Yosh ko‘chatlarga nisbatan katta yoshdagi daraxt ko‘chat-
larining tutib ketishi ancha mushkulroq. Ko‘chatxonadan kovla-
nayotgan ko‘chatlami ildiz tuprog‘i bilan olishda o‘zining max-
sus o‘lchami bor. Uning o‘lchami daraxt turiga, ildiz tizimining
tuzilishiga va ko‘chirish vaqtiga ham bog‘liq. Shuningdek,
daraxtning 1,3 metr balandlikdagi diametriga ham bog‘liq. Dia
metri 4,5 sm dan boshlanadi, ulaming komi 1,0x1,0x6
m dan
iborat bo‘ladi. Ko‘chatlami ildizi bilan ko‘chirishda uning ildiz
tizimi maxsus yashiklarda, selofanli qoplarda tezda olib
ko‘chirib ekiladi.
0 ‘z
vaqtida parvarishlash
ishlarini olib borib,
katta yoshdagi ko‘chatlami saqlab qolsak, ular tezda ko‘zga
tashlanadi va ko‘rkam kompozitsiya bera oladi. Manzarali
ko‘chatlami turlari bo‘yicha ekishda ekish sxemasida qanday
o‘simlik turi bilan bilan ekish ko‘rsatiladi. Masalan:
guruhga
olib, qatorga olib yoki biror-bir kompozitsiya shakllantirishda.
Lekin bog‘-parklardami yoki xiyobonlardami, doimo manzarali
o‘simlik dunyosini parvarishlab borish kerak bo‘ladi.
6.23-rasm. Parvarishlangan daraxtzorlardagi so‘lim xiyobon.
Manzarali daraxtzorlami parvarishlash,
kesish ishlarining
quyidagi turlari mavjud:
76
- daraxtzorlar ichiga yorug‘lik tushirish, yosh daraxtlarda to-
zalash ishlarini o'tkazish, daraxtlaming yaxshi o‘sib, rivojlanib,
shaklga ega bo‘lishidagi kesishlar;
- bog‘-parklarda manzarali o‘simliklaming manzarali,
sanitar-gigiyenik, estetik va boshqa bir nechta foydali xusu-
siyatlarini ko‘tarish maqsadida;
- daraxtzorlaming turlari bo‘yicha tarkibini yaxshilash;
- daraxtzorlaming chidamlilik va sifatini oshirish;
- daraxtzorlaming tozalik jihatidan xususiyatini oshirish;
- daraxtzorlaming hosildorlik xususiyatlarini oshirish;
- daraxtzorlaming manzarali xususiyatini oshirish.
Yorug‘lik tushirishdan asosiy maqsad - daraxtzorlar
tarkibini yaxshilash va asosiy daraxt turlari rivojlanishiga sharoit
yaratish.
Daraxtzorlarda tozalash ishlarini o‘tkazish
- asosiy daraxt
turlarining ma’lum maydonda joylashishi va o‘sib-rivojlanishiga
sharoit yaratish.
Daraxtzorlarda kesish ishlarini o‘tkazish esa daraxt tanasi
ning to‘g‘ri rivojlanishiga qulay sharoit barpo qilish va eng
yaxshi daraxtlar shoxlarining o‘sib-rivojlanishiga asos bo‘ladi.
Natijada manzarali daraxtlar ko‘rkam ko‘rinishga kelib qoladi.
Biz bog‘-parklarda har xil ko‘rinishdagi kompozitsiyalami
joyiga qarab yaratishimiz mumkin. Masalan, parklarda tog‘li
kompozitsiyalami suvlar atrofida yoki ochiq joyda barpo qilish
juda og‘ir jarayon bo‘lib, kompozitsiya
barpo qilishdagi
ko‘pchilik materiallar boshqa joylardan olib kelinadi. Masalan,
har xil o‘lcham va ko‘rinishdagi marmar yoki daryo toshlarining
bo‘laklari, qiyoqsimon o‘simliklar va hokazolar. Bunday og‘ir
va nozik ishlami bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya
qilgan holda, ish jarayoni bajariladi. Ajoyib landshaftga ega
bo‘lgan tog‘li kompozitsiyalami barpo qilishda ishni shunday
bajarish kerakki, barpo qilingan kompozitsion hudud bog‘-
parklarda uzoq yillar xizmat qilsin.
77
Shuning uchun ham bunday kompozitsiyalar yaratishda ol
dindan uning sxemasi chizib tayyorlanadi.
Istirohat bog‘larida manzarali
daraxtzorlar chegaralarini
shakllantirish, yosh daraxtlarda siyraklashtirish ishlarini olib
borish bog‘larga tashrif buyuruvchilarga daraxtlami uzoqdan
jozibador qilib ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: