Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti



Download 1,23 Mb.
bet68/159
Sana20.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#564656
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   159
Bog'liq
ТАРБИЯ УМК Fitrat

Tayanch so‘zlar: vatan, yurt taraqqiyoti, insonni xulq-odobini shakllantirish texnologiyalari, insonparvarlik tarbiyasi, axloqiy fazilatlarni shakllantirish.

9.1.Yurt taraqqiyoti uchun mas’ullik va burchlilik. Vatan tushunchasiga ilk munosabatlar va insonning xulq-odobini shakllantirish texnologiyalari.


Vatan insonning ruhiyati, turmush tarzi, ongi va tafakkuri, o`tmishi, buguni va kelajagi mujassam bo`lgan tushunchadir.Vatan ostonadan, o`zi tug`ilib o`sgan go`shadan boshlanadi. Shuning uchun bola o`zi yashab, nafas olib turgan xonadonida ulg`ayib voyaga yetishishida muhtasham va qudratli makon bo`lgan ona zaminiga mehr-muhabbat va sadoqati abadiy bo`lmog`i zarur.
Har bir insonning vataniga bo`lgan muhabbati ona suti, ona allasi va ota-ona mehri bilan uning vujudiga singib boradi, ota-onasini avlod-ajdodlari, ularning an’analari, urf-odatlari, kasb-korlarini sevuvchi farzand o`zgalarni ham sevadi. Millati, xalqi, adabiyoti, san’ati, dini va madaniyatidan g`ururlanib, o`zi o`sgan yurt tabiatidan ilhomlanib, uning muqaddas tuprog`i qadrini anglaydi.
Zero, hech bir inson Vatandan tashqarida baxt-saodat topa olmaydi. O`z yurtida obru- e’tibori bo`lmagan inson o`zga yurtda ham qadrlanmaydi.
Shuning uchun ham xalqimizda «O`zga yurtda sulton bo`lguncha, o`z yurtingda cho`pon bo`l», «O`zga yurtda shoh bo`lgandan, o`z yurtingda gado bo`lgan afzal», «O`lsang o`l, vataningda bo`l!» kabi naqllar bejiz aytilmagan.
Har kimning o`z xonadoni, uy-joyi, o`z ona yurti naqadar qadr-qimmatli ekanligini o`zga yurtga safarga, yashashga borgan inson biladi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Furqat va boshqa bobokalonlarimizning o`zlari tug`ilib o`sgan vatanlaridan uzoqda kuchli Vatan sog`inchi-bilan yashaganlari, ona yurt tuprog`ini, unda o`sgan mevalarni ko`zlariga to`tiyo qilganlari, yurt ishqida iztirob chekkanlari barchaga ayon. Ularning ruhiy kechinmalari haqiqiy vatanparvar kishining holatidir. Haqiqiy vatanparvar u qaerda yashamasin, Vatanning yaxshi kunida ham, yomon kunida ham uni tark etmaydi, u bilan birga bo`ladi.
Insondagi eng oliy tuyg`u — Vatan tuyg`usidir. O`zi tugilib-o`sgan ona yurtini jon qadar sevadigan, o`zga yurt tabiatidan o`z yurti tabiatichalik zavq olaolmaydigan, diyoridagi katta-kichik yutuqlardan faxrlanadigan, hatto mitti chumoli harakatidan zavqlanadigan butun aql-zakovati, qalb qo`ri, kuch va imkoniyatini shu jamiyat va tabiat go`zalligi, rivojiga baxshida eta olgan insondagina bu tuyg`u namoyon bo`ladi.
Vatan ham, vatanga muhabbat tuyg`usi ham ilohiy ne’mat bo`lib, butun qon tomirlarida shu tuyg`u jo`sh urgan insonda vatanfurushlik, vatanga xiyonatdek jirkanch vahshiylikka moyillik hech qachon bo`lmaydi.
Xalqimizda “O`zga yurtning bog`lariyu-bog`chasi, o`z yurtingning yantog`icha ko`rinmas”_ deb bejiz aytilmagan. Vatan tuyg`usi — bu Vatanni himoya qilib, Vatan deya fido bo`lgan To’maris, Shiroq, Spitamen, Najmiddin Kubro, Solihbek dodhoh, mulla Aliqul dodxoh singari yuzlab sher yuraklarni eslashdir. Tomirida oxirgi tomchi qoni qolguncha dushmanga qarshi kurashgan Jaloliddin Manguberdi, Temir Malik, Abdumalik To`ra, Qurbonjon dodxoh, Madaminbek, Namozbotir singari bo’ysunmas bahodirlarning, og`ir kunlarda qardoshlarga yelkadosh bo`lay deb, harbiy vazirlik lavozimidan iste’foga chiqib, ota yurti Turkistonga kelib, ayovsiz janglarda halok bo`lgan Anvar poshshoning, qullikdan o`limni afzal bilgan Oqmasjid, Chimkent, Avliyoota, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Zirabuloq himoyachilarining nomini yodga olishdir.
Vatan tuyg`usi — bu mustamlaka tuzumiga qarshi bosh ko`targan Toshkent, Jizzax, Andijon qo`zg`olonchilari, Dukchi Eshon xotirasini unutmaslikdir. Vatan tuyg`usi — bu zulm-istibdoddan qutulish uchun xalqni ma’rifatli bo`lishga chorlash, milliy uyg`onishga da’vat etgan, najot ilmda, birlikda va harakatda deb bilgan fidoyi ziyolilarni, ularning rahnamolari bo`lmish Munavvar Qori, Mahmudxo`ja Behbudiy, Abdullaxo`ja, Avloniy, Fitratlarning nomlarini doimo yodda saqlashdir.
Vatan tuyg`usi — bu yigirmanchi, o`ttizinchi, qirqinchi, elliginchi va nihoyat saksoninchi yillarda xalqimizga qarshi uyushtirgan qatli ommaviy qatag`onlarda qamoq va surgun azoblarini boshidan kechirgan va halok bo`lgan Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Usmon Nosir singari minglab millat gullarini unutmaslikdir.
Vatan tuyg`usi — bu Ikkinchi Jahon urushida fashizmga qarshi mardona jang qilgan vatandoshlarimiz yodini ehtirom bilan eslashdir».
Vatan himoyasi yo`lidagi qahramonlar insoniyat tarixidan hech qachon o`chmaydi. Vatanni asrash, har bir qarich yerini qo`riqlash, bu muqaddas burch bo`lib, ozod va
mustaqil Vatanga ega bo`lish hech qachon osonlikcha qo`lga kiritilmagan. Vatan erki, mustaqilligi va ozodligi yo`lida qurbon bo`lganlarni abadiy eslash, hotirlash har bir kishining xalq, millat, Vatan oldidagi imoni va vijdonidir.
Vatan muqaddasdir. Undan qimmat, undan aziz, undan shirin, undan ulug` ne’mat, boylik yo`qdir. Shu boylikni qadrlagan, undan cheksiz faxrlangan insongina oilasi, xalqi, atrof muhiti, jamiyatiga mehr-muhabbatli bo`ladi.
Insonni dunyoga keltirishdek mo`jiza yaratgan ona bilan Vatan hamohangdir. Vatan ona kabi inson taqdirida mo`jizalar makonidir. Shuning uchun ikki mo`jizakor yonma-yon Ona-Vatan deb yuritiladi.
Inson ona uchun qanchalik jonfidolik qilsa, Vatan uchun ham shunchalik qayg`uradi, uni ardoqlaydi, sevadi, avaylab-asraydi, turli ofatlardan, dushmanlardan qo`riqlaydi. Kerak bo`lsa, Ona-Vatan uchun jonini qurbon kiladi. Munis va mo`tabar Ona insonni shu yorug` dunyoga keltirsa, Vatan uni hayot belonchagida o`stiradi, ulg`aytiradi, shaxsni shaxs sifatida namoyon etadi. Shu boisdan inson uchun Ona - Vatandan ulug`roq, mo`tabarroq, qimmatliroq makon yo`q. Xalq ichida Ona degonda - Vatan, Vatan deganda esa Ona tasavvur etilishida ham majoziy mano bor. Ba’zi bir sabablarga ko`ra, o`zga yurtlarda yashayotgan vatandoshlarimiz ham «Ona-yurtim», «Ota-yurtim», «Kindik qonim to`kilgan yurt» deb faxrlanadilar.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, O`zbekiston Respublikasining yangi davlat ramzlari qabul qilindi, ya’ni davlat bayrog`i, gerbi, milliy valyutasi, madhiyasi — davlat ramzlaridir. Davlatimiz ramzlari — bayroq, tamg`a, madhiya O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi. Mana shu ramzlarni e’zozlash, o`zining qadr- qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchini mustahkamlash demakdir.
Darhaqiqat, davlatimiz ramzlarida o`zbek xalqi mentaliteti, g`ururi, hissiyoti, tarixiy xotirasi, porloq turmushga intilishi mujassam bo`lgan.
Ushbu ramzlar - o`zbek xalqining g`ururlaridir. Ularni qadrlash, ko`z qorachig`idek asrash, umuminsoniy qadr-qimmatini oshirish har bir fuqaroning Vatan oldidagi burchidir. Vatanimiz ozodligi tufayli Vatan, xalq, millat, milliy qadriyatlar din, tarix, bugun va kelajak hayot haqida erkin fikr bildirish imkoniyati vujudga keldi.
Vatanimiz o`z istiqlol yo`lini tanlab oldi. Dunyo maydonida o`z o`rni, o`z ovoziga ega bo`ldi. Vatanimiz osmonida erk quyoshi porlagach, o`zbek xalqi o`z tilida baralla e’zozlash, asrlar davomida shakllanib kelgan an’analari, qadriyatlarini qaytadan bilish, erkin fikrlash, o`z taqdirini o`zi hal qilish, o`zga yurtlarda Vatan sog`inchida bo`zlab yurgan vatandoshlarimiz ota yurtlariga qo`rqmasdan qaytish imkoniyatiga ega bo`ldilar.
Vatan, xalq bor joyda vatanparvarlik tuyg`usi paydo bo`ladi. Bu tuyg`u insonni jasoratga, ezgulikka halol mehnatga da’vat etadi. Millatni millat bo`lib shakllanishida turli hayot to`fonlaridan omon saqlab qoladigan ham vatanparvarlik tuyg`usidir. Yurtimizda istiqlol shamoli esa boshlagandan buyon chorak asr davomida hayotimizning har bir jabhasi bosqichma-bosqich rivoj topib bormoqda. Tinchlik, barqarorlik esa Vatan sarhadlarini qo‘riqlab turgan, tinchligimizni ta’minlab turgan, kafolatlab turgan qurolli kuchlarimizning, tinchlik posbonlarimizning kechani kecha, kunduzni kunduz demay, sergaklik bilan, hushyorlik bilan qilayotgan xizmatlarining samarasidir.
Ammo yoshlarimiz bunday fidokorona xizmat qilishi uchun, Vatanga sodiq bo‘lishi uchun biz – mo‘min-musulmonlar, yurt fuqarolari nima qilishimiz kerak? Bizning vazifamiz – yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga Vatanga muhabbat hissini, shu jannatmakon yurtda tug‘ilib-o‘sganidan faxrlanish tuyg‘usini singdirish bo‘lishi kerak.
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan, bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir, safar qilsa, mudom qo‘msaydigan joydir. Bu tuyg‘u nafaqat insonda, balki boshqa maxluqotlarda ham bor. Vatanni yaxshi ko‘rish, vatanni qo‘msash tuyg‘usi jonivorlarda ham bor. Baliq suvga, hayvon o‘zining iniga, hasharot uyasiga intiladi. O‘sha aqli yo‘q jonivorlar ham, hasharotlar ham o‘zining uyini taniydi, uni quradi, unda jufti bilan yashab, naslini davom ettiradi, zarur paytda uni himoya qiladi. Shunday ekan, aqlu zakovat, tafakkur ato etilgan, borliqdagi mavjudotlarning gultoji bo‘lgan insonda bu tuyg‘u yuksak darajada rivojlangan bo‘lishi lozim. Imom Muhammad G‘azzoliy shunday degan ekanlar: «Vatanning ham haqlari bo‘ladi. Ularning birinchisi shu Vatanda yashaganda tinch-xotirjam, shukrona qilib yashash haqqidir. Shuningdek, Vatandan ketganda uni sog‘inish, Vatan kamsitilganda g‘azablanish, Vatanga hujum qilinganda uni himoya qilish ham Vatanning shu yurtda tug‘ilib-o‘sganlar zimmasidagi haqqidir”. Shu jannatmakon Vatanda yashayapmizmi, unda tinch-totuvlik bilan yashaylik, bunga shukrona qilaylik, ilm izlabmi, tijorat maqsadidami, Vatandan safar qildikmi, uni sog‘inaylik.
Ana shu Vatan tuyg‘usi tufayli inson o‘zi yashaydigan uyni, o‘zi yashaydigan mahallani, shahar-qishloqni, Vatanni sevadi, uni obod qiladi, uning sha’nini ulug‘laydi, himoya qiladi. Vatanning sha’nini turli ko‘rinishlarda ulug‘lash mumkin, masalan, uni moddiy va ma’naviy obod qilish mumkin, turli xalqaro anjumanlarda, xalqaro musobaqalarda Vatanning nomidan ishtirok etish mumkin. Ammo buning asosiy sharti shuki, qaysi sohada bo‘lmasin, xolis va samimiy xizmat qilsin, ana shunda bu xizmat Vatanning sha’nini ko‘tarishdagi xizmat hisoblanadi. Kimki bu mas’uliyatli sohada xiyonat qilsa, bu vakolatni suiste’mol qilsa, bu narsa nafaqat uning o‘ziga, balki u vakili bo‘lgan xalqqa, uni tarbiyalab-o‘stirgan Vatanning sha’niga dog‘ tushadi. Shuning uchun hazrati Umar roziyallohu anhu: «Agar Vatan sevgisi bo‘lmaganda, yurtlar xarob bo‘lardi», deganlar. Yurtni uni sevganlar obod qiladi, uni Vatan deb bilganlar himoya qiladi.
Bir go‘zal namunaga e’tibor beraylik. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ilk vahiy nozil bo‘lganda Xadicha onamiz roziyallohu anho u Zotni Varaqa ibn Navfalning oldiga olib borganlar. Keksayib, ko‘zlari ojiz bo‘lib qolgan bu inson Tavrotdan, Injildan xabardor zot edi, oxirzamon Payg‘ambarining alomatlarini biladigan, u Zotning kelishini kutib yurgan ziyrak, zakovatli zot edi. Varaqa ibn Navfal Payg‘ambar alayhissalomni gaplarini eshitib, «Qavmingiz sizni yolg‘onchiga chiqaradi, sizga aziyat beradi, tug‘ilib-o‘sgan yurtingizdan chiqarib yuborishadi», deydi. 
Ulug‘larimiz ushbu holatni Vatanga muhabbatning haqligiga, Vatandan ajralishning mashaqqat ekanligiga dalil qilib, shunday deydilar: «Varaqa ibn Navfal sizni yolg‘onchiga chiqarishadi deganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu gapni indamay eshitib o‘tirdilar, sizga aziyat berishadi deganida eshitib o‘tirdilar. Ammo «Sizni yurtingizdan quvib chiqaradilar» deganida u Zot to‘lqinlanib ketib, «Hali qavmim meni shahrimdan quvib chiqaradimi?» deb so‘raganlar. Mana shu u Zotning Vatanlariga bo‘lgan muhabbatlarining belgisi edi.
Varaqa ibn Navfal aytgan kun kelib, makkaliklarning tazyiqi haddan ortib ketgach, hijratga izn berildi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Makkadan uzoqlashmasdan turib, Ukoz bozorining oldiga borganlarida ortlariga o‘girildilar. Makkaga qarab turib, o‘zlarining mashhur gaplarini aytganlar: «Ey menga sevikli shahrim Makka! Agar qavmim meni haydab chiqarmaganda seni hargiz tark qilmagan bo‘lardim», deganlar. Madinaga borib, Alloh taologa: «Robbim, Makkani menga suyukli qilganingdek, Madinani ham suyukli qil» deb duo qilganlar. Shuningdek, u Zot alayhissalomning yana bir mashhur so‘zlari bor – u Zot: «Agar hijrat bo‘lmaganda, men ansorlardan bo‘lgan bo‘lardim», deganlar. Buning ma’nosi «Makka bo‘lmaganda, men makkalik bo‘lmaganimda, madinalik bo‘lardim», deganlaridir. U Zot Madinada qolganlar, ansorlarni ixtiyor qilganlar, lekin makkaliklarni aslo unutmaganlar. Bu haqda Qur’oni Karimda oyatlar ham kelgan. Alloh subhanahu va taolo O‘zini «U Zot sizni qaytish joyingizga qaytaruvchidir», deganda Makkani nazarda tutgan.
«Vatan sog‘inchi» risolasida aytilishicha, arablar biron joyga safarga chiqishsa, hidlab yurish uchun Vatan tuprog‘idan olib ketishar ekan. O‘sha tuproq vatan hissini uyg‘otib, uni esdan chiqarmay turadigan omil bo‘lar ekan.
Hadisi shariflarda bunga o‘xshash misollar ko‘plab keltirilgan. Ularning hammasi bizni ana shu Vatan hissini sezishga undashi kerak. Afsuski, bu hissiyot insonda ko‘pincha sezilmaydi. Qachonki bir ne’mat qo‘ldan ketsa, zavolga yuz tutsagina uning qadri bilinganidek, ko‘pchilikning boshiga musofirchilik tushsagina Vatan hissi seziladi, shundagina Vatanning qadriga yetib qolinadi.
Istiqlol sharofati tufayli xalqimiz ozod bo‘ldi, Vatan ozod bo‘ldi. Farzandlarimiz, yurtimizning shavkatli o‘g‘il-qizlari yana Vatanning sha’nini, yurtimizning bayrog‘ini baland ko‘tarmoqdalar, ilm-fandami, sportdami, boshqa sohalardami, xalqaro miqyosda yurtimizning dovrug‘ini butun dunyoga taratmoqdalar.
Yurtimizdan chiqqan bir olim ilmiy musobaqada g‘olib kelganini, yurtimizdan chiqqan bir qori Qur’on musobaqasida sovrin olganini, bir sportchimiz birinchi o‘rinni olganini eshitganda, hakamning og‘zidan O‘zbekiston degan nomni eshitganda, Vatan bayrog‘i baland ko‘tarilganda ko‘zimizga kelgan quvonch yoshlari, qalbimizga to‘lgan iftixor tuyg‘usi – Vatanga bo‘lgan muhabbat hissidir.
Ammo bilib qo‘yaylikki, Alloh subhanahu va taolo bizga ana shunday ozod, obod Vatan nasib etibdimi, buni buyuk bir ne’mat o‘laroq qabul qilishimiz kerak, unga shukr qilishimiz kerak, unga sodiq bo‘lishimiz kerak. Sodiq bo‘lish esa Vatanga vafo qilish, uning moddiy va ma’naviy mulkiga xiyonat qilmaslikdir. Afsuski, ba’zi kimsalarda shunday tushuncha bor ekanki, bir odamning mulkini o‘g‘irlashni o‘g‘rilik deb bilar ekan-u, ammo davlatning mulkini o‘g‘irlashni o‘g‘rilik deb hisoblamas ekan. Vaholanki, bir kishining molini nohaq olgan odam aybini tushunsa, tavba qilsa, borib o‘sha molning egasini, o‘zi bo‘lmasa merosxo‘rlarini topib, molini qaytarib berib, rozilik so‘rashi mumkindir, ammo xalq mulkini, Vatan mulkini o‘g‘irlagan odam borib butun aholining har biridan rozilik so‘ray olarmikin? Bunday kimsalar Vatanning mol-mulkini, iqtisodiyotini yemiradigan o‘zimizdan chiqqan ichki dushmanlardir. Yurtimizni jamiki yomonliklardan o‘zi asrasin, vatan uchun haqiqiy mard va jasur o‘g‘lonlarni tarbiyalashimizda yaratganni o‘zi madadkor bo‘lsin.



Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish