Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti


Insonparvarlik tarbiyasi va axloqiy fazilatlarni shakllantirish texnologiyalari qonuniyatlari



Download 1,23 Mb.
bet69/159
Sana20.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#564656
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   159
Bog'liq
ТАРБИЯ УМК Fitrat

9.2.Insonparvarlik tarbiyasi va axloqiy fazilatlarni shakllantirish texnologiyalari qonuniyatlari
Insonparvarlik — insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi to‘g‘risida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish haqida g‘amxo‘rlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga ko‘ra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida g‘amxo‘rlik insonparvarlikning asosiy masalasidir.
Insonparvarlik g‘oyalari uzoq tarixga ega. Ular baxt-saodat va adolatga erishish orzulari tarzida qadimdan xalq og‘zaki ijodida, adabiyotda, diniy va falsafiy ta’limotlarda o‘z aksini topib kelmoqda. Sharq falsafasi va ijtimoiy tafakkurida insonparvarlik g‘oyalari azaldan keng tarqalgan bo‘lib, uning ko‘p ming yillik tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Markaziy Osiyolik mutafakkirlardan AbuNasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy asarlarida insonparvarlik, inson erkinligi, uning qadr-qimmati g‘oyalari olg‘a surildi. Forobiy insonlarning inoq va do‘st yashashi mamlakatda xalqlar uchun katta foyda keltirishini isbotlashga intilgan va tinchlikni qat’iy quvvatlab, butun faoliyatini inson xizmatiga qaratgan. Navoiy inson taqdiri, xalq manfaati, mamlakat haqida g‘amxo‘rlikni asosiy masala qilib qo‘ygan. Dunyoda eng qimmatli narsa insondir, degan fikrni olg‘a surgan. Uning fikricha, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Jahon dinlari, jumladan islom dinida ham insonparvarlik g‘oyalari o‘z ifodasini topgan. Unda faqir, kambag‘al, musofir, muhtoj kishilarga yordam berishga, saho-vatli va insofli bo‘lishga da’vat qilinadi.
Insonparvarlik yaxlit dunyoqarash tizimi sifatida birinchi bor Yevropada Uyg‘onish davrida shakllangan. Insonparvarlik g‘oyalari Yevropada o‘rta asrlarda insonning kamsitilishiga, uni xudo va din nomidan haqoratlab inkvizitsiya gulxaniga tashlagan shafqatsiz dindorlarga va ularni qo‘llab-quvvatlagan jamiyat vakillariga qarshi, inson huqukari uchun murosasiz kurash sifatida namoyon bo‘ldi. Insonparvarlik keng ijtimoiy fikrni qamrab olib, adabiyot, falsafa, san’at va boshqa sohalarda XIV—XVII asrlarda Italiyada, keyinchalik esa Yevropaning boshqa mamlakatlarida keng tarqaldi.
Keyingi asrlar davomida insonparvarlik g‘oyalari gumanizm nomi bilan rivojlandi. Bu atama birinchi marta XIX-asr boshlarida fanda ishlatila boshladi va XX-asrning o‘rtalarigacha jamiyatdagi adolatsizlikni, tengsizlikni tanqid qilishga qaratildi. 2-jahon urushidan keyin jahon taraqqiyotida tub o‘zgarishlar yuz berib, haqiqiy insonparvarlik tomon jiddiy qadamlar qo‘yildi. Buni BMT, YUNESKO kabi xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo tashkilotlar deklaratsiya va hujjatlarida ko‘rish mumkin. Insonparvarlik har bir huquqiy, demokratik davlatning hayot qoidalaridan biriga aylanmoqda.
O‘zbekiston o‘z siyosatini insonparvarlik shartlari, talablari, qoidalariga, Sharq va G‘arb davlatlarining eng ilg‘or tajribalariga tayanib olib bormoqda.
Axloq – ma’naviyatning o‘zagi. Inson axloqi shunchaki, salom-alik, xushmuomaladangina iborat emas. Axloq – bu avvalo insof-adolat tuyg‘usi, imon, halollik degani. Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytganda, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikni, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyoni bo‘lishi kerak. Shunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning haqqiga xiyonat qilmaydi, sadoqatli bo‘ladi, Vatan, xalq uchun jonini fido etishga ham o‘zini ayamaydi. Buning aksi o‘laroq, yolg‘onchi, va’daboz kishida vatanparvarlik tuyg‘usi bo‘lmaydi. Manfaatparastlik yo‘lida qilgan har bir qing‘ir ish, u qanchalik balandparvoz ta’rif-tavsiflarga o‘ralmasin, fatvolar to‘qib chiqarilmasin, baribir Vatanga xiyonatdir. Axloq mazmuni aqliy va hissiy lahzalardan, ya’ni axloqiy ongdangina iborat emas. Axloqiy ong kishilarning hatti-harakatlarida, ularning amaliy hayotida namoyon bo‘ladi. Shu sababli axloqning ikkinchi elementi axloqiy amaliyotdir. Axloqiy amaliyot –axloqiy ong hodisalari, ya’ni motivlar, niyatlar, dunyoqarash, axloqiy qadr-qimmat ideallarda namoyon bo‘ladigan xulqni, son-sanoqsiz hatti-harakatlar, aloqa munosabatlarni axloqiy maqsadlarga ongli bo‘ysundirishdir; kishining ijtimoiy hayoti turli tomonlariga: mehnatga, jamoaga, oilaga, qarindoshlarga, do‘st-birodarlarga munosabati, fan, san’at, madaniyat sohasidagi faoliyati, shuningdek, kishining o‘zi guvoh bo‘lgan yoki qatnashayotgan kundalik hayot voqealariga munosabati va boshqalardir. Boshqacha aytganda, axloqiy amaliyot amalda namoyon bo‘ladigan axloqdir. Unda shaxsning jamiyatga munosabatigina emas, balki jamiyatning shaxsga, shuningdek, shaxsning tabiatga va o‘z-o‘ziga munosabati ham o‘z ifodasini topadi. Axloqlilik, xulq-axloqiy amaliyotga qaraganda torroq tushuncha.
Xulq kishining ongi va irodasi bilan belgilanadigan axloqiy hatti-harakatlarning yig‘indisi, tizimidir. Kishilarning axloqiy xulqi axloqiy boyliklarni shakllantirish, jamiyatning axloqiy muhitini yaratishda katta rol o‘ynaydi. Xulqqa xos xususiyat, uning birligi elementi hatti-harakatdir. Hatti-harakat, motiv kishining ijobiy yoki salbiy xislatlari namoyon bo‘ladigan faoliyatdir. Boshqacha qilib aytganda, hatti-harakat kishining ongli yo‘naltirgan va yakunlangan harakati yoki faoliyatidir. Hatti-harakatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri faoliyat qilishdangina iborat emas. Ular faoliyatsizlik – sukut, passivlik, loqaydlik yoki bo‘lmasa imo-ishora, qiliq, ohang tarzidagi munosabatlarda ham ifodalanishi mumkin. Xulqda, kishining hatti-harakatlarida, uning ichki, ma’naviy dunyosi, fikri, tuyg‘usi, intilishlari, adablari aks etadi. Jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy talablarning ham ijobiy, ham salbiy ko‘rinishlari hatti-harakatda namoyon bo‘ladi. Axloq, ong va faoliyat birligi tarzida, yaxshilik va yomonlikning, adolat yoki adolatsizlikning, vijdonlilik yoki vijdonsizlikni namoyon etadigan oxirgi hujayra – bu hatti-harakatdir. Shu sababli xulq va hatti-harakatlarga qarab biz o‘z mulohazalarimizni bildira olamiz. Ma’lumki, bir harakatning o‘zi ham yomonlik tariqasida baholanishi mumkin. Albatta bunday holda ikkala baho ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi.
Axloqiy baholash noto‘g‘ri sub’ektiv bo‘lmasligi uchun muayyan jamiyatda faqat birdan-bir mumkin bo‘lgan axloqiy munosabatlarning ob’ektiv mezoniga, umuminsoniy xarakteriga tayanmoq kerak. U yoki bu faoliyatni axloqiy baholashda kishining o‘z harakatlariga sub’ektiv munosabatini ifodalaydigan axloqiy sabab muhim rol o‘ynaydi. Xulqning sabablari ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Biz tarkibida egoistik sabablar bo‘lgan har qanday hatti-harakatlarni, garchi u ob’ektiv jihatdan ijobiy natijalar bergan bo‘lsa-da, qoralaymiz. Biror-bir harakat yuksak, axloqiy maqsadlar va har qanday egoistik mo‘ljallar «men bundan nima naf ko‘raman?»dan xoli amalga oshirilsa, bu harakat axloqiy bo‘lish bilan birga go‘zal hamdir. Aytaylik, kishi balkonda o‘sayotgan gullarga suv quydi. Bu harakat axloqiy ham emas, axloqsizlik ham emas. Mabodo bu kishi bemor yotgan, gullari qarovsiz qolgan qo‘shnisining gullarini sug‘orsa, tamoman boshqa gap. Hatti-harakatlar boshqa kishining, jamiyatning, guruhning manfaatlari bilan dahldor bo‘lgan chog‘da axloqan baholanadi.
Kishilarning hatti-harakatlari o‘z-o‘zidan emas, balki ijtimoiy hayotning bir bo‘lagi bo‘lgani uchun yaxshilik yoki yomonlik deb baholanadi, qadrlanadi. Sirtdan qaraganda to‘g‘ri ish qiladigan bo‘lib ko‘rinsada, ammo bu o‘zining shuhrati, obro‘si, foydasini ko‘zlab qilinayotgan hatti-harakatlarni axloqiy deb bo‘lmaydi. Hatti-harakatlarning axloqiylik darajasi onglilik, samimiylik, beg‘arazlik, ixtiyoriylik, erkin tanlashi bilan axloqiy qiymatga egadir. Shaxsning xulqida uning o‘z-o‘zini anglashi, mavjud ijtimoiy muhitining axloqiy talablari haqida tasavvurga ega bo‘lishi ham muhimdir. Biroq xulq me’yorlari haqidagi tasavvurlar, bilimlar bilangina kishilar xush axloqli bo‘lib qolavermaydi. Axloq kodeksini yodlash bilan ish bitmaydi, balki shu xulq qoidalarining chinligiga, zarurligiga chuqur ishonch bo‘lish kerakki, ular kishilarning faoliyatida, hatti-harakatida o‘zining amaliy ifodasini topmog‘i lozim. Hatto «Kishi biron yaxshi axloqiy hatti-harakatni qilish bilan, - deya to‘g‘ri ta’kidlagan edi Gegel, - u hali fazilatli xulq vositasi uning xarakteridagi doimiy belgiga aylangan chog‘dagina fazilatli bo‘la oladi». Axloqiy xulqning haqiqiy asosi bilimlar bilan kishi ma’naviy ishonchining qo‘shilib ketishida va ularning hatti-harakatlarida amalga oshuvidadir. Shunday qilib, har qanday hatti-harakat xulq va faoliyat axloqiy bo‘lavermaydi.
Axloqiy amaliyot deganimizda shaxsning boshqa kishilarga muayyan munosabati ifoda qilinadigan hatti-harakatlar va xulq ko‘zda tutiladi. Bunda albatta shaxsda ijtimoiy va shaxsiy manfaatlar uyg‘unligi, jamiyatga ongli munosabatda bo‘lishi, xulqida axloqiy sabab va nihoyat, axloqiy hatti-harakatning zaminida ma’lum darajada erkinlik, tanlash erkinligi bo‘lishi lozim. Qisqasi axloqiy amaliyot onglilik, ijtimoiylik va fuqarolikning eng oliy ifoda mezonidir. Axloqiy munosabatlar. Axloqning uchinchi elementi axloqiy munosabatlardir. Axloqiy munosabatlar – ijtimoiy munosabatlarning tarkibiy qismidir. Ijtimoiy munosabatlarning har qanday turi singari, axloqiy munosabatlar ham axloq me’yorlari bilan cheklangan, shaxs va jamiyat, kishilar o‘rtasida aloqalar, bog‘lanishlar tarzida mavjud. Shunga asosan axloqiy munosabatlar o‘z shakliga ko‘ra epizodlik, ya’ni halokatga uchragan odamga yordam ko‘rsatish va turg‘un, ya’ni oila, jamoa, guruh, mahalladagi odamlar bilan bo‘lgan munosabat turlariga bo‘linadi. Ammo axloqiy munosabatlar bu faqat aloqalar, bog‘lanishlardangina iborat bo‘lmay, ayni paytda me’yoriy asosga ega bo‘lgan o‘zaro ta’sirni kishining boshqa odamlar jamiyat oldidagi burchlarini ham o‘z ichiga oladi. Axloqiy munosabatlar, odatda dastlab stixiyali, moddiy munosabatlar asosida shakllana boshlaydi. So‘ngra esa taraqqiy qilib moddiy munosabatlardan ajralib chiqib, mafkuraviy, g‘oyaviy, ma’naviy munosabatlar sohasiga kira boradi.
Axloqiy munosabatlar kishilarning irodasidan tashqari paydo bo‘lib, axloq me’yorlarining qaror topishi, jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi jarayonida, albatta, kishilar ongi orqali o‘tadi. Axloqiy munosabatlar o‘z mazmuniga ko‘ra yo boshqaruv yoki qo‘riqlov vazifalarini bajaradi. Boshqaruvchi axloqiy munosabatlar muayyan jamiyatning me’yorlari talablariga muvofiq holda yuzaga keladi, ular majburiylik vazifalariga daxldordir. Qo‘riqlovchi axloqiy munosabatlar shu me’yorlarni buzuvchi hatti-harakatlar yuz berishi natijasida paydo bo‘ladi va ijtimoiy ta’sir choralarini amalga oshirishni ta’minlaydi. Demak, axloqiy munosabatlarning sub’ekti yakka shaxslar, guruhlar, oila, jamoa, davlatlar va h.k. bo‘lsin baribir hamisha odamlardir. Faqat odamlar va ijtimoiy hodisalargina emas, balki tabiat va uning elementlari ham axloqiy munosabatalarning ob’ekti bo‘la oladi. Axloqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlaridan farq qilib, hamisha va hamma joyda axloqiy me’yorlar, baholar ta’siri ko‘rinib turadi. Ular axloqiy faoliyat, xulq, hatti-harakatlarda, atrofdagi ijtimoiy borliqqa nisbatan axloqiy ta’sir ko‘rsatishda yuzaga keladi.
Axloqiy munosabatlarning baholovchi xarakteri bilan birga imperativ, yo‘naltiruvchi xarakterga egaligi ham uning o‘ziga xos belgisidir. Axloqiy munosabatlarda, kishilarning faoliyati va hatti-harakatlari, ular munosabatlarining axloqiy-amaliy ifodasi sifatida asosiy o‘rin tutadi. Ayni paytda axloqiy munosabatlar boshqa ijtimoiy munosabatlar singari mustaqildir. Shunday qilib, axloqiy munosabatlar axloqning elementi sifatida, birligidan, ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlari bilan, ikkinchidan, murakkab bir butunlikni tashkil etadigan axloqning boshqa elementlari bilan chambarchas bog‘liq. Axloqning elementlari axloqiy ong, axloqiy amaliyot, axloqiy munosabatlar axloqning elementlari sifatida bir-birlari bilan chirmashib ketadi. Masalan, axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlar ijtimoiy hayotning o‘ziga xos tomonlari sifatida axloqiy ong predmetidir.
Axloqiy faoliyat kishi tomonidan o‘z amaliyotining mazmuni va maqsadlarini axloqiy jihatdan anglashi tufayli yuzaga keladi. Axloqiy munosabatlarning kishilar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa usullardan ajratib olish qiyin bo‘lganda axloqiy ong, yordamga keladi. O‘z navbatida, axloqiy munosabatlar xulqning axloqiy shart-sharoit va ahamiyati nuqtai nazaridan olingan ko‘rinishlaridan boshqa narsa emas. Axloqiy munosabatlar me’yorlarni qo‘llab-quvvatlash va ijro etishning ijtimoiy mexanizmi bo‘lib, hamisha me’yorlarni shakllantirish, rivojlantirish, saqlash va keyingi avlodlarga qoldirish jarayonlarini mujassamlantirgan bo‘ladi. Axloqiy me’yorlarning ta’sirchanligi hayotbahsh kuchining mezoni axloqiy munosabatlarning ifodasidir. Axloq me’yorlari o‘z natijalari – axloqiy munosabatlardan tashqari mavjud bo‘lganda edi, o‘zining ijtimoiy ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lar edi. Shunday qilib, axloqning barcha tomonlari bir-birini taqozo etadi va bir-birini belgilaydi. Ammo axloqning barcha tomonlari mustahkam bo‘lishi ulardagi farqlarni, ziddiyatlarni ham yo‘qqa chiqarmaydi. Masalan, axloqiy munosabatlar axloqiy ong sinovdan o‘tkazgan xulq me’yorlarining amaliѐtda mustahkamlanish shakli bo‘lib, mavjud xodisa tariqasida namoѐn bo‘ladi. Axloqiy ong esa faqatgina mavjud axloqiy hodisalarnigina emas, balki lozim bo‘lgan hodisalarni ham ifodalaydi. Xuddi shu sababli ular bir-biriga mos kelmaydi, ziddiyatli bo‘ladi. Ziddiyatlar, ayniqsa, ijtimoiy bir tuzumdan ikkinchisiga o‘tish davrida keskin tus olishi mumkin.
Axloqning tarkibiy qismlarini tahlil qilgandan so‘ng unga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Axloq tarixan vujudga kelgan ijtimoiy hodisa bo‘lib, kishi xulqini boshqarish vazifasini bajaradigan, bir-birini taqozo etadigan va belgilaydigan elementlar axloqiy ong, axloqiy amaliѐt va axloqiy munosabatlarning murakkab birligidir. Axloq «o‘z-o‘zidan» harakatlantiruvchi tizim sifatida ma’naviy hayotning eng muhim va keng sohasi bo‘lib, funksional xususiyatga ega. Uning barcha funksiyalaridagi murakkab dialektik o‘zaro aloqadorlikka qarab o‘ziga xosligi va rolini belgilash mumkin. Odatda axloqning umumiy funksiyalari: tartibga solish (boshqaruv), rag‘bat, baholash, bilish, tarbiyalash funksiyalaridan iborat, deb hisoblanadi. Amalda esa ularning barchasi bir-birini to‘ldiradi va bir-biriga o‘tib turadi, biri boshqasi orqali (ketma-ket) amalga oshadi. Bir-birini to‘ldirishda ular axloqning shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarning moslashuvini, shu asosda jamiyat mavjudligi hamda rivojlanishining zaruriy sharti bo‘lgan tartib-intizomga rioya qilishni ifodalaydi.



Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish