Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti


Pedagogik amaliyot tahlili o‘qituvchilar faoliyati davomida duch kelayotgan quyidagi xarakterdagi kommunikativ muammolar mavjudligini ko‘rsatdi



Download 1,23 Mb.
bet43/159
Sana20.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#564656
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   159
Bog'liq
ТАРБИЯ УМК Fitrat

Pedagogik amaliyot tahlili o‘qituvchilar faoliyati davomida duch kelayotgan quyidagi xarakterdagi kommunikativ muammolar mavjudligini ko‘rsatdi:
■ ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy yo’nalishdagi tadbirlarni tashkil etishda o‘quvchilarda o‘zaro hamkorlikda ishlash maqsad, yo‘l-yo‘riqlarini shakllantirishning qiyinligi;
■ ijtimoiy-perseptiv malaka va ko‘nikmalarning yetarli darajada tarkib topmaganligi;
■ pedagogik muloqot jarayonida yuzaga keladigan turli vaziyatlarga zudlik bilan moslasha olish qobiliyatining rivojlanmaganligi;
■ shaxsda o‘z kommunikativ xulq-atvorini nazorat qilishi bilan bog‘liq muammolarning mavjudligi;
■ nizoli vaziyatlarda muammoni to‘g‘ri hal qilish kompetensiyalarining yetishmasligi;
■ o‘quvchi holatini his qilishda kognitiv malakalarning yetishmasligi.
Pedagogik faoliyatda kasbiy psixologik kompetentlik umumiy tuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan yana biri - bu, ijtimoiy kompetentlikdir, zero zamonaviy o‘qituvchi nafaqat o‘quvchiga bilim beradi, ma’lumot, axborot yetkazadi, balki rivojlanayotgan shaxs va jamiyat o‘rtasida vositachi rolini ham bajaradi. «Bola-jamiyat» munosabatlari, o‘zaro aloqasining maqsadga muvofiq bo‘lishi o‘qituvchining qanchalik ijtimoiy hayotda kompetentli, omilkor ekanligiga ham bog‘liqdir.
Ijtimoiy kompetentlikning asosiy funksiyalari sirasiga moslashish, ijtimoiy yo’nalganlik, shaxsiy va umumijtimoiy tajribalarning uyg‘unlashuvi kabi tushunchalarni kiritish mumkin. Shaxs ijtimoiy kompetentligining qay darajada ekanligi o‘zaro muloqot, faoliyatni yo‘lga qo‘yish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, fuqarolarning yangi ijtimoiy, globallashuv shart-sharoitlariga moslashuvi jarayonida insonlardagi ijtimoiy kompetentlik darajasining shakllanganligi alohida o‘rin tutadi. Ekologik, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy o‘zgarishlar nafaqat ijtimoiy tafakkur rivojini belgilaydi, balki insonlarning o‘zini o‘zi anglashi, hayotiy qadriyatlari, shaxsiy muammolariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa psixologiya fani oldiga insonning ijtimoiylashuvi, ijtimoiy moslashuvi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish borasida uning kompetentlik darajasini yuksaltirishga yo‘naltirilgan dasturlar yaratish vazifasini qo‘yadi. Nazarimizda, mazkur vazifa nafaqat o‘zi, balki o‘quvchilarining ham barkamol shaxs sifatida shakllanishiga mas’ul bo‘lgan pedagoglar faoliyatiga alohida tegishlidir.
Ijtimoiy kompetentlik zamonaviy psixologiya fani tadqiq etayotgan psixologik kompetentlikning turli shakllari orasida muhim o‘rin tutadi. U insonning ijtimoiy o‘zaro sheriklik, hamkorlik sub’ekti sifatidagi yaratuvchilik xususiyatlarini ham aks ettiradi. Sub’ektning kompetensiyaviy ijtimoiy xulq-atvori shakllanishi mexanizmlari, namoyon bo‘lish tendensiyalari, motivatsiyasi, mazmuniga bo‘lgan qiziqish, avvalo, «inson-jamiyat» o‘zaro aloqasi xarakterining ijtimoiy ravnaq, rivojlanishga ko‘rsatadigan ta’siri bilan tavsiflanadi.
Kompetentlik shaxsning o‘ziga xos tuzilmaviy xususiyati ekan, psixologlar bu tuzilmadagi yana bir komponentlik - autokompetentlikni ham alohida ta’kidlaydilar. Hozirgi zamon psixologiya ilmida autokompetentlik sub’ektning shaxs xususiyatlari va xulq-atvor ko‘nikmalarini maqsadga muvofiq o‘zgartirishga, o‘z psixik imkoniyatlari zahiralaridan oqilona foydalanishga tayyorligini, buning uchun salohiyati mavjudligini anglatuvchi kategoriya hisoblanadi. Autokompetentlik yangi bilim, ma’lumot, axborotlarni samarali o‘zlashtirish, yuqori darajadagi o‘zini o‘zi nazorat qilish ko‘nikma va malakalari, muvaffaqiyatga erishish borasidagi irodaviy yo‘l-yo‘riqlarni mustaqil shakllantirishni ham o‘z ichiga oladi. Ayni paytda, individning hayot faoliyati jarayonida ekstremal, ko‘zda tutilmagan holatlar yuzaga kelganda ichki holatini o‘zgartirish orqali qulay, maqbul vaziyat, sharoitlarni yaratish qobiliyati ham autokompetentlikka misol bo‘la oladi. Shu tariqa, autokompetentlik shaxs sifati bo‘lib, inson hayotining ma’lum davrlarida shakllanadi va muayyan faoliyat turi bilan samarali shug‘ullanishga imkon beradi.
Psixologik kompetentlikni tahlil qilish natijalari shundan dalolat beradiki, bu bir tizimni tashkil etuvchi va o‘zaro bog‘liq xususiyatlardan iborat murakkab psixologik tuzilma. Psixologik kompetentlik tushunchasi ostida insonning professional faoliyati va hayoti davomida uchrashi mumkin bo‘lgan muammolarni ijobiy hal etishga yordam beruvchi kasbiy-shaxsiy sifatlari anglanadi. O‘qituvchining psixologik kompetentligi mazmuniy va texnologik jihatlarga ega bo‘lib, turli ixtisoslik va mutaxassisliklarga oid ma’lumotlarni o‘zlashtirish jarayonida rivojlana boradi.
Insonning psixologik kompetentligini rivojlantirish muammosi psixologiya fanida turli nuqtai nazarlardan (sababiyat va oqibat; kasbiy mahoratga erishishda kompetentlikni rivojlantirish yo‘nalish va tendensiyalari; yuqori darajadagi kompetentlikka erishishda ichki va tashqi shart-sharoitlarning o‘zaro munosabati; psixologik kompetentlik rivoji darajasining mezon va o‘lchovlari) tahlil qilib kelingan.
O‘qituvchida kompetentlikni shakllantirishga nisbatan psixologik tayyorlik, hozirlikning o‘ziyoq mazkur jihat tezroq va samaraliroq tarkib topishiga sabab bo‘lishi tadqiqotlarda isbotlangan. Shuning uchun o‘qituvchi va pedagoglarda kompetentlikka tayyor bo‘lishni rag‘batlantirishga ham e’tibor qaratish lozim.
Psixologik nuqtai nazardan tayyorgarlikning motivatsion, hissiy, axloqiy, kognitiv va xulqiy darajalari mavjud. Tayyorgarlikning faollashuvi shaxs tomonidan mazkur darajalar o‘zaro bog‘liq, bir butun holda anglangan, idrok etilgandagina yuz beradi. Psixologik tayyorgarlikni quyidagi jihatlarni qamrab oluvchi murakkab dinamik tuzilma sifatida tavsiflash mumkin:
■ pedagogik faoliyat sub’ektiga xos individual ehtiyoj va talablar, kasbiy vazifalarni anglash;
■ kompetentlikni rivojlantirish maqsadlarini tushunish;
■ faollik namoyon bo’ladigan shart-sharoitlar, muayyan vazifani bajarish bilan bog‘liq tajribani baholash va anglash, esga tushirish;
■ shaxsiy tajriba tahlili va psixologik imkoniyatlari doirasida berilgan
topshiriqlarni bajarish uchun eng maqbul usul va vositalarni topish, o‘zini o‘zi nazorat qilish.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish