qisqacha xulosalar Qurilish ishlab chiqarishining resurslar bilan ta’minlanganligi - kapital qurilishning joriy va istiqbolli dastularini muvaffaqiyatli amalga oshirishning eng muhim omillaridan biridir. Bozor sharoitlarida korxona va tashkilotlarning resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanishga bo‘lgan munosabati miqdoriy va sifat jihatdan o‘zgaradi.
Ishlab chiqarish fondlari (asosiy va aylanma) ishlab chiqarishning resurs asosini xarakterlaydi. Ular mehnat resurslari bilan birgalikda ishlab chiqarishning bir maromda davom etishini hamda sarflangan mablag‘larning samaradorligini ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish fondlari va kadrlar salohiyati ko‘p jihatdan har bir qurilish tashkilotining va butun tarmoqning ishlab chiqarish salohiyatini (quvvatini) belgilab beradi.