Tahlil va natijalar.
Globallashuv davrida yosh avlod qalbida Vatan taqdiri va kelajagi uchun
daxldorlik va mas’uliyat hissini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni
kuchaytirishga yо‘naltirilgan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shunday bо‘lsa-da, о‘quvchi-
yoshlar milliy-ma’naviy salohiyatining amaldagi holati hamisha dolzarb о‘rin tutadi.
Milliy-ma’naviy salohiyat degan tushunchani pedagogik manbalarda tо‘g‘ridan tо‘g‘ri
uchratib bо‘lmaydi. “Ma’naviyat” asosiy tushunchalar izohli lug‘ati va pedagogik atamalar lug‘ati
ma’lumotlari va о‘z tadqiqotlarimiz natijasini umumlashtirib, quyidagi ta’rifni ilgari surdik.
Milliy-ma’naviy salohiyat – turli etnos, xalq, millatga xos umumiy milliy xususiyatlar
(negizlar) asosida tarixan shakllanadigan, ularning turmush tarzi, tili, urf-odat va an’analari,
qadriyatlariga xos va mos bо‘lgan umumiy milliy-ma’naviy xususiyatlar, fazilatlar majmuasining
rivojlanganlik darajasi, ichki imkoniyatlari tо‘la namoyon bо‘lmagan kuch-quvvatidir.
О‘quvchi-yoshlar milliy-ma’naviy salohiyatining oila tarbiyasi bilan bog‘liq rivojlanganlik
darajasini quyidagi mezonlar asosida baholashni taklif etmoqchimiz:
– о‘z yurti, о‘zi mansub bо‘lgan xalq, oilasi, ota-onasidan roziligi, ajdodlari, tili, dini,
an’analaridan g‘ururlanish;
– milliy qadriyatlarni hurmat qilishi va atrofdagilar orasida targ‘ib qilish;
– о‘qishga mas’uliyatlilik, burch, vijdoniylik, boshqalar bilan kelisha olish;
– milliy va millatlararo muloqot madaniyatini talab qilish;
– milliy ong, milliy dunyoqarash, milliy identifikatsiya, milliy tarbiyaviy fazilatlarning
mavjudligi;
– oilaviy an’analar va axloq me’yorlariga insoniylikni saqlab qolish kafolati sifatida ongli,
e’tiqod bilan amal qilish, oilaviy bayramlarni e’tirof etish va ularda qatnashish;
– millat, jumladan, oila tarixi va taqdiriga befarqlikni kо‘rganda, darhol bu holatni asliga
qaytarishga faol harakat qilish;
– ota-onaga samimiy, yaqin, farzandlik mehrini doimo va hamma joyda bildirib turish;
– milliy odobga zid xatti-harakatlarni doimo va hamma joyda faol qoralash;
– oila hayotiga oid muhim masalalarni kattalar bilan muhokama qilish, uy-rо‘zg‘or ishlarida
faol ishtirok etish, oilaga naf keltirish, unga isnod keltirmaslik haqida doimiy qayg‘urish;
1
Quronov, Muhammad. Bolam baxtli bo‘lsin, desangiz… : tarbiya kitobi. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Ma’naviyat”, 2014. 155-164-b.
2
Quronov, Muhammad. Milliy tarbiya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish. – T.: Muharrir, 2017, 109-bet.
3
Мunavvarov, Ali. Oila pedagogikasi. O‘quv qo‘llanma. – Т.: O‘qituvchi 1994, 6-bet.
4
Kaxarova, Мunira. Oila ma’naviyati va uni rivojlantirishning ma’rifiy jihatlari. O‘quv qo‘llanma. – Т.: “Ma’naviyat”, 2019. 26-b.
5
Rustamova, Risolat. Oilaviy tarbiya va farzandlar ma’naviyati. O‘quv qo‘llanma. – Т.: “Fan va texnologiya”, 2015. 15-b.
6
Musurmonova, Oynisa. Oila ma’naviyati va milliy g‘urur. O‘quv qo‘llanma. – Т.: O‘qituvchi, 1999. 38-b.
28
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
– о‘z kelajagini oilasi kelajagi bilan birga kо‘ra olish, istiqboli uchun eng asosiy kо‘mak oilasi
ekanini chuqur his qilish.
Xulosa о‘rnida shuni ta’kidlamoqchimizki, о‘quvchi-yoshlarning milliy-ma’naviy salohiyatini
oshirish bugun har qachongidan-da dolzarb masala. Yuqorida sanab о‘tgan mezonlarning
shakllanish va rivojlanish darajasiga qarab har bir ota-ona va pedagog о‘z oldiga muayyan
maqsadlarni qо‘yishi lozim. Zero, yoshlar bu mamlakat ertasi. Mamlakatning ertangi taqdiri va
taraqqiyoti darajasi yoshlarning milliy-ma’naviy shakllanganligi bilan uzviy bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |