Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, shuningdek tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometerologiya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar sug‘urtalovchilarning so‘roviga ko‘ra sug‘urta hodisalarining yuz berishi sabablari va holatlari to‘g‘risidagi hamda sug‘urta tovoni miqdorlari sug‘urtalovchi tomonidan aniqlanishi maqsadida yetkazilgan zarar to‘g‘risidagi masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va xulosalarni taqdim etishlari shart.
Maxsus vakolatli davlat organi sug‘urtalovchilar yoki sug‘urta brokerlaridan qabul qilingan pul mablag‘lari va majburiyatlarining miqdorlari haqidagi axborotni, shuningdek boshqa axborotni o‘z vakolati doirasida talab qilib olishga haqli. Bunday axborotni talab qilib olish yozma ravishda, so‘rov sabablari ko‘rsatilgan holda amalga oshirilmog‘i lozim.
Maxsus vakolatli davlat organi o‘zi olgan axborotning sir tutilishiga rioya etishi shart, axborotning oshkor qilinishi qonunda ruxsat etilgan hollar bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |