rizmini (mustamlaka va yarim mustamlaka mamlakatlarda davlat
suverenitetiga erishish uchun terrordan foydalanish); repressiv-
milliy terrorizmni (muayyan davlat ichidagi m illatlararo nizolar
jarayonida imtiyozli mfflat guruhl arming bir millatli davlat tashkil
etish maqsadida milliy ozchilik talablarini terror yo‘li bilan
bostirishida, o ‘z
navbatida, milliy ozchilikning terrorga terror
bilan javob berishida nam oyon b o ‘ladi); hududiy-separtizm
terrorizmini (oz tarqalgan hodisa b o ‘lib, bunda muayyan davlat
ichidagi hukm ron m illat vakillari m am lakatning m uayyan
hududiga suverenitet berilishini talab qiladilar) kiritish mumkin.
Bundan tashqari, dunyoqarash terrorizmi ham mavjud bo‘lib,
hukmron siyosiy m e’yorlar va munosabatlar bilan murosa qilishni
istamaslik undagi asosiy xususiyatdir.
D iniy terrorizm shu
m a’noda dunyoqarash terrorizmiga kiradi. Terrorizmning M ar-
kaziy Osiyo mintaqasiga nisbatan so‘nggi o ‘n yillikda kuchay-
gan tahdidi jam iyat va davlatni boshqarishning demokratik,
dunyoviy shakllarini inkor etuvchi diniy terrorizm va ekstremizm
mohiyatiga chuqurroq e’tibor berishni taqozo etmoqda.
Diniy terrorizm
— hozirgi zamon terrorizmining keng tarqal
gan ko‘rinishlaridan biri bo‘lib,
u yoki bu diniy aqidalardan
foydalangan holda muayyan siyosiy m aqsadlarni ko'zlaydi.
Siyosat dunyosini o ‘z tamoyillari asosida qayta qurishni, odamlar
ongiga ta ’sir etishni diniy aqida va qadriyatlar negizida amalga
oshirishni istovchi diniy-terroristik guruhlar hokimiyat uchun
kurashish, millatlararo janjallar va
har xil siyosiy mojarolarni
keltirib chiqarishda dindan siyosiy qurol sifatida foydalanishga
harakat qiladilar.
Shuni qayd etish kerakki, dunyoda 500 ga yaqin terrorchilik
tashkilotlari faoliyat ko'rsatmoqda. Ularni siyosiy maqsadlari;
diniy yo'nalishi; qanday qilib va nim a uchun paydo bo'lgani;
ijtimoiy va etnik tarkibi; soni va tashkiliy tuzilishi; qayerda faoliyat
yuritishni m a’qul ko‘rishi; terror usullari;
tajovuzkorlik darajasi
va m urosaga moyilligi b o 'y ich a tasniflash m um kin. Aksar
terrorchilik tashkilotlari yashirin faoliyat ko‘rsatishiga qaramay,
ko‘plab m amlakatlarning hukumatlari ularni hisobga olishga
harakat qilishadi.
Jum ladan, Rossiya hukum ati o ‘z «qora»
ro'yxatiga quyidagi terrorchilik tashkilotlarini kiritgan:
296
1) «Kavkaz mujohidlari birlashgan kuchlari oliy harbiy maj-
lisi»;
2) «Ichkeriya va D og‘iston xalqlari kongressi»;
3) «Baza» — («А1 Qoida»);
4) «Absat Al-Ansor» (Livan);
5) «M uqaddas urush» («Al-Jihod», Misr);
6) «Islom guruhi» («Jamoa ul-Islomiya», Misr);
7) «M usulm on birodarlar» («Al-Ixvon al-Muslimun»);
8) «Islom ozodligi partiyasi» («H izbut-tahrir al-Islomiy»);
9) «Lashkari — Toyba» (Pokiston);
10) «Islom guruhi» («Jamoati Islomiy»);
11) «Turkiston islom partiyasi» (sobiq 0 ‘zbekiston Islom
harakati).
Terrorchilik tashkilotlarining asosiy siyosiy maqsadlari quyi-
dagicha:
— globallashuv va transmilliy kompaniyalarga qarshi;
— biror diniy konfessiya yoki etnik guruhga qarshi;
— o ‘z
hukum atiga qarshi;
— bir davlat m anfaati yo‘lida boshqa hukum atga qarshi;
— millat yoki din sofligi uchun kurashish;
— ayirmachilik maqsadida va o ‘z davlatini tuzish uchun ku
rashish;
— biror dunyoqarashga qarshi (abortga, ekologiyaning buzi-
lishiga qarshi kurashish va hokazo).
D iniy yo‘nalish tushunchasi nihoyatda shartlidir. C hunki
aksar terrorchilik tashkilotlari o ‘z maqsadlariga yetishish yo‘lida
dindan niqob sifatida foydalanishadi. Bular:
soxta islom, soxta
nasroniylik, soxta iudaizm, yangi din o ‘ylab topish, dinlam i
inkor etish kabilardir1.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: