Moddiy – texnika resurslari ta’minoti shakllari va metodlari hamda ularning samaradorligi
Qurilish ishlab chiqarishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga oid bo‘lgan barcha tashkiliy savol va masalalarni tizimli hamda kompleksli ishlab chiqish taqoza etiladi, chunki ishlab chiqarilayotgan mahsulot – bino va inshootlar (xizmatlar) raqobatbardoshligi qurilish maydoniga kelib tushadigan konstruksiyalar, buyumlar va boshqa materiallar, energetik resurslar, texnologik jihozlarning sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Qurilish ishlab chiqarishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga quyidagilar kiradi: moddiy - texnika ta’minoti, energetik, ta’mirlash, transport va omborxona xo‘jaligi va sifatni nazorat qilishni. Bu jarayonning asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
moddiy – texnika resurslari bilan ta’minlash tizimida va menejment tizimi doirasida qaralayotgan ishlab chiqarishni aniqlash;
qaralayotgan qurilish ishlab chiqarish faoliyati maqsadlarini aniqlash;
masadlarga erishish bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar va ishlarni shakllantirish;
moddiy – texnika resurslari ta’minoti xizmati tuzilmasini ishlab chiqish va uning funksiyalarini aniqlash;
yaratilayotgan xizmat ko‘rsatish bo‘limi faoliyati omillari va ko‘rsatkichlarini aniqlash;
menejment bo‘yicha ilg‘or yondashuvlarni qo‘llagan holda moddiy – texnika resurslari bilan ta’minlash xizmati ishining taktik, strategik hamda operativ rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
rejalarning bajarilish motivatsiyasini va nazoratini ta’minlash;
xizmat ko‘rsatish bo‘limi taomonidan bajariladigan ishlar samaradorligini tahlil qilish.
Qurilish majmuasida zamonaviy sharoitlarda resurslar bilan ta’minlashning quyidagi shakllari (metodlari) keng tarqalgan:
- tovar – xom-ashyo birjasi orqali;
- vevosita aloqada bo‘lish (to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali);
- auksionlar, tanlovlar;
- homiylik;
- xususiy ishlab chiqarish va boshqalar.
Moddiy – texnika resurslari bilan ta’minlashning konkret shaklini qurilish tashkiloti ularning o‘ziga xos jihatlari, ularni olishning davomiyligi (muddati), berilgan takliflar soni, hamda rusurlar sifati va narxi hamda boshqa omillardan kelib chiqqan holda tanlaydi. Qurilish ishlab chiqarishini resurslar bilan ta’minlash shaklini aniqlashda etkazuvchining ishonchliligi hamda ishlab chiqarilayotgan konstruksiyalar, buyumlar va boshqa materiallar raqobatbardoshlik darajasini aniqlash taqoza etiladi. Etkazuvchilar bilan kontraktlar (shartnomalar) tuzishda ushbu shartnomalar (kontraktlar)da miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari, etkazib berishning konkret shakllari, muddatlari, sanksiyalari va boshqa talablarni aks ettirish zarurligini esda tutish taqoza etiladi.
Moddiy – texnika ta’minoti bu tashkiliy aloqalar va shartnomalar asosida ishlab chiqarish mablag‘larini etkazuvchilar va iste’molchilar o‘rtasida bevosita yoki vositachi orqali taqsimlash shaklidir. U ishlab chiqarish jamg‘armalaridan foydalanish, qurilish-montaj ishlari ritmiyligi, tannarx, mehnat unumdorligi, qurilishning davomiyligiga va boshqa ko‘rsatkichlarga bevosita ta’sir ko‘rsatish bilan ahamiyatli tarzda ishlab chiqarishning natijaviyligini oldindan aniqlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |