Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


TIMSS – maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro baholash dastur



Download 1,27 Mb.
bet69/70
Sana01.05.2022
Hajmi1,27 Mb.
#600828
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Bog'liq
2 5343753633433390900

TIMSS – maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro baholash dastur
Maktabda olingan bilim insonning kelgusi hayot yoʻlini belgilaydi. Koʻpchilik bilimni baho bilan oʻlchaydi. Ammo baho bilimni belgilovchi aniq mezon emas. U oʻquvchilarni faollikka undovchi, ragʻbatlantiruvchi vosita, xolos. Har bir oʻqituvchining oʻz ish usuli, baholash metodi bor. Qaysidir oʻqituvchi uchun baho – bu ragʻbat yoki oʻquvchini 45 daqiqa ushlab turish vositasi. Shundanmi, bir sinfdan ikkinchi sinfga oʻtgan bolaning bahosida keskin oʻzgarish yaqqol namoyon boʻladi. Yana, pedagoglar orasida bahoni nisbatan yuqoriroq qoʻyuvchi yoki oʻquvchining bilim darajasi talabga javob bersa-da, “5” ni tejaydiganlari bor. Bu usullarning qaysi biri toʻgʻriligi esa doimiy bahstalab mavzu.
O’quvchilarning bilim va malakasini umumiy ravishda tahlil qilish mamlakatdagi ta’lim sifati darajasini belgilaydi. Shu maqsadda oʻquv yili davomida har bir ta’lim muassasasida ichki va tashqi monitoring oʻtkazib boriladi. Uning natijasiga koʻra, eng namunali maktablar ketma-ketligi, oʻqituvchilar salohiyati va oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasi aniqlanadi. Bu jarayon ta’lim taraqqiyotini belgilovchi muhim mezon boʻlgani uchun Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan umumiy oʻrta ta’lim maktabi oʻquvchilari bilimini baholash boʻyicha xalqaro dasturlarni amaliyotga joriy etish maqsadida ilk qadamlar tashlandi. Ya’ni, oʻquvchilar bilimini xalqaro talablarga yetkazish, unga mosligini oʻrganib borish maqsadida PISA(Programme for International Student Assesment), TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) kabi baholash dasturlarini keng qoʻllash rejalashtirilmoqda.
TIMSS - ham jahon mamlakatlari ta'lim tizimida keng tadbiq etilmoqda. TIMSS dasturi Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA (International Association for the Evaluation of Educational Achievements) tomonidan tashkil etilgan boʻlib, ushbu tadqiqot 4 va 8 sinf oʻquvchilari orasida matematika va ijtimoiy fanlar boʻyicha ta'limning sifati, darajasi, fanga boʻlgan munosabati, qiziqishini aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi. Ushbu tadqiqot PIRLS tadqiqotiga oʻxshab, oʻquvchilar, maktab ma'muriyati va oʻqituvchilari orasida qoʻshimcha soʻrovnomalar oʻtkazadi va fan sohasida toʻsqinlik qilayotgan asosiy omillarni aniqlaydi. Bu esa oʻsha mamlakatda ishlab chiqilgan ta'lim standartlarini va ta'lim samaradorligini boshqa davlatlar bilan solishtirib koʻrish imkonini beradi. 2015 yil TIMSS tadqiqotlari natijalariga koʻra AQSh, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning ta'lim tizimi eng yuqori koʻrsatkichlarni egallagan. Shuni e'tirof etish lozimki, ayni shu davlatlarda yuqori texnologiyalarni oʻzlashtirish, sanoatlashtirish va yuksak darajadagi taraqqiyotga erishish maqsadida aniq fanlarni yuqori darajada oʻzlashtirishga alohida e'tibor qaratilib, unda oʻquvchilar tugʻma iste'dod va qobiliyatlardan koʻra oʻz ustida doimiy ishlash hamda aniq fanlarni oʻqitishda guruh yoki sinfdagi oʻquvchilar sonining 16 nafardan oshmasligi belgilangan. Bunday tajriba AQShda ham mavjud boʻlib, 1999 yildan boshlab bitta oʻqituvchi 40 minutlik dars mashgʻuloti davomida 16 ta bolaga bilim va tarbiya bera olish imkoniyatiga ega ekanligii inobatga olgan holda prezident qarori bilan ta'lim muassasalaridagi guruhlarda oʻquvchilar soni 16 nafar etib belgilangan.



Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish