Daryo transporti asosan katta mamlakatlarda ichki tashishlami daryo yo‘llari, kanallar va ayrim suv havzalari orqali amalga oshiradi.
Dengiz transporti esa suv yo‘llari bo‘lgan mamlakatlaming asosan tashqi iqtisodiy tashishlari va shu qatorda ichki tashishlar uchun xizmat qiladi. Umuman, suv yo‘llaridan foydalanishda tabiatan ushbu yo‘llarga mos yo‘nalishdagi ommaviy yuklar (ko‘mir, ruda, mineral-qurilish materiallari, yog‘ochsozlik, qishloq xo'jalik, don, neft mahsulotlari, quruq yuklar, konteynerlar) tashiladi. Suv transporti yo'lovchilami tashishda yordamchi transport vazifasini o'taydi. Tashish sarf-xarajatlari nisbatan qimmat, tashish uzoq muddatli. Shuning uchun yo'lovchilami tashish, asosan ayrim daryo yo'llari bo'ylab zamonaviy tezyurar suv kemalarida amalga oshiriladi. 0 ‘zbekistonda suv yo'llari juda kam bo'lib, asosan respublika janubida Amudaryo bo'ylab qisqa masofalarga tashishlami bajarishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |