Termodinamika” fanidan o`quv- uslubiy majmua



Download 4,79 Mb.
bet34/182
Sana11.04.2022
Hajmi4,79 Mb.
#543693
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   182
Bog'liq
маъруза-мажмуа

7.3-rasm.


AK egri chiziqdan ko’rinib turibdiki, p2/p1 nisbatni kamayishi bilan gaz sarfi ortadi va p2/p1=q bo’lganda m maksimumga erishadi. (p20,5p1).
p2/p1 nisbat yanada kamayganda (7.14) formulaga ko’ra gaz sarfi KD egri chiziq bo’yicha kamayishi, p2/p1=0 da (to’la vakuum), p2=0 da esa gaz sarfi nolga teng bo’lishi kerak. (B nuqta). Xaqiqatda esa p2/p1 nisbat kamayganida gaz sarfi ortib maksimumga yetadi va gaz chiqib ketayotgan muhitda bosimning kamayishidan qat’i nazar, o’zgarmas bo’lib qoladi (KD chiziq).
Demak, k
2/p1<1 uchun tajriba natijalari (7.14) tenglamaga mos keladi, O
2/p1<k holda ular farq qiladi. Buni oqib chiqish jarayonining fizikaviy tabiatini tekshirish yo’li bilan tushuntirish mumkin. k
2/p1<1 da soplo ozidagi bosim tashqi muhitdagi bosimning o’zgarishiga muvofiq tarzda o’zgaradi. Bu hodisa gazning soplo kanalidagi oqish tezligi tovush tezligiga yetgunga qadar davom etishi mumkin. O
2/p1<k da oqib chiqish tezligi tovush tezligiga teng bo’lib qoladi, bunda qo’zalish tevarak muhitdan soplo ichkarisiga uzatilmaydi va muhitda bosimning keyingi kamayishi soploning chiqish kesimida bosimning pasayishiga olib kelmaydi. Bu bosim gazning soplo orqali maksimal sarf bo’lishiga muvofiq keladi. Bunday bosim kritik bosim deyiladi va pkr bilan belgilanadi. U ko’rsatilgan kesimdagi mumkin bo’lgan eng past bosim bo’lib, taxminan 0,5 p1 ga teng. Bunda p2/p1=pkr/p1 nisbat ham o’zgarmasligicha qoladi. Bu nisbat oqib chiqishdagi bosimlarning kritik nisbati deyiladi va kr bilan belgilanadi.
Shunday qilib,
pkr/p1=kr

Bosimlar kritik nisbatlarining aniq qiymatini quyidagicha topish mumkin.


Yuqorida aytib o’tlganidek, p/p1=k da gaz sarfi m maksimum bo’ladi. (7.14) tenglamada o’zgaruvchan kattalik quyidagidir:



Shuning uchun maksimumni topish uchun shu kattalikni birinchi hosilasini olib nolga tenglashtiramiz, p2/p1 kattalikni hosilani nolga aylantiradigan qiymati esa k bo’ladi.



bundan

Bosimlarning kritik nuqtasi faqat adiabata ko’rsatkichi k ga, ya’ni gazning tabiatiga boliq.


Bir atomli galar uchun k=1,66 va kr=0,49;
Ikki atomli gazlar uchun k=1,40 va kr=0,528;
Uch atomli gazlar uchun k=1,30 va kr=0,546
To’yingan quruq bu uchun k=1,135 va kr=0,577.
Shunday qilib, boshlanich bosim p1 ning qiymati qanchalik katta bo’lmasin yoki gaz oqib chiqayotgan muhitdagi oxirgi bosim p2 qanchalik kam bo’lmasin, gazning soplo ozidagi kritik bosim uning boshlanich bosimining yarmidan kam bo’lishi mumkin emas. Bosimlarning kritik nisbatida gazning oqib chiqish tezligi kritik tezlik deyiladi va wkr bilan belgilanadi. Kritik tezlikni (7.12) tenglamadan, p2/p1 o’rniga ni qo’yib aniqlash mumkin.



U holda



(7.16) formuladan ko’rinib turibdiki, wkr kattaligi gazning tabiatiga, ya’ni adiabata ko’rsatkichi k ga va gazning boshlanich parametrlari p1 va v1 ga boliq. Kritik tezlikni gaz oqib chiqayotgan muhitda tovushning tarqalish tezligiga tengligini isbotlash mumkin.


Adiabatik jarayon tenglamasidan

(7.15) tenglamadan p1 ni topamiz:

yoki

va

bundan

p1v1 kattalikni (7.16) formulaga qo’yib wkr ni topamiz:



Yuqoridagini o’zgartirib quyidagiga ega bo’lamiz:



Ma’lumki, tovushning tarqalish tezligi Laplas formulasidan aniqlanadi:





bu yerda p – muhit bosimi, H/m2;


 – muhit zichligi, kg/m3.
Ideal gaz uchun

Tovush tezligi gazning holatiga va tabiatiga boliqdir hamda temperaturaning funktsiyasidir. Bundan quyidagidek xulosa qilish mumkin: kanalning har qanday kesimiga shu kesimdagi p va v kattaliklar bilan aniqlanadigan mahalliy tovush tezligi mos kelishi kerak. kattalik kritik oqib chiqish paytida tovushning gazda tarqalish tezligini belgilaydi. Demak, gazning oqib chiqishidagi kritik tezlik shu kesimdagi mahalliy tovush tezligiga teng, ya’ni



Bosimlarning kritik nisbatida maksimal sarf mmaks ni hisoblab topish uchun (7.14) formulada p2/p1 nisbatni (7.15) formuladan uning kritik kattaligi pk/p1 bilan almashtirish kerak. Shundan keyin ba’zi o’zgartirishlar kiritib, gazning maksimal sarfini aniqlash formulasini olamiz:





Demak, gazning maksimal sarfi gazning boshlanich holatiga, chiqish kesimning yuzasiga va gazning tabiatiga, ya’ni adiabata ko’rsatkichiga boliq ekan.


Gazning ichki energiyasidan to’la foydalanish uchun soplo tashqarisida tovush tezligidan yuqori tezlik hosil qilish zarur bo’ladi. Bu maqsadda Laval soplosi deyiladigan kombinatsiyalashgan soplo ishlatiladi. 7.4-rasmda Lavalp soplosining sxemasi va gaz bosimining oqib chiqish tezligiga boliq holda o’zgarish grafigi ko’rsatilgan.


7.4-rasm


Birinchi qismi torayib boradigan (diametri d min) qismi tovush tezligigacha soplo, ikkinchi qismi - kengayib boradigan qismi (diametri D) esa tovush tezligidan yuqori soplo sifatida ishlaydi.


Tajribalar shuni ko’rsatadiki, soploning kengayib boradigan qismining konuslik burchagi =8-12 bo’lishi kerak. Konuslik burchagi bundan kattalashib ketsa, oqim soplo devoridan uzilib qolishi mumkin, bu esa qaytmas isroflarni keskin ko’paytirib yuboradi. Gaz soplodan oqib chiqayotganida adiabatik kengayadi. Bunda uning bosimi va temperaturasi pasayadi, oqib chiqish tezligi esa ortadi. Soploning eng kichik kesimida kritik bosim pk va tovushning muhitdagi tezligiga teng kritik tezlik wk qaror topadi. Soploning kengayib boradigan qismidan o’tishida gaz yana kengayadi, bosim pk dan pg gacha pasayadi va tezligi tovushning muhitdagi tezligidan katta bo’lib qoladi .
Oiz tomoni kengayib boradigan soplo ishlatish, oqib chiqish tezligini bosimlar farqidan to’la foydalanish hisobiga oshirish imkonini beradi. Gazning maksimal sarfi mmaks (7.14) formuladan aniqlanadi. Soplo kengayib boradigan qismining uzunligi quyidagi formuladan aniqlanadi:
=(D–d)/2 tg /2

bu yerda  - soploning konuslilik burchagi; D – chiqish kesimi diametri; d – soplaning minimal kesimidagi diametri.


Gazning oqib chiqishini ko’rib chiqishda, shu vaqtga qadar gaz soplo devorlariga ishqalanmay adiabatik kengayadi, deb faraz qilingan edi. Amaliy sharoitlarda esa, oqib chiqish jarayonida doimo gaz energiyasining bir qismi sodir bo’ladigan ishqalanish ishiga sarflanadi, ya’ni isrof bo’ladi. Shu sababli oqib chiqishning haqiqiy tezligi wx nazariy tezlik w dan doimo kichik bo’ladi.
Gazning haqiqiy tezligi wx ni nazariy tezlik w ga nisbatiga tezlik koeffitsienti deyiladi.

=wx/w va wx=w (7.19)


Kinetik energiyaning isrofi quyidagiga teng:


(w2-wx2)/2=(w2-2w2)/2=(1-)(w2/2)=(w2/2)=  (w2/2). =(1-2)


kattalik energiyaning isrof koeffitsienti deyiladi.


Ishchi jismni haqiqiy kinetik energiyasi wx2/2 ni nazariysi w2/2 ga nisbati soploning foydali ish koeffitsienti deb aytiladi va c bilan belgilanadi



Soploning F.I.K. tezlik koeffitsientining kvadratiga teng ekan.



Download 4,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish