10 yillik kurashdan so‘ng, 2011 yilda “Sony kompaniyasi” uchun qaytish yili
bo‘ladi. Maishiy elektronika va o‘yin kulgu giganti magazin peshtaxtalaridagi yangi
mahsulotlarning yaxshi partiyasidan biri bo‘lgan. YAna shunisi muhimki, “Sony”
qaytadan magazinlardagi iTunes – global raqamli tarmoq sifatida raqamli oliy ligaga
yo‘naltirildi. Ular “Sony” ning kuchli tomonlarini: o‘zining barcha televizor,
kompyuter va telefon va planshetlari uchun kino, musiqa va videoo‘yinlarni
birlashtirgan edi. Analitiklar $ 2 mlrd. dollar miqdordagi daromadni bashorat
qilishdi. “men haqiqatdan ham eslash uchun bir yilga ega bo‘laman deya
ishonardim”, deydi Sony kompaniyasi direktori Ser Govard Stringer. “Va men buni
zilzila va sunami natijasida xarob bo‘ldi. Ofat natijasida “Sony” 10 ta zavodni
berkitishga majbur bo‘ldi va jahon miqyosida Sony mahsulotlari oqimi va
70
operatsiyalarini buzib tashladi. Aprel oyida kompaniyaning internet ko‘ngilochar
xizmatlariga bo‘lgan xakerlik hujumi AQSH tarixidagi ikkinchi katta onlayn sinish
bo‘lib, kompaniyaning PlayStation Network larini berkitishga majbur qildi. Faqatgina
to‘rt oydan so‘ng Londondagi isyonchilar tomonidan sodir etilgan yong‘inlar “Sony”
tovar omborini va 25 million bahosidagi kompakt disk va DVD-disklarni, 150 ta
mustaqil belgili korxona mol-mulk ro‘yxatini vayron etdi. SHuningdek, Tailandda
suv toshqini bu erdagi zavod tarkibiy qismlarini yopib qo‘ydi.
Barcha qoldiqlar tozalangach, prognozlarga ko‘ra Sony so‘nggi 16 yil ichida 2
mlrd dollar foyda ko‘rdi va 3,1 mlrd dollar yo‘qotdi. Bu yo‘qotish yo‘qotishlarning 3
yillik xususiyati bo‘lib, atrof-muhit surilishi–Buyuk Retsessiya va 2008 yildagi jahon
moliyaviy inqirozi bilan boshlangan. 2012 yil o‘rtalarida “Sony” kompaniyasi bosh
diretori Kadzuo Xirai kompaniya haqida gapirib, “inqirozni his qilayotganligini” va
“hozirda loyihalashtirish milliard dollardan ortiqroq mablag‘ni yo‘qotishdir”, degan.
Shubhasiz, atrof-muhit tasodiflari “Sony”ga og‘ir zarbalar keltirgan. Lekin
kompaniyaga bo‘lgan barcha zarbalar aybdori nazorat qilib bo‘linmaydigan atrof-
muhit kuchlari emas. Sony kompaniyasining hozirgi qiyinchiliklari yaqinda bo‘lgan
voqealardan avval boshlangan. Ko‘proq ayb tabiiy ofatlardan ko‘ra “Sony” ning
hozirgi zamondagi kuchli atrof-muhit kuchlari – texnika sohasidagi ulkan
o‘zgarishlarga uzoq muddat moslasha olmasligida bo‘lgan.
Shunisi qiziqki, Sony ning sehrli ta’sir qilishi kompaniyani global
elektrostansiyaga aylantirib qurilganida bo‘lgan. O‘n yil avval ham Sony xay-tek
bo‘yicha rok-yulduz, haqiqiy sovuqqon tijoratchi bo‘lgan. U nafaqat jahonda yirik
elektronika iste’molchisi kompaniyasigina emas, uning tarixi Trinitron televizorlari,
Walkman mo‘‘jaz musiqa pleerlari, Handycam videomagnitofonlari i PlayStation
video o‘yin kabi innovatsion mahsulotlar bilan sanoatni butkul kengaytirdi. Sony
innovatsiyalari pop-madaniyatni quvib o‘tdi, ommani hurmatini qozondi va
kompaniya uchun mablag‘ topdi. Sony brendi innovatsiya, uslub va yuqori sifat
uchun turadi.
Hozirda kompaniyada 88 mlrd dollar bo‘lsa ham, u rok yulduzdan ko‘ra ko‘proq
eskilik sifatida Apple, Samsung va Microsoft dek yuqori uchuvchilar soyasida qolib
ketgan. Samsung dunyodagi eng yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi sifatida
Sony ni deyarli o‘n yil oldin quvib o‘tgan. Samsung sotilishi o‘tgan yilda Sony ga
nisbatan 50% ko‘p bo‘lgan va Samsung 14 mlrd miqdorda daromad olganda, Sony
3,2 mlrd mablag‘ yo‘qotgan. Xuddi shuningdek, Apple bir yangi mahsulot ketidan
yangisini chiqarib, Sony ni yanchib tashladi. “men yosh bo‘lganimda Sony
mahsulotiga ega bo‘lishim kerak edi” deydi bir analitik, “biroq yosh avlodga bugungi
kunda Apple mavjud. ” Apple kompaniyasi aksiyalarining narxi ko‘tarilishi uni o‘z
tarixida eng qimmat kompaniya qildi. SHu bilan birga Sony aksiyalari bahosi
71
o‘zining o‘n yil oldingi 300 dollar qiymatidan so‘nggi vaqtda 15 dollargacha tushib
qolgan.
Qanday qilib Sony shunday oson va tez tushib ketmoqda? U texnologiyadan
ortda qoldi. Sony o‘zining ulkan imperiyasini innovatsion loyihalash hamda avtonom
elektronika – televizor, kompakt disklar va video o‘yinlarining dizayni asosida
yaratdi. Internetda o‘sgani kabi mobil dunyo, avtonom apparat ta’minoti yangi
texnologiyalar, ommaviy informatsiya vositalari bilan o‘rin almashdi. Bizning o‘yin
kulgumiz raqamli yuklash va PCs, i Pod, smartfon, planshetlar, internet televizorlar
orqali baham ko‘rilgach, Sony kompaniyasining moslashishi uchun vaqt o‘tdi.
Takabbur Sony xuddi uning ustunligi hech qachon bahslashilmaydigandek,
o‘zining omadli eski texnologiyasiga yopishib olgan, yangilariga almashtirmaydi.
Masalan, 2001 yilda Apple dan ilk IPod chiqquncha, Sony musiqiy fayllarni yuklash
va ijro ettirishga mo‘ljallangan qurilmalarni rivojlantirgan edi. Sony da iPod
qurilmani o‘z shaxsiy ovoz yozadigan kompaniyani ichiga olgan holda yaratish
uchun barcha narsa bor edi. Biroq u bu g‘oyani avvalgi muvafaqqiyat qozongan CD
biznesga urg‘u bergan holda chetda qoldirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: