlantirish, Vatanga bo‘lgan muhabbat va ertangi kunga ishonch ruhida tarbiyalash 
davlat ahamiyatiga molik vazifa bo‘lib, uni ro‘yobga chiqarish barchamizning fuqarolik burchimizdir. 

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish