114
10.8-rasm. Ko‘kalamzorlashtirishda lolaning har xil turlaridan
foydalanish.
10.9-rasm. Bir yillik va k o‘p yillik gul turlaridan to‘rtburchakli
klumbalar tuzish.
Ko‘p yillik gul o‘simliklarini yer maydonlarida qishlash
sharoitiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Usti yopilmasdan ochiq yer maydonlarida qishlovchi gulli
o‘simliklar: ko‘p yillik qo'qongul, akonit, veronika, chinnigul,
delfinium, iberis, gulsapsar, lyupin, marvaridgul, lyutik, neza-
budka, paporotniklar, pion, primula, binafsha, floks va boshqa
lar.
2. 0 ‘rta mintaqada usti yopilgan holda qishlaydigan gul
o‘simliklari: Genii va Regali liliyasi, gortenziya, ba’zi nargis
turlari.
3. Ochiq yer maydonlarida qishlamaydigan gul o‘simliklari:
georgina, shoyigul va boshqalar.
Ko‘p yillik gul o‘simliklaridan nafis ko‘rinishdagi badiiy
gulli kompozitsiyalami yaratish uchun ulaming barcha manza
rali va biologik xususiyatlarmi, har xil ko‘rsatkichlarini, qanday
sharoitda va qanday o‘simlik bilan yonma-yon ekilishini
oldindan bilish kerak.
Ko‘p yillik gul o‘simliklari balandlikka o‘sib rivojlanishi
bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1.0‘ta baland bo‘yli gul o‘simliklari: balandligi 2m dan
baland. Istirohat bog‘lariga ekish, guruhlar, gullovchi o‘sim-
liklar va alohida ekinlar uchun tagrang tashkil etishda ishlatiladi
(saxalin va yapon grechixasi, rudbekiya, korovyak va bosh-
qalardan foydalaniladi).
2. Baland bo‘yli gul o‘simliklari: balandligi lm dan 2m
gacha bo‘lgan ulkan gul o‘simliklari: shpomik, solidago, delfi
nium, ko‘p yillik qo'qongul va boshqalar.
3. 0 ‘rtacha bo‘yli ko‘p yillik gul o‘simliklari: balandligi
0,5m dan lm gacha boradigan gul o‘simliklari: bo‘ronsimon
floks, pion, gipsofilla, moychechak, akvilegiya va boshqalar.
4. Past bo‘yli ko‘p yillik gul o‘simliklari: balandligi 0,24m
dan 0,5m gacha bo‘lganlari. Bularga bahorgi primula, lolaning
ertangi navlari, nargis, giatinit, past bo‘yli gulsapsar, sedum va
veronikalar mansub.
116
5.
Mitti bo‘yli ko‘p yillik gul o‘simliklari: lOsm dan 25sm
gucha boradigan gilamli va tog‘li kompozitsiyalar barpo etishda
Ibydalaniladi.
Ko‘p yillik, manzarali o‘tsimon, gulli o ‘simliklar juda ko‘p
bo‘lib, mamlakatimiz shahar va qishloqlarini ko‘kalamzorlashti-
rishda muhim ahamiyatga egadir.
Ko‘p yillik, manzarali, gulli o‘simliklaming bir yillik o‘sim-
liklardan afealligi shundaki, ular uzoq yashaydi va uzoq vaqt
ochilib turadi, har xil tashqi ta’sirlarga chidamli bo‘ladi, ko‘p
mchnat talab qilmaydi. Bir yillik o'simliklar parvarishi uchun har
yil juda ko‘p vaqt va mehnat sarflashga to‘g‘ri keladi. Ko‘p yillik
gul o‘simliklari yaxshi parvarish qilinsa, bir joyda bir necha yil
ochilib turadi. Ular joyida asta-sekin o‘sadi, ko‘p vaqt ochilib tu
radi.
Ko‘p yillik manzarali gul o‘simliklari tashrif buyuruvchilar
ko‘p harakatlanadigan istirohat bog‘larida, shifoxonalar, dam
olish oromgohlari va avtomobil yo‘llari atrofida har xil ko‘ri-
nishdagi guzorlar, klumbalar va xiyobonlar barpo etishda keng
Ibydalaniladi.
i
117
Ko‘kalamzorlashtirishda yuqorida keltirilgan gul turlaridan
boshqa ko‘p yillik atirgul turlaridan ham foydalaniladi. Ular
mayda bargli, yuzgul bargli, sariq, qizil bargli, gallik (fransuz),
Damashq, ignasimon, poliant, gajaksimon, Sonya va boshqa
turlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |