Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti


- Fikrlamay ilm olmoq — behudalik; bilim bilan sug’orilmagan tafakkur esa xatardir



Download 1,23 Mb.
bet76/159
Sana20.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#564656
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   159
Bog'liq
ТАРБИЯ УМК Fitrat

- Fikrlamay ilm olmoq — behudalik; bilim bilan sug’orilmagan tafakkur esa xatardir.


— Haqiqatni ko’rmoq va unga intilmoq — yoki jasorat, yoki tarbiya mahsuli.
— Kimki nokamtarlik bilan yolg’on so’zlar ekan, uning jimjimador so’zlari faqat va faqat musibat keltiradi.
— Sadoqat va samimiyatni saqlab qolmoq- cho’qqining qorni ushlab qolishidek chiroylidir.
— Ezgulik uchun yaralgan yoxud ezgulikdan mutlaqo mosuvo insonni ko’rmadim. Kimki ezgulikka intilar ekan, hamisha hurmatda bo’lur.
— Jarohat uchun adolatni, ezgulik uchun faqatgina ezgulikni qalqon biling.
— Ehtiyotkor inson ham ba’zan adashadi.
— Shirin so’zlar va ta’ma ko’ngildan chiqqan samimiyat belgisi emas.
— Hech bir do’st o’zing kabi bo’lolmaydi.
— Oliy odam uch holatda o’zini saqlay oladi: yoshlikda hirsdan, kuchga to’lganda janjaldan, keksalikda ochko’zlikdan.
Qaerga bormagin, e’tiqoding sen bilan bo’lsin.
— Kelajak uchun kurashmoqchi bo’lsang, o’tmishni o’rgan.
— Jahl chiqqanda, aql taslim bo’ladi.
— Oliyjanob odamning izlagani — o’zi, pastkashning qidirgani esa o’zgalar.
— Agar o’z qalbingga nazar tashlasang-u, biror qora dog’ ko’rmasang, unda bezovtalik nega, hadik nimaga?
— Oliyjanob odam xavfsizlikda ham xatarni, to’qlikda ham yo’qchilikni unutmaydi. Tartib hukm surgan paytda tartibsizliklar bo’lishini nazardan qochirmaydi. Bunday odam zinhor xavf ostida qolmaydi, demakki, uning vatani ham, xalqi ham bexatar.
— Moddiyotning ortida ezgulik nish urmog’i uchun besh narsa kifoya: ko’ngil kengligi, samimiyat, shiddat, yaxshilik va jiddiylik.
— O’z xatolaringni tan olishdan uyalma, aks holda ular jinoyatga aylanadi.
— Intiqomga taraddudlanishdan avval ikki qabrni hozirlab qo’y.
— Har bir hilqatning o’z go’zalligi bor, biroq har kim ham uni ko’ra olmaydi.
— Jarohatlarni unut, lek zinhor yaxshilikni yodingdan chiqarma.
— Kimki isrofni bilmasa, azobni bilur.
— Eshitdim — unutdim. Ko’rdim — eslab qoldim. Bajardim — tushundim.
— Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorong’u tundir.
— Harakatdaman-ku deya emaklamoq - bu harakat emas.
— Erkaklar tabiati o’xshash, ularni faqatgina odatlari ajratib turur.
— Biz uchun eng katta huzur- uyquda emas, har tong uyg’onishdadur.
— Oliy odamning nutqi sokin, harakati jo’shqin bo’ladi.
— Agar inson yo’lga maqsadsiz chiqsa, qadam bosar-bosmasdanoq falokatga yo’liqur.
— Haqiqatparvar insonning birinchi qadami- no’noq, ammo manzili-porloq bo’lajak.
— Oliy odam mayda ishlar bilan ko’zga ko’rinmas, aksincha buyuk ishlarga bel bog’laydi. Mayda odam esa buyuk ishlarga ishonmaydi, uni safsata deb biladi, shu bois uning taqdiri ham o’zi kabi mayda bo’lib qoladi.
— Oliy odam o’zidan va o’zgalardan hamisha mamnun, har qachon, har qayerda sokin; pastkash odam esa hamisha tushkun, yon-atrofi musibat bilan to’la.
— Agar yo’qotishlarga duch kelsangiz, vahimaga tushmang. Yo’qotish ortidan, albatta, topilmalar ham keladi.
— Biz tabiatimizga zid insonlarga ro’para kelganimizda, ularni o’zimizga moslashtirmoqqa emas, o’z-o’zimizga xolis baho bermoqqa o’rganmog’imiz lozim.
— Ortda qolgan ishlar to’g’risida bahslashib, ularni qoralashdan naf yo’q. Chunki ular — o’tmishga aylanib bo’lgan.
— Ezgulik hech vaqt yolg’iz qolmagan. Uni sinab ko’rgan inson o’zini yaxshilikka qo’shni, deb hisoblayversin.
— Oliy odam Haqiqatga do’stdir, manfaatga emas.
— Ish quroli soz, o’tkir bo’lgan odamning ishida unum, daromadida baraka bo’ladi.
— Ezgulik uzoq-uzoqlarda, olisdami? Men oqko’ngil, yaxshilik ulashguvchi inson bo’lmoqchiman. Bas, yaxshilik o’z qo’lingda!

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish