Men mast bo‘lib qoldim bir kecha,
Sil o‘pkamni ancha yayratdim.
Uxlamasdan to tong otguncha,
Dilginamni rosa sayratdim.
A) Rauf Parfi B) Mirtemir
C) Usmon Nosir # D) Abdulla Oripov
138. «Samandar» pyesasining muallifi kim?
A) Ulug‘bek Hamdam B) Usmon Nosir
C) Asqad Muxtor # D) O‘lmas Umarbekov
139. Quyidagi parcha qaysi asardan olingan?
«Ilk maysalar mungli do‘ppaygan qabrlar yonboshidan unib chiqadi. To‘ng‘ich chuchmomalar eng avval sukutga cho‘mgan qabriston ustida ma’yus qo‘ng‘irog‘ini chaladi. Bag‘ri qon qizg‘aldoqlar birinchi bo‘lib mana shu yerda ochiladi...»
A) Chingiz Aytmatovning «Oq kema» qissasi
B) Abdulla Qahhorning «Dahshat» hikoyasi
C) O‘tkir Hoshimovning «Oq marmar, qora marmar» hikoyasi#
D) Nodar Dumbadzening «Hellados» hikoyasi
140. «Po‘latjon yuz tup ko‘chat ekmoqchi» she’ri muallifi kim?
A) Asqad Muxtor# B) Usmon Nosir
C) Mirtemir D) O‘lmas Umarbekov
141. Qaysi shoirning vafotidan keyin to‘rt jildlik «Asarlar»i nashr etildi va mustaqillik yillari xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishdagi ulkan xizmatlari taqdirlanib, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berildi?
A) Oybek B) Usmon Nosir C) Abdulla Oripov D) Mirtemir#
142. Quyidagi misralar muallifi va janrini toping.
Ey, oy yuzing oldida quyosh sharmanda,
Shirin so‘zi-u yaxshi xulqungga men banda.
Hijronda necha noma bila so‘zlashaling,
Yo sen beri kel, yo men borayin anda.
A) Ogahiy, mustazod B) Navoiy, qit’a
C) Erkin Vohidov, g‘azal D) Bobur, ruboiy#
143. XX asrning 50–60-yillarida yaratilgan «Bulut» va «Shudring» nomli she’rlar muallifi kim?
A) Fitrat B) Mirtemir # C) Abdulla Oripov D) Usmon Nosir
144. Bolaga ertakdan ham qiziq tuyulgan quyidagi fikrlar qaysi asardan olingan?
«Allakimlar qandaydir katta darvozalarni berkitib qo‘ygan, kimlardir shaharga suv bermagan, bog‘dorlar qaylargadir qochib ketgani uchun bog‘larda mevalar pishib, sasib-chirib ketgan».
A) «Bolaning ko‘ngli poshsho»# B) «Shum bola»
C) «Mening o‘g‘rigina bolam» D) «Dunyoning ishlari»
145. Quyidagi fikrlar qaysi she’riy asarning nasriy bayonidan olingan?
«Sham o‘z to‘g‘riligi bilan xursand; boshdan oyoq kuysa ham, u nurga aylanadi. Yashin egrilikni odat qilgan bo‘lib, hamma yoqni yoritsa-da, yerning ostiga kiradi».
A) «Bo‘ston» B) «Hibat ul-haqoyiq»
C) «Qutadg‘u bilig» D) «Hayrat ul-abror» #
146. Quyidagi misralar muallifi va janrini toping.
Har yerda gul bo‘lsa tikon bo‘lsa, ne tong?!
Har qandaki may durdidan bo‘lsa, ne tong?!
She’rimda agar hazil, agar jid, kechurung,
Yaxshi borida agar yomon bo‘lsa, ne tong?!
A) Erkin Vohidov, g‘azal B) Ogahiy, ruboiy
C) Navoiy, qit’a D) Bobur, ruboiy#
147. Quyidagi parchada o‘z taqdiri haqida so‘zlayotgan kim?
«Damashq (shom)lik do‘stlar suhbatidan faqirga malohat yetib, Quddus sahrosiga yuz burdim va hayvonot bilan tutinib, ular bilan qo‘shilib yurdim. To vaqtikim farang xalqiga asir bo‘ldim va meni juhudlar bilan Taroblis qal’asining xandaqini qazmoq ishiga soldilar».
A) Avloniy B ) Avaz O‘tar C) Muqimiy D) Sa’diy Sheroziy#
148. «Oltin devor» asarining muallifi va janrini toping.
A) Erkin Vohidov, drama# B) Said Ahmad, drama
C) Erkin Vohidov, doston D) O‘tkir Hoshimov, doston
149. Quyidagi she’rning muallifi va janrini toping.
Hajringda bu tun ko‘ngulda qayg‘u erdi,
Vaslingg‘a yetishmadim, jihat bu erdi:
Ohim tutuni birla ko‘zumning yoshidin
Yo‘l balchiq edi, kecha qorong‘u erdi.
A) Navoiy, g‘azal B) Bobur, ruboiy#
C) Sa’diy Sheroziy, qit’a D) Umar Hayyom, ruboiy
150. «Ishq savdosi» saylanmasining muallifi kim?
A) Erkin Vohidov # B) Abdulla Oripov
C) Muhammad Yusuf D) Usmon Nosir
151. Qaysi ijodkor bir qush misolida «Haqiqiy shoir o‘z xalqining ovozi bo‘lishi, uni ezgu ishlarga chorlashi, yorug‘ tuyg‘ularni kuylashi kerak», – degan fikrni ilgari suradi?
A) Abdulla Oripov B) Mirtemir #
C) Usmon Nosir D) Erkin Vohidov
152. Shoir va yozuvchilar orasida birinchi bo‘lib «O‘zbekiston Qahramoni» faxriy unvoni bilan qaysi ijodkor taqdirlangan?
A) Erkin Vohidov B) Abdulla Qahhor
C) Abdulla Oripov# D) Ozod Sharafiddinov
153. Qaysi ijodkor o‘zini gul hidini emuvchi, dilbar malak boshi uzra parvona bo‘luvchi kapalakka mengzaydi?
A) Rauf Parfi B) Mirtemir C) Erkin Vohidov D) Usmon Nosir#
154. Qaysi ijodkor uchun tabiat manzaralari she’riy asarni qo‘shimcha tashbihlar bilan bezash, go‘zallashtirish vositasi emas edi. U tabiatni go‘yo ona anglab, o‘zini esa shu ona bag‘rida doimiy talpinuvchi farzand hisoblardi. Uning she’rlarida har bir fasl, yer, osmon, quyosh, yulduz va oy, daraxtlar va chechaklar, qushlar va hayvonlar badiiy umumlashma, obraz darajasiga o‘sib chiqadi?
A) Usmon Nosir # B) Mirtemir
C) To‘ra Sulaymon D) Oybek
155. Quyidagi misralar qaysi asardan olingan?
«Ilon o‘ljasini chaynab o‘tirmay but-butunisicha yutib yuboradi. Shundan keyin u joyidan qimirlayolmay qoladi va to o‘ljasini hazm qilib bo‘lgunicha surunkasiga yarim yil dong qotib uxlaydi».
A) «Yovvoyi yo‘rg‘a» B) «Kichkina shahzoda»#
C) «Oq kema» D) «Susambil» qissasi
156. «Quyosh maskani» asarining muallifi va janrini toping.
A) Rauf Parfi, doston B) Abdulla Oripov, drama
C) Erkin Vohidov, doston# D) Maqsud Shayxzoda, drama
157. Sergey Yesenin she’rlari va nemis shoiri Gyotening «Faust» asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan ijodkor kim?
A) Oybek B) Erkin Vohidov#
C) Tog‘ay Murod D) Mirtemir
158. Quyidagi parcha Oybekning qaysi asaridan olingan?
«Ko‘cha bugun jonlangan. Bo‘zchilar tanda yoyib, ipni ko‘k bo‘yoqqa bo‘yaydilar, bir tomoni dag‘al, qilli, g‘o‘laday og‘ir asbobni ustidan yuritib ipni silliqlaydilar»
A) «Navoiy» B) «Fanorchi ota»
C) «Qutlug‘qon» D) «Bolaning ko‘ngli poshsho»#
159. «Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur» deb boshlanuvchi she’r muallifi va janrini toping.
A) Navoiy, ruboiy B) Ogahiy, tuyuq
C) Navoiy, tuyuq D) Bobur, ruboiy#
160. Quyidagi misralar muallifi kim?
Do'stlaringiz bilan baham: |