Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   134
(ch o ‘chib, sipohlarga)
Jadal bo‘ling, tez otlaning, darhol ketamiz,
Mana qasos, mana sizga otamning xuni!
( Ulug‘beк k o ‘ksiga xanjar tiqadi.)
B e r d i y o r
Seni tirik qochirmayman!
Abbosga o‘q uzadi. Abbos «o‘ldim» deganicha yerga yiqiladi. Berdiyor va 
dehqonlar Ulug‘bekni darhol daraxtdan yechib yerga yotqizadilar. Odamlar 
uning atrofida tiz cho‘kadilar.
U 1 u g‘ b e к 
(ko'zini ochib)
Bu senmisan, Berdiyorim? Kechikding biroz.


В e r d i у о г
Oh, kechikdim bir daqiqa, qiblayi olam!
Biz u cholni ayab sekin yo‘l yiirib edik,
Bu qishloqning yaqinidan o‘tganimizda,
Ota Murod jar solganin eshitib darhol 
O'zim chopib keldim bunga... Oh, zolim falak!
(Abbos qo ‘lidan olgan xanjarga qarab)
U la’nati sizga tiqqan shu xanjar tig'in,
Abdullatif ismi bunga yozug'lik ekan.
Bu Toshkandning xanjaridur, dami zaharli...
Ey Xudo, sen guvoh bo'lgin, bu xanjar bilan 
Abdullatif kallasini olmasam agar 
Yuz ming la’nat bo'lsin menga!
U 1 u g‘ b e к
Men davramda do'stlarimni ko'raman yana,
Demak, bizga o‘lim yo‘qdir, men bo‘lmasam-da.
Shu payt osmonda bulutlar orasidan to‘lin oy ko'rinib qoladi.
Sen ham biroz kechikibsan, ko‘kning fonusi! 
Dushman meni yengolmasdi, chiqsang oldinroq. 
Ortiq tamom, g‘urbatlarda daydib yurmoqdan 
Shu vatanda shahid bo‘lmoq oliy saodat.
Xayr sizga, sho'x yulduzlar, senga g'amli oy!
Xayr sizga, do‘stlar, xayr, jami insonlar!
Xayr senga, oh Fimzam, qalbim singlisi! 
Abdurazzoq, batafsil yoz bu qissalarni!
Dunyo, dunyo, bevafosan, bilaman seni.
Ammo, senga yomon farzand emas edim-ku!
Yomg‘ kunda, baxt ayyomi, meni yod ayla.
Bitdi nafas. Yig'lamayman, siz ham yig'lamang!
0 ‘ladi.
O t a M u r o d
Boshpanamiz to‘zib ketdi, sindi belimiz!
A b d u r a z z o q
Ey-voh! Endi yetim qoldi aql-u ma’rifat.
Lak-lak ablah Abbosdeklar harom qotadi.
Ammo, hayhot, tirilmaydi bitta Ulug'bek!


А 1 i Q u sh ch i
Koinotning chamaniga ochgan yo'lingiz 
Yo'lchilarsiz qolmas, biling, aziz muallim!
Orta borar yiilduz soni jadvalingizda,
Qoningizdan o‘sib chiqar shodlik gullari.
P i r i Z i n d o n i y
Men ellik yil zindonlarda cliiritdim tanim,
Ne-ne balo, uqubatlar ko‘rmadi ko‘zim.
Ammo tangri shohiddirki, biron lahza ham 
Ko'zlarimda ko'zyoshlari yalt etgan emas.
Voasafo, hech kimsadan uyalmay bugun 
Men yig'layman, yurak qoni bilan yig'layman!
Yetim qolgan el dardiga kuyib yig‘layman!
Bosh qo‘yaman tuprog‘iga ulug‘ insonning!

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish