Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munasabatlarfakulteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi


Etnosotsiologiyaning predmeti va ob’ekti



Download 0,96 Mb.
bet29/66
Sana15.11.2022
Hajmi0,96 Mb.
#866604
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66
Bog'liq
c6b274949fbb459d131b050c320dad42 ижтимоий иш соц. маж 1-курс Word

3. Etnosotsiologiyaning predmeti va ob’ekti. Har bir fan o‘zining tadqiqot predmeti xosligi, uning tadqiqot etish uslublari bilan boshqa fandan farqlanib turadi.
Etnosotsiologiyaning predmet sohasiga murojat qilishda qayd qilib o‘tish kerakki, u hali shakllanish bosqichida hisoblanadi. G‘arb mamlakatlari sotsiologiyasi sohasida etnik sotsiologiya maxsus nazariyalar ro‘yxati tarkibiga kiritilmaydi. Biroq, sotsiologiyaning sohaga oid yo‘nalishlari orasida «sotsiologik irqlar» yo‘nalishi mavjud bo‘lib, sotsiologlar tomonidan o‘z tadqiqotlari yo‘nalishlarini belgilashda «irqqa oid» va «etnik munosabatlar» tushunchalarini tavsiflash qayd qilinadi.
Bu tushunchalarning bahs-munozaralarsiz tarzdagi o‘xshashlik xususiyati shubha ostiga olinadi. Bu shu bilan bog‘liqki, G‘arb sotsiologiyasida ko‘rsatib o‘tilgan ilmiy sohaning asosiy yo‘nalishlari irqchilik g‘oyalariga tegishli hisoblanadi. Ularning asosida ma’lumki, etnik guruhlarning ijtimoiy tengsizlik masalalari yotadi, bu holat odamlarning genetik xususityalari bilan bog‘liq bo‘lgan vertikal va gorizontal sotsial strukturalardagi holatlari, zamonaviy vaziyatlarda industrial jamiyat doirasida etnik tengsizlik vaziyatlari yuzaga kelishlari bilan belgilanadi. G‘arb sotsiologlari tomonidan «irqchilik» tushunchasi mazmun – mohiyatiga ko‘ra, etno milliylik belgisi bo‘yicha «etnik mansublik» tushunchasiga mos kelishi qayd qilinadi.
O‘zining ichki tarkibiga, mantiq xususiyatlariga ko‘ra, sotsiologik fanlar tushunchalari va kategoriyalari tizimi o‘zaro bog‘liqlikka ega bo‘lib, bunda etnosotsiologiya sotsiologiyaning yo‘nalishlaridan biri sifatida, sohaga oid sotsiologik fan hisoblanadi.
Bu holatda sotsiologiya kabi bir butun holatda etnosotsiologiya ham ilmiy fan sifatida hozirgi kunda ko‘plab ilmiy nazariyalar, yo‘nalishlar va maktablardan tashkil topganligi qayd qilinadi. SHu sababli, ayrim tadqiqotchilar hisoblashlaricha, etnosotsiologiya empirik tadqiqotlarga asoslanilgan o‘rta darajadagi maxsus sotsiologik nazariyalardan tashkil topgan bo‘lmasdan, balki sohaga oid sotsiologik fan hisoblanadi. Ushbu nazariyalarning har biri (marksizm, materializm, psixologik, siyosiy, relyavistik, konstruktiv va boshqalar) sotsiologiya tizimida o‘rta darajadagi maxsus sotsiologik nazariya sifatida, shuningdek nazariya, usul va empiriya sifatida qayd qilinadi.131
Etnosotsiologiya fanlararo fan hisoblanib, u turli xildagi etnik muhitlarda va sotsial guruhlarda amalga oshuvchi sotsial jarayonlarni o‘rganuvchi etnoslar va milliy – etnik jamiyatlar haqidagi bir nechta fanlar kesishish sohasida shakllanadi.
Etnik sotsiologiyaning predmet sohasi etarlicha keng hisoblanadi. Uning tarkibiga halqlarning sotsial strukturasi, ularning muhiti o‘zgarishlari, oila ichki munosabatlaridagi o‘zgarishlar spetsifik xususiyatlari, turli xil etnik guruhlarda tillardan foydalanish tendensiyalari, madaniyatlararo o‘zaro aloqalar, milliy o‘zlikni anglash, etnoslar o‘rtasidagi aloqalar kabilar kiritiladi.
Etnosotsiologiyaning predmetini alohida ahamiyatga ega bo‘lgan, ichki milliy jamiyatlar ichidagi va ular o‘rtasidagi chuqur madaniy – psixologik aloqalar sifatida belgilash mumkinligi qayd qilinadi. Bunda milliy jamiyatlar umumiy holatda ijtimoiy tizim tarkibiy masalalari sifatida qarab chiqiladi, uning funksiyasi va roli o‘z-o‘zini harakatlantirish va o‘z-o‘zinii rivojlantirish manbai sifatida tavsiflanib, uning faoliyati qonuniyatlari ijtimoiy – sub’ektiv xosilalar ko‘rinishida ifodalanadi. Milliy jamiyatlar tushunchasi orqali ichki va tashqi aloqalari va munosabatlari bilan bir butunlik holida integratsiyalashish ifodalanadi. Ushbu vaziyatda, ichki integral milliy aloqalarning o‘rganilishi – ushbu fanning asosiy predmeti zvenosini tashkil qiladi.
Etnosotsiologiyaning ob’ekti halqlar, etnik guruhlar va ularning ijtimoiy differensiatsiyasi, shuningdek etnik xususiyatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy guruhlar (masalan, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi o‘zbeklar, mamlakatda yashovchi o‘zbek va rus tadbirkorlari yoki boshqa ijtimoiy guruhlar) hisoblanadi.
Etnosotsiologiyada ob’ekt ikki xilda o‘rganiladi: ya’ni, shaxsiyat orqali – ma’lum bir guruh tarkibiga kiritiluvchi ma’lum bir etnik mansublik orqali va etnik mansublik ta’siri orqali – ya’ni, guruhlarning odam «jamoaviy ongi», uning hulq – atvoriga, faoliyatiga ta’siri orqali ifodalanadi. Etnik guruhlar ijtimoiy jihatdan ifodalanishi – bu jamiyatning bir qismi, segmentlari sifatida umumiy madaniyatning manbalari sifatida qaraladi va shuningdek birdamlik hissiga ega hisoblanadi.
Odam hayotida etnik funksiyalarning aniqlanishi va etnik o‘xshashlik sezilarli ahamiyatga ega hisoblanadi. Milliy psixologiyani o‘rganish davomida jamoaviy psixologiya tashqarida va aniq bir odamga bog‘liq bo‘lmagan holatda mavjudligini hisobga olgan holatda, bu ko‘plab avlodlar tajribasi, ongli va ongsizlik sintezi ko‘rinishida ifodalanadi. SHu bilan bir vaqtda ushbu holat har bir halqda o‘zining «jamoaviy» mavjudligi va o‘ziga xosliklariga ega bo‘lib, turli xil guruhlarning va ularning vakillarining turli xil shakllari va ifodalanishlari kuzatilib, ularning ongi orqali o‘tishlar va ularning psixologiyasi struktura bo‘yicha o‘tishlardagi sinishlar qayd qilinadi.
Ushbu ko‘rinishda, etnik sotsiologiyabu shaxsiyat va etnik guruhlarning rivojlanishi va funksiyasining ijtimoiy jihatlarini, ularning o‘xshashligini, manfaatlarini, hulq – atvorini, o‘zaro munosabat va aloqalarini o‘rganuvchi fan hisoblanadi. Bu fan sotsiologiyaning sohasi bo‘lib, nafaqat sotsiolog olimlar tadqiqotlariga asoslanilishi, balki etnolog, psixolog, tarixchilar, etnograflar ishlariga asoslanishi ham qayd qilinadi.
Etnosotsiologiyaning asosiy yo‘nalishlari etnik va milliy o‘zlikni anglash bo‘yicha tadqiqotlardan tashkil topgan bo‘lib, ushbu holatning ma’lum bir aniq tarixiy sharoitlar bilan bog‘liq holatda funksiyasini o‘rganishga qaratiladi. Ushbu jihatdan olib qaralganda, etnosotsiologiya ijtimoiy ongning holati va dunyoda mavjud bo‘lgan asosiy irqlarning hulq – atvorlari holatini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Nisbatan keng tarqalgan holat sifatida milliy o‘zlikni anglash va halqlarning hulq – atvorlarini o‘rganish qayd qilinib, bu holatlar o‘ziga xos takrorlanmas belgi – xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Ushbu jihatdan katta va kichik halqlar ularning iqtisodiy jihatdan va siyosiy hayoti, madaniyatining rivojlanishi, tili, an’analar va urf – odatlarga amal qilish bo‘yicha rivojlanish darajasi bilan o‘zaro farqlanib, bu holatlar ularning avtonom tarzda mavjudligini belgilab beradi.
Etnik sotsiologiya va uning vakillari hisoblangan olimlar shuningdek amaliy tadqiqotlar bilan ham shug‘ullanishib, bunda asosan etnomadaniy tadqiqotlar alohida o‘rin tutishi keltiriladi. Uning predmeti sifatida madaniy ehtiyojlar va an’analarning milliy o‘ziga xosligi, hulq – atvorning ijtimoiy stereotiplari va ma’lum bir aniq etnik jamiyatlar vakillarining hayoti, ularning o‘zaro munosabatlari va aloqalari, manfaat va ehtiyojlari, qadriyatlarga bo‘lgan mo‘ljal olishlari qayd qilinadi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish