«Erta kun arpaga zor bo‘lmay desang,
Bukun ek, shoyadki, bug‘doy non yesang».
«Fildek zo‘r bo‘lsang-u sherdek urishqoq,
Nazdimda, jangdan sulh ming bor afzalroq».
A) Alisher Navoiy B) Nodira
C) Uvaysiy D) Sa’diy Sheroziy#
178. «Tong lavhasi», «Buloq», «Sevgi», «Ona tuproq» kabi she’rlar muallifi kim?
A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov#
C) Rauf Parfi D) Usmon Nosir
179. Quyidagilardan qaysi asarda sayyoralarga nom qo‘yilmay, raqamlar orqali ifodalanadi?
A) «Gulliverning sayohatlari» B) «Shahzoda Plombir»
C) «Chippolinoning sarguzashtlari» D) «Kichkina shahzoda»#
180. Mirtemirning to‘rt jildda nashr etilgan kitobi qaysi?
A) «Mukammal asarlar to‘plami» B) «Yodgorlik»
C) «Qoraqalpoq daftari» D) «Asarlar»#
181. Pashshalardan qoraygan shoda-shoda teshik-kulcha, «ot non»lardan, qurtlagan jiyda va turshaklardan tortib, to toshko‘mir, quruq beda, «makkaisano»gacha topiladigan do‘kon tasviri qaysi asarda uchraydi?
A) «Bolaning ko‘ngli poshsho» # B) «Fonarchi ota»
C) «Mening o‘g‘rigina bolam» D) «Dunyoning ishlari»
182. Qaysi shoir shudringni bo‘y yetgan qizlar ko‘ziga o‘xshatgan?
A) Usmon Nosir B) Mirtemir# C) Ibroyim Yusupov D) Oybek
183. «Past bo‘yli, burushiq yuzli, juda yuvosh, indamas kishi» Oybekning qaysi hikoyasi qahramoni?
A) «Fanorchi ota»# B) «Gulnor opa»
C) «Singan umid» D) «Bolaning ko‘ngli podsho»
184. «O‘siq qoshlari tagida qisilib yotgan ko‘zlari yalingansimon qaraydigan… qalbi shafqatga, mehrga, bir so‘z bilan aytganda, insoniy hislarga limmo-lim to‘la» bo‘lgan inson qaysi asar qahramoni?
A) «Dunyoning ishlari» B) «Bolaning ko‘ngli poshsho»
C) «Mening o‘g‘rigina bolam» D) «Fanorchi ota»#
185. O‘tgan asrning 30-yillarida 7-sinf o‘qish xrestomatiyasini tuzib, nashr ettirgan ijodkorni toping.
A) H.H. Niyoziy B) Avloniy# C) Behbudiy D) Qodiriy
186. «Hozirgi yoshlar» va «Tirik sayyoralar» asarlarining muallifi kim?
A) Rauf Parfi B) Erkin Vohidov#
C) Erkin Samandar D) O‘tkir Hoshimov
187. «Istanbul fojiasi» asarining muallifi va janrini toping.
A) Erkin Vohidov, drama# B) Abdulla Oripov, drama
C) Erkin Vohidov, doston D) Fitrat, doston
188. Quyidagi parcha muallifi kim?
«Biz, turkistonlilar, o‘z vatanimizni jonimizdan ortuq suydug‘imiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issig‘ cho‘llarini; eskimo‘lar shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar».
A) Hamza Hakimzoda B) Qodiriy
C) Behbudiy D) Avloniy#
189. Qaysi ijodkorning otasi Ikkinchi jahon urushidan og‘ir jarohat olib qaytadi va 1945-yilda vafot etadi; oradan bir yil o‘tgach, onasi ham dunyodan o‘tadi?
A) G‘afur G‘ulom B) Erkin Vohidov#
C) Abdulla Oripov D) Asqad Muxtor
190. Quyidagi misralar muallifi kim?
Sening kiprigingga, «Men sening baxtingman»,
Sochmoq bo‘lib zar. Deganday go‘yo,
Hilol tegrasida, Imlab chorlamoqda
O‘ynar yulduzlar. Yoqut Surayyo.
A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov#
C) Mirtemir D) Usmon Nosir
191. «Yosh shoir she’rlaridagi hech kimnikiga o‘xshamagan dard va ohanglar, kutilmagan o‘xshatish – manzaralar, dadil xulosalar birdan hammaning diqqatini o‘ziga qaratib oladi. Unga o‘z davrining eng mashhur adiblari, masalan, Abdulla Qahhor e’tibor bilan qaragan va salohiyatiga yuksak baho bergan edi» fikrlari qaysi ijodkor haqida?
A) Oybek B) Usmon Nosir
C) Abdulla Oripov# D) Hamid Olimjon
192. «Quyoshni ko‘ryapman» asarining muallifi va janrini toping.
A) Oybek, qissa B) Nodar Dumbadze, qissa
C) Oybek, roman D) Nodar Dumbadze, roman#
193. Bor-yo‘g‘i 32 yil yashagan bo‘lsa, shuning 6-7 yilidagina erkin ijod qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan ijodkor kim?
A) Hamid Olimjon B) Usmon Nosir#
C) Mirtemir D) Oybek
194. Usmon Nosirning qaysi she’rining lirik qahramoni ko‘pchilik oddiy odamlar singari yetishish mumkin bo‘lgan orzular ko‘yida yurgan odam emas, uning talpingan manzili «murodga qasd qilib yugurish»ni talab qiladi?
A) «Yurganmisiz birga oy bilan» B) «Yurak»
C) «Yo‘lchi»# D) «Yoshlik»
195. Quyidagi misralar muallifi kim?
Do'stlaringiz bilan baham: |