Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov


«Siyovush qissasi»ning asardagi o ‘rni, g ‘oyaviy-voqeiy, badiiy-



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   134
«Siyovush qissasi»ning asardagi o ‘rni, g ‘oyaviy-voqeiy, badiiy-
tab’iy, ma’naviy-axloqiy jihatlari.
«Siyovush qissasi» yirik epik polotnoning aynan Eron-Turon 
do‘stligini tarannum etgan qismlaridan biri hisoblanadi.
Siyovush — Eron shohi Kay Kovusning o‘g‘li. Lekin onasining 
onasi, ya’ni buvisi turonlik edi. Shunday qilib, Siyovushning onasi 
turonlik Garsevazning qizidan tug‘ilgan qiz edi. Buni shoir 
Siyovushning onasi tilidan mana bunday ifodalaydi:
Qiz dediki: «Onam turonlik xotun,
Ota tomonimdan ajdod Faridun.
Sipohdor Garsevaz menga bobodur,
Uning yeri, suvi, joyi a’lodur».


Garsevaz esa Samarqand hukmdori Afrosiyobning ukasi edi.
Siz o‘qigan qissa matniga ko‘ra, Siyovush Eron-Turon urusliida 
Eron tomonidan askarga boshchilik qilib, Balxga yetib keladi. 
Afrosiyob esa Jayhun, ya’ni Amudaryoning beri yog‘ida lashkar 
to ‘plab, jangga hozirlik ko‘rib turar edi.
Shu orada Afrosiyob qo‘rqinchli tush ko‘radi. Tushida uning 
lashkari ko‘p ziyon topadi, jumladan, qattiq bo‘ron turib, davlati 
bayrog‘ini qulatadi. Ta’birchilar unga bu tushning yomon oqibatlarga 
ishora ekanini aytishadi.
Shundan so‘ng Afrosiyob saroy a’yonlari bilan kengashadi. 
Ularga sulh tuzib, Eron-u Turon o‘rtasidagi urushni to ‘xtatish 
fikrida ekanini aytadi. Eron palilavoni Rustamga maktub yuborish, 
shahzoda Siyovushga sovg‘a-salomlar yo‘llab, yarashish eshiklarini 
ochish taklifmi o‘rtaga qo‘yadi.
Keltirilgan parcha so‘ngidagi mana bu so‘zlami dunyo abadul- 
abad takrorlab yursa ham kamlik qiladi:
Eron bilan Turon bir edi doim,
Nizo bilmay yashar erdi ko‘p qoyim.
...Faridundek oqil bo'lsak, bo‘lmasmi,
Jahonni beurnsh bo‘lsak, bo'lmasmi?!
AfV etib, yuz bursak ezgulik tomon,
Urush unutilsa, yo‘qolsa yomon.
Qissaning bugun uchun ahamiyati.
«Siyovush qissasi»da ana shunday muhim va umumbashariy 
muammo ko‘tarilib, talilil etilgan va ezgulikka yo‘g‘rilgan sulh yo‘li 
ulug‘langan.
«Shohnoma»dan ko‘plab hayotiy va yaxshilikka yo‘naltirilgan 
talqinlar o‘rin olgan. Asarning o‘lmasligi shundan.
Ko‘rinib turganidek, davlatlar o‘rtasida urush, xalqlar o‘rtasida 
jang-u jadal, odamlar o ‘rtasida nizoni bartaraf etish — har 
zamonning bosh vazifasi yanglig‘ dolzarb masala. Butun bashariyat 
jahonda tinchlik-osoyishtalik, xotirjamlik hukm surishini istaydi, 
shu yo‘lda kurash olib boradi.
Bu — masalaning umumiy jihati.
1 Balx hozirgi Afg'oniston hududida, Termizdan 70 chaqirimcha keladigan yerda bo'lgan 
qadimiy shahar va viloyat. H ozir Balx vayronalariga yaqin joyda M azori Sharif shahri qad 
rostlab turibdi. O 'zbekiston Termizdan M azori Sharifgacha tem ir yo‘l qurishga kirishdi.


M asalaning xususiy jihati ham bor. «Shohnoma» ta ’lim 
berganidek, Eron va Turon mamlakatlari xalqlari asrlar mobaynida 
yaxshi qo‘shnichilik, o ‘zaro birodarlik, qondosh-qarindoshlik 
rishtalarini mustalikamlab kelishgan. Qaysi asrlarda bu ikki yurt 
o ‘rtasida madaniy-maishiy, ilm iy-m a’rifiy, m a’naviy-axloqiy, 
adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-tijoriy hamkorliklar, 
o‘zaro ta ’sir va aloqalar kuchaygan bo‘lsa, bundan ikki taraf ham 
birday yutgan.
Mustaqil 0 ‘zbekistonning bugungi Eron Islom Respublikasi 
bilan har taraflama aloqa va hamkorliklari tamoman yangi ko‘lam 
va daraja kasb etdi. Sho‘ro davrida sun’iy ravishda uzib taslilangan 
rishtalar qayta bog‘landi. Ikki tarixan do‘st va hamkor davlatning 
o‘zaro munosabatlari ravnaq topishida buyuk Abulqosim Firdav- 
siyning «Shohnoma»si yanglig‘ mushtarak badiiy yodgorliklarning 
alohida va ayricha o‘mi hamda ahamiyati bor.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish