Maxsus (portlovchi) parchin mixlar detalning ikkinchi tomoniga o’tib ishlash mumkin bo’lmagan hollardagina ishlatiladi. Bularning uchida bir oz bo’shliq bo’lib, unga portlovchi modda to’ldirilgan bo’ladi. Modda portlashi natijasida mixning pistonsimon uch qismi yoyilib detallarni biriktiradi (birikma hosil bo’ladi).
Parchin mixlarning o’lchamlari parchinlanadigan detallarning qalinligiga qarab olinadi. Puxta birikmalar hosil qilishda mixning diametri d=2Smin ga teng bo’ladi, bu yerda Smin parchinlanadigan detal qalinligining eng kichik o’lchami.
Parchin mixning uzunligi l birikmaning qalinligi Sbilan mixning birikmadan chiqib turgan qismi uzunligi l0 ning yig’indisiga teng, ya’ni:
l=S+ l0
Yarim yumaloq kallakli parchin mixlarda l0=(1÷1,5)d, yashirin kalakli parchin mixlarda l0=(0,5÷1)d bo’ladi.
Parchin mix o’rni parchinlanadigan detal qalinligiga qarab sumba bilan urib yoki parmalab teshiladi.
Parchinlash parchin mixlarni qizdirib yoki sovuqlayin qo’lda va pnevmatik bolg’alar bilan olib boriladi. Diametri 10 mm gacha bo’lgan parchin mixlar sovuq holda, undan katta o’lchamlardagilari qizdirib parchinlanadi.
Parchinlashda tutqich (podderjka), tortqich (natyajka) qisqich, (objimka) kabi maxsus asboblar, shuningdek rejalash asboblari, sumba, parma, bolg’a kabi asbob va moslamalar ishlatiladi.
Tutqich uchida parchin mix kallagiga mossferik o’yiqchasi bo’lgan, bolg’alash vaqtida kallakni ezilishdan saqlaydigan taglik tayanchdan iborat bo’lib. Sandon vazifasini o’taydi. U tiskiga yoki maxsus tayanchlarga o’rnatiladi. Parchinlashda detallardan parchin mix o’tkazilib, birikma tutqich ustiga qo’yib bolg’alanadi.
Parchinlashda, ko’pincha, kvadrat muhrali bolg’alar ishlatiladi.
Tortqich parchin mix o’tkazilgandan so’ng parchinlanadigan qismlarni bir-biriga jipslash uchun ishlatiladi, uning uchi parchin mix sterjeni kiradigan qilib parmalangan bo’ladi. Parchin mix o’tkazilgan birikmani tutqich ustiga o’rnatibbolg’alab kallaklashdan oldin tortqi bilan tortib – jipslab olinadi. Qisqichning ish qismida parchin mix kallagiga mos o’qchasi bo’lib, xomaki bolg’alash yo’li bilan hosil qilingan kallakni ezib, biriktiruvchi kallak hosil qilishda ishlatiladi.
Parchinlash moslamalari U8 markali uglerodli asbobsozlik po’latlaridan tayyorlanadi, ish qismi toblanadi va bo’shatiladi.
Slesarlik o’quv ustaxonalarida list, chiviq va boshqa profildagi metall materiallar bilan bir qatorda tunuka va simlar bilan ham ish ko’riladi. Bulardan ko’plab yasama ko’rgazmali o’quv qurollari, asbob va buyumlar tayyorlanadi. Shu maqsadda tunuka va simlarning turlari, ishlatilishi, tunukasozlik asboblari bilan tanishtirilib. Ular bilan ishlash mashq qildiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |