ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
1-jadval
Pedagogika oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv yuklama taqsimoti
(1 talaba uchun)
O‘quv reja asosida bir talaba uchun mo‘ljallangan umumiy o‘quv yuklama taqsimoti
Umumiy o‘quv
yuklamasi (soatda)
O‘quv fanlarining umumiy
hajmi (soat)
Auditoriyadan
tashqari
mashg‘ulotlar
(soat)
9234
6588
2646
Auditoriya
mashgu`lotlari
Mustaqil
ta’lim uchun
3690
2898
Umumiy hisoblaganda auditoriyadan tashqari bajariladigan (MT-2898 soat; MA-1296,
BMI- 324 soat, DA – 1026 soat – jami 2646 soat ) – 5444 soat talabaning mustaqil ishlariga
ajratiladi (2-jadval).
2-jadval
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar uchun
mustaqil ta’lim soatlari taqsimoti
(1 talaba darajasida)
Auditoriyadan tashqari bajariladigan
mustaqil ta’lim turlari
Ajratilgan soat
Jami
O‘quv
fanlari
uchun
ajaratilgan
mustaqil ta’lim
2898
2898
Malakaviy amaliyot
1296
2646
Bitiruv malakaviy ishi
324
Davlat attestatsiyalari
1026
Jami
5444
Bu umumiy soatni bitta talaba darajasida tahlil qiladigan bo‘lsak 4 yil davomida bitta
talaba o‘quv soatlaridan 6588 soat (shundan mustaqil ta’lim uchun 2898 soat), muayyan fanlar
bo‘yicha kurs loyihalari ustida ishlash (botanika, zoologiya, odam anatomiyasi, biologiya o‘qitish
metodikasi va nazariyasi, biologiyani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish), pedagogik
(passiv pedagoik amaliyotda – 324 soat (1-kursdan 4 kursgacha 108 soatdan), 4-kursda uzluksiz
pedagogik amaliyotda esa 594 soat) va dala amaliyoti uchun 108 soat (bitta guruh uchun),
bitiruv malakaviy ishi loyihasi ustida ishlash uchun 324 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, bu vaqt
davomida talaba asosan mustaqil ravishda faoliyat olib boradi.
Talaba oliy ta’lim dargohida o‘qishni boshlar ekan, u yangi muhitga, yangi ta’lim modullari
bo‘yicha tashkil etilgan ta’lim jarayoniga tayyor emasligi, professor-o‘qituvchilar tomonidan
taklif etiladigan o‘quv-bilish faoliyatining uslub va vositalarini amalda qo‘llash ko‘nikmalariga
ega emasligida ko‘rinadi. Shunga qaramay, talaba 1-kursdan boshlab o‘qitiladigan fanlarni ilmiy
yondashgan holda chuqur o‘zlashtirishi talab etiladi. Shu munosabat bilan birinchi kurs
talabalari muayyan ko‘nikma va malakalarni egallashi, ya’ni o‘quv mashg‘ulotlarida mustaqil
faoliyatga kirisha olish, hamkorlikda ishlay olish, mavzularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan
chuqur o‘zlashtirish, mazkur mavzular yuzasidan referatlar, bukletlar, taqdimotlar tayyorlashi
zarur bo‘ladi.
Talabalar fan o‘qituvchilari rahbarligida mustaqil ta’lim uchun ajratilgan soatlarda
belgilangan reja asosida mavzular bo‘yicha fanlar kesimida mustaqil ishlarning quyidagi
shakllarini bajaradilar (1-chizma): adabiyotlarni o‘qib tahlil qiladi, internet ma’lumotlarini
o‘rganadi, konspektlashtiradi, referatlar, slaydlar, chizmalar tayyorlaydi, test topshiriqlarini
bajaradi, Multimediali dasturlar ustida ishlaydi, laboratoriya mashg‘ulotlarini kollekvium tarzda
topshiradi.
51
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Do'stlaringiz bilan baham: |