3. Quruq gullar turkumi gulbarg bargchalari quruq va yorqin
ranglidir. Bu o‘simliklaming katta
qismidan qishki mavsumda
foydalaniladi.
Bular akroklinium, o‘lmaso‘t,
gomofrena,
kyennek, rodante va boshqalardan iborat.
4. Gilam hosil qiluvchi gul o‘simliklari - ko'kalamzor
hududlar barpo etishda o‘ta ko‘rkam ko‘rinishdagi kompozitsiya
yaratishda keng foydalaniladigan manzarali o‘simlik turlari.
Bularga gullaydigan bir, ikki va ko‘p
yillik barcha gul turlari
kiradi. Klumbalar, rabatkalar va gulzorlar barpo etiladi.
10.3-rasm. Chirmashib o ‘suvchi o ‘simliklar bilan yashil
kompozitsiyalar barpo etish.
5.
Bargli manzarali o‘simliklar: amarant, yozgi kiparis,
lavatyera, lebeda, paslen, pyerilla, tenenariya,
maritima, exev-
yeriya, yermon va boshqalar. Kichik guruhlar va yagona ko‘ri-
nishda ekish uchun qo‘llaniladi.
Doim yashil o‘simliklar juda oson kesiladi,
bu esa undan
turli shakldagi past bo‘yli manzarali to‘siqlar yoki soliterlar
barpo etishda qo‘l keladi.
Yuqorida keltirilgan gul turlaridan ko‘kalamzor hududlarda
manzarali yaproq va nina bargli daraxt hamda butalar bilan har
110
xil turdagi yashil jonli kompozitsiyalar barpo etishda butun
lasllar bo‘yi foydalanib kelinadi.
Yetishtirishning ikkinchi yilidan foydalaniladigan manzarali
o'simliklarga ikki yillik o‘simliklar deb aytiladi, ya’ni ikki yillik
o'simliklar urug‘i bahorda yoki yoz
faslining boshlarida ekilib,
kcyingi yil gul hosil qiluvchi о‘simliklar hisoblanadi.
*
10.4-rasm. Manzarali oltin yom g‘ir daraxtining urnumiy ko‘rinishi.
Ko‘kalamzor hududlar barpo etishda foydalaniladigan ikki
yillik o‘simliklaming quyidagi turlari mavjud: viola, uch rangli
binafsha - biologik xususiyatlariga ko‘ra ko‘p yillik o‘simlik,
ammo ko‘kalamzorlashtmshda ikki yillik, ayrim hollarda esa bir
yillik gul sifatida ishlatiladi.
Grenadin chinniguli - biologik xususiyatiga ko'ra ko‘p
yillik gul o‘simligi, ammo ko‘kalamzorlashtirishda
ikki yillik
i l l
o‘simlik sifatida foydalaniladi. U Gollandiya chinnigullilar
oilasiga kiradi. Shuningdek, gulpopuk, qo‘ng‘iroqgul (kampa-
nula), margaritka, malva, nezabudka
va boshqa bir necha
turlardan iborat.
Ko'kalamzorlashtirishda ko‘p yillik o‘simlik sifatida chiroy
li gullovchi o‘tsimonlar yoki bir yerda o‘sib, bir necha yillar
davomida o‘z chiroyini yo‘qotmaydigan o‘ta manzarali bargli
o‘simliklar tushuniladi. Ko‘p yilliklarning katta qismini ko‘p
gullovchi o‘simliklar tashkil etadi. Ko‘p yillik gul o‘simliklar
hayotining 2-3-yillarida manzarali ko'rinish
namoyon qiladi va
ko‘p yillar saqlanib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: