TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
2.
Insulin tarkibida nechta aminokislotalar bo‘ladi, ular qanday ketma-ketlikda joylashgan?
3.
Insulinning tarkida qanday funksional guruhlar bor?
4.
Birinchi bo‘lib tabiiy polipeptidni kim sun’iy sintez qildi?
5.
Insonlar organizmida oqsilning o‘rni qanday bo‘ladi?
Shuningdek, oqsillarning qandli diabet kasalini o‘rganish bo‘yicha ishlar bir necha yuz
yilliklar davomida olib borilgan. Bu sohada qilingan ilmiy ishlar haqida maʼlumotlar
prezentatsiyalar orqali o‘quvchilarga beriladi. O‘quvchilarga oqsillarning tuzilishini o‘rganish
bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishi olib borgan olimlar ishlari va sanalarni o‘zaro bir-biri bilan juftlash
bo‘yicha nazorat topshirig‘i berilganda, ularda mavzu yuzasidan qiziqish yanada ko‘payadi.
Masalan, ushbu jadvalning javobini to‘ldirishadi.
№
Sanalar
Vazifalar
1.
1927-yili
A
Dj.Аbel insulin moddasini kristall
holatida olishga muvaffaq
bo‘ldi.
2.
1926-yili
B
Insulin molekulasi qanday tuzilishli ekanini ingliz biokimyogari
Frederik Senjer hal etdi.
3.
1923-yili
Djon Makleod, Frederik Banting, Charlz Best meʼda osti bezidan
insulinni ajratib olishga muvaffaq bo‘lishdi.
4.
1921-yili
C
Dj.Makleod va F.Banting insulinni kashf etganlari sharafiga
tibbiyot va fiziologiya yo‘nalishi bo‘yicha А.Nobel mukofoti bilan
taqdirlandilar.
5.
1955-yili
D
F.Senjer «proteinlar tuzilishini, asosan, insulin tuzilishini
aniqlash bo‘yicha bajargan ishlari uchun» А.Nobel
mukofotini
oldi.
6.
1958-yili
G
Vinsent Dyu Vino ikkita gormonning vazopressin va oksitotsin
moddalarining tuzilishini aniqladi
Oqsillarning yaratilish tarixi haqidagi o‘zlashtirilgan bilimlarni “Zinama-zina” metodidan
foydalanib aniqlash mumkin.
Ikki spiralli DNK tuzilishidagi fragmentlar
joylashishining ketma-ketligini kim aniqlagan?
Proteinlar tuzilishini, asosan, insulin tuzilishini aniqlash
bo
ʼ
yicha bajargan ishlari uchun А.
Nobel mukofotini kim
oldi?
Insulinda aminokislotalar joylashishi tartibini kim
aniqlagan?
Qaysi olim insulin moddasini
kristall holatida
olishga muvaffaq bo
ʼ
ldi?
Insulin preparati qachon birinchi marotaba
diabet kasalining og
ʼ
ir shakliga in
ʼ
eksiya
qilindi?
40
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Bunda tarqatma materialda oqsillarning yaratilish tarixi ketma-ketlikda jamoa bilan
birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasi beriladi va guruh o‘quvchilari birgalikda tarqatma
materialda berilgan savolga yozma holatda javob yozadilar. Bunda o‘quvchilar mavzu bo‘yicha
imkon boricha to‘laroq maʼlumot berishlari kerak bo‘ladi.
Bu metodda talabalarni erkin, mustaqil
va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga,
izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o‘z fikri
bilan taʼsir eta olishga, uni maʼqullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh
berishda egallagan bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatish mumkin.
Ushbu mavzuning biologiya fani bilan bog‘liqligi shundaki, inson organizmiga insulin
moddasi yetishmovchiligi qanday taʼsir etish holati haqida maʼlumotlar beriladi.
Insulin yetishmay qolganda, glyukoza hujayra ichiga kira
olmasligi sababli hujayraga
glyukoza singmaydi va u qon tarkibida to‘planib buyrak orqali peshobga o‘tadi. Glyukozaning
qon tarkibidagi miqdori ko‘payishi va uning siydik orqali chiqarib tashlanishi inson tana vaznining
keskin kamayishiga (ozishga), haddan ziyod siydik hosil bo‘lishiga, doimiy chanqoqlikka va
to‘yinish hissining yo‘qolishiga olib keladi. Organizm siydik orqali foydasiz chiqib ketayotgan
glyukoza kaloriyasini to‘ldirish maqsadida yog‘ zaxiralarini va to‘qimadagi oqsillarni (asosan,
mushaklardagi) parchalab yetishmayotgan energiyani qoplay boshlaydi. Oqibatda toliqish,
uyquchanlik, ko‘ngil aynish va modda almashinish jarayonlari buziladi. Bu esa diabet komasiga
(hushni yo‘qotishga) va vaqtida davolanilmasa, o‘limga olib keladi.
Biologiya fani o‘qituvchisi o‘quvchilarga oqsillar mavzusini o‘tish
jarayonida oqsillarning
biologik ahamiyatini, oqsillarda bo‘ladigan jarayonlarni, insulinning hujayralarga glyukozaning
so‘rilish jarayonini taʼminlashini ketma-ketlikda misollar bilan tushuntiradi. Tibbiyotda
insulinning qo‘llanilishi haqidagi maʼlumotlarning talabalarga taʼkidlanishi taʼlim-tarbiya
jarayonida integratsion yondashuv asosida o‘qitishni amalga oshiradi
1
.
Kimyo va biologiya fanlarining o‘zaro aloqasi dars mazmunini chuqurlashtiradi.
O‘quvchilarning bilim darajasini oshiradi. Bularning hammasi dars
jarayonida turli kimyo fani
bo‘yicha mashg‘ulotlarda talabalarning ilmiy dunyoqarashini rivojlanishiga, kimyo fani keng
qamrovli va katta amaliy ahamiyatga ega ekanligini tushunib olishga yordam beradi
2
. Bu holatda
integratsiya biologiya fani bo‘yicha olingan bilimlarni ikkinchisiga ko‘chirish, balki zamonaviy
kimyo fanlar integratsiyasi yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yangi didaktik ekvivalentlarni yaratish
jarayoni bo‘ladi. Demak, integratsiya – talabaning kimyo fanlari bo‘yicha
kuzatishlari va
xulosalarini tasdiqlab yoki chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish manbaidir.
Do'stlaringiz bilan baham: