Zamonaviy magistral transporti temir yo`llar, suv (daryo va dengiz), avtomobil, havo yo`llari va quvur (neft va neft mahsulotlari, gaz quvurlari) transporti turlaridan iborat bolib, yagona transport tizimi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini ham o‘z ichiga oladi. Tashish ishlarining transport turiari orasida taqsimlanishi juda ko‘p omillarga, ushbu transport turining tuman va hududlarda mavjudligi va ulaming texnik-iqtisodiy samaradorligiga bog‘liq boladi. Bunda tashish tannarxi, kapital mablaglarga ehtiyoj, tashish sifati, tezligi, muntazamligi, qulayligi, yuklar holatining saqlanishi, tashish qobiliyati, mehnat unumdorligi, metall va yoqilg’i sarfi kabilarning ahamiyati katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |