5.3.Raqobat ustunligini ximoya qilish uchun mudofaa strategiyalaridan
foydalanish.
Raqobat bozorlarida barcha firmalar rakobatchilar uyushtiradigan xujumlarning
ob’ektlari bulishi mumkin. Xujumlar xuddi eski, amaldagi firmalar tomonidan
bulganidek, yangi firmalar tomonidan bulganidek, yangi firmalar tomonidan xam
bulishi mumkin. Ximoyaviy strategiyaning maksadi xujumga uchrash xavfini
kamaytirish yoki ularni eng kam yukotish bilan utkazib yuborish. Ximoya strategiyasi
kompaniyaning rakobat ustunligini kuchaytirmasa xam, rakobat pozitsiyasi atrofida
mudofaa inshootlarini tashkil etish va rakobat ustunligini saklab kolish imkonini
beradi.
Raqobat ustunligini ximoya kilishning bir kancha yullari mavjud. Ulardan biri -
raqobatchilarning sozlangan xarakatlarni boshlashlari uchun xalal berish. Bunday
yondoshuv kuyidagi asosiy kadamlarni kuzda tutadi:
1. Bush bozor uyalarini tuldirish uchun maxsulot nomenklaturasini kengaytirish.
2. Raqobatchilar ega bulgan yoki ega bulishi mumkin bulgan modellar va
maxsulotlar sortlarini ishlab chikish.
3. Pastroq narxlarda rakobatchilarning maxsulotlariga yakin modellarni taklif
etish.
4. Rakobatchilarni vositachi va distribyuterlarning taksimlash tarmogidan sikib
chikarish uchun ular bilan shartnomalar imzolash.
5. Vositachilar va distribyuterlar boshka ta’minotchilar bilan aloka boglashlariga
xalal berish uchun ularga sezilarli skidkalarni kafolatlash.
6. Iste’molchilarni bepul yoki past narxlarda ukitishni taklif etish.
7. O’z maxsulotiga iste’molchilar talabini saqlab kolish uchun choralar ko’rish.
8. Kreditga sotish xajmlarini oshirish.
9. Butlovchi qismlar etkazib berish vaktini qisqartirish.
10. Muqobil texnologiyalarni patentlash.
11. Xususiy nou-xaularni ximoyalash.
12. Eng yaxshi ta’minotchilar bilan eksklyuziv kontraktlar imzolash.
13. Raqobatchilarni yakinlashtirmaslik uchun xom ashyolarni katta xajmlarda
sotib olish.
14. Raqobatchilar bilan ishlaydigan ta’minotchilardan voz kechish.
68
15. Tovarlar va rakobatchilar xarakatlarni doimo nazorat kilib turish.
Ximoyaviy strategiyaga bulgan ikkinchi yondoshuv rakobatchilarga ularning
xarakatlari javobsiz kolmasligi va kompaniya xujumga tayyor ekanligini etkazib
turishdan iborat.
Raqobatchilarning xujumkor xarakatlariga karshilik kursatishning boshka yuli
rakobatchilarni uziga jalb etadigan va ularni xujumkor xarakatlarga undaydigan
foydani kamaytirishga urinishdan iborat.
Firmaning foydaliligi kanchalar yukori bulsa, bu boshkalar uchun uziga jalb
etadigan «xurak» vazifasini utaydi va xujumkor xarakatlar kilish istagini tugdiradi.
Bunday sharoitda kompaniya xisob mexanizmlari yordamida ximoyalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |