Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti


Pedagog kadrlarning ma’naviyati hamda uning mafkuraviy kompetentliligining asosiy belgilari



Download 1,23 Mb.
bet41/159
Sana20.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#564656
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   159
Bog'liq
ТАРБИЯ УМК Fitrat

6.2. Pedagog kadrlarning ma’naviyati hamda uning mafkuraviy kompetentliligining asosiy belgilari.
Ta’lim va tarbiya uyg‘unligi milliy taraqqiyotga erishish kafolati jamiyat taraqqiyoti, milliy farovonlik hamisha yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan yangi kadrlar, ularning yuksak malakasi bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. Keksa avlod erishgan yutuqlarga, ular to‘plagan tajribaga tayanib, mamlakatning ilmiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy salohiyatini yanada ko‘tarish hamisha yoshlar zimmasiga tushgan. Shu boisdan ham istiqlolimizning ilk qadamlaridan boshlab, mamlakatimizda yangi zamon avlodini tarbiyalash, ular dunyoqarashini yangicha qadriyatlar asosida shakllantirish ishi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bunda eng muhimi, ta’lim-tarbiya tizimida sobiq tuzumdan qolgan eskicha qoliplardan tezroq voz kechish, ta’limga doir eng ilg‘or, zamonaviy, xalqimizga xos milliy-ma’naviy va axloqiy qadriyatlarga hamohang usullarni topish va amaliyotga joriy etish, sharqda qadimdan amalda bo‘lgan prinsip- ta’lim va tarbiyani bir-biridan ajratmaslik va ularning o‘zaro mutanosibligiga erishish g‘oyat muhim ahamiyatga ega edi. Davlatimiz rahbarining so‘zlari bilan aytganda, “Ta’lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir”.
Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi». O‘tgan asrning to‘qsoninchi yillari boshlarida yangi yosh davlatimiz oldida mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni, jamiyatda tinchlik va ahillikni, millatlararo totuvlikni saqlab qolish, mustaqillikning uzoq yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot yo‘lini belgilab olish, istiqlolimizni ichki va tashqi xurujlardan asrab-avaylash, yangi jamiyatning yangi, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlashga qodir, ayni chog‘da, mamlakat, millat tarixini yaxshi biladigan, ulug‘ ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy-ma’naviy merosdan bahramand yoshlarni tarbiyalash vazifasi turar edi. Bu vazifaga kirishishni mutlaqo kechiktirib bo‘lmasdi. Chunki o‘sha yillariyoq g‘oyaviy targ‘ibotda, ayniqsa, ta’lim-tarbiya sohasida yuzaga kelgan bo‘shliqni egallash uchun keskin kurash boshlangan, mamlakatimizga turli niqoblarda yot, g‘arazli oqimlar kirib kelayotgan edi.
Mamlakatimizda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun mamlakatimizda malakali kadrlar tayyorlashning yangi istiqbolli tizimini yaratishga asos bo‘ldi. Bu tizimdan ko‘zlangan asosiy maqsad, birinchi navbatda, ta’lim sohasini jiddiy isloh qilish, uni sobiq tuzum mafkurasi asoratlaridan tamomila xalos etish, ta’lim tizimini yagona o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirish, kadrlar tayyorlash ishini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, ma’naviy yangilanishlar maqsadi bilan uyg‘unlashtirish, ta’lim-tarbiya ishining ijtimoiy ahamiyati va mavqeini ko‘tarish, bu jarayonga eng malakali, fidoiy, tanlagan kasbiga sadoqatli insonlarni jalb etish, ularni har jihatdan rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash edi.
Ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan vazifaning murakkabligi shunda ediki, qisqa muddat ichida kadrlar tayyorlash muassasalarini yangi talablarga javob bera oladigan murabbiylar, yangi o‘quv qo‘llanmalari, dasturlar, texnik jihozlar bilan ta’minlash, tizimning maqsadini jamiyat ehtiyojlariga moslash zarur edi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini bosqichma-bosqich amalga oshirishda, eng avvalo, uzluksiz ta’lim tizimining yangi, mustaqil turi-o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini shakllantirish vazifasi turardi. Bu vazifani bajarish uchun kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning moddiy-texnik bazasini tamomila yangilash, ularga talab darajasida me’yoriy-huquqiy, uslubiy-metodologik qo‘llanmalarni yetkazib berish, yetuk kadrlar bilan ta’minlash, buning uchun ota-onalar, homiy tashkilotlar, vasiylik kengashlari, olimlar, mutaxassislarning sa’y-harakatlarini o‘zaro birlashtirish ehtiyoji yuzaga kelgan edi. Muhim vazifalardan yana biri-kadrlar tayyorlashda jamiyatning bugungi, yaqin kelgusidagi ehtiyojlarini aniq hisobga olish bo‘lib, bu ham ishga o‘ta mas’uliyat bilan yondashishni talab etardi. Chunki, sobiq tuzum sharoitida sifat emas, son jihatidan quvib ish tutilgani bois, oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasida ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yilgandi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish