Qanday so’zlarga o’zakdosh so’zlar deyiladi?
O’zakdosh so’zlar uchun umumiy qism nima deb ataladi?
“Yo’l” va “iz’’ so’zlariga o’zakdosh so’z toping?
Ishli odamning ishi bitadi,
Ishsiz odamning kuni o’tadi.
O’qituvchi uyga berilgan vazifani tekshirib chiqadi.
Ot yasovchi qo’shimchalar ko’rsatilgan plakat doskaga ilib qo’yiladi.
OT YASOVCHI QO’SHIMCHALAR:
-chi, -kor, -dosh, -soz -lik, -zor,
O’qituvchi so’zlarga qo’shimchalarni qo’shib ma’nosi qanday o’zgarganligini tushuntirib o’tadi. Masalan: Paxta + kor= paxtakor, kurs+ dosh=kursdosh.
O’quvchilar quyidagi so’zlarga ot yasovchi qo’shimchalarni qo’shib yangi so’z hosil qiladilar.
G
|
U
|
L
|
Ch
|
i
|
|
|
|
G’
|
A
|
L
|
L
|
a
|
k
|
O
|
r
|
S
|
I
|
N
|
F
|
D
|
o
|
sh
|
|
T
|
U
|
N
|
U
|
K
|
a
|
ch
|
i
|
Har bir o’quvchi mustaqil bajaradi.
DARSLIK BILAN ISHLASH:
Ot yasovchi qo’shimchalar bo’yicha savol-javob qilinadi.
Gulzor, guldon so’zlarining o’zagini toping. (o’zagi gul)
-zor, -dor,-dosh qo’shimchalari qanday qo’shimchalar deyiladi? (so’z yasovchi qo’shimchalar)
shu qo’shimchalar qo’shilgan so’zlar qanday so’zlar bo’ladi? (o’zakdosh so’zlar)
paxta so’ziga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shib, yangi ma’nodagi so’zlar yasang. (paxtazor, paxtakor)
paxtakor so’zining o’zak va qo’shimchalarini ko’rsating. (paxtakorlar, paxta o’zagi –kor so’z yasovchi qo’shimcha, -lar ko’plik ma’nosi)
153-mashq.
O’quvchilar so’zlarni o’qiydilar va juftlab berilgan so’zlarni o’zagini topadilar. Har bir so’zni ma’nosini farqlaydilar. Masalan: tunuka-metall buyum.
Tunukachi- metal buyumga ishlov beruvchi usta.
Dam olish daqiqasi:
Tabiatdagi barcha tirik jonzotlarning harakat turiga taqlid qilish o’yini:
Baliqdek suzamiz,
Qushlardek uchamiz.
Ayiqdek yuramiz,
Quyondek sakraymiz,
O’quvchidek o’tiramiz.
Har qo’limda besh barmoq,
Qo’shsak bo’lar o’n barmoq.
Ikkisi juft biri toq,
Qo’shsak bo’lar chin o’rtoq.
O’quvchilar aqlini charxlash uchun tez aytishlar aytiladi.
Sanamay, sakkiz dema.
Oq choynakka oq qopqoq,
Ko’k choynakka ko’k qopqoq.
Qishda qatiq qattiq qotib qolibdi .
G‘ani g’ildirakni g’izzillatib g’ildiratdi.
154-mashq.
O’quvchilar chegara, iz so’zlariga –chi, -dosh, -soz, kor, xona so’z yasovchi qo’shimchalarini qo’shib so’z yasaydilar. O’zak va ot yasovchi qo’shimchalarni belgilaydilar.
Chegarachi, chegaradosh, chegarala, chagarasiz.
Izchi, izla, izdosh, izsiz.
O’qituvchi sinflarga bo’lib, har bir sinfga krossvord beradi.
Qaysi sinf birinchi bo’lib tez va aniq bajarsa, o’qituvchi shu sinfni rag’batlantiradi.
Eniga:
Yoniga kelsa bolasi,
Ta’zim qilar onasi. (choynak)
Qat- qat qatlama,
Aqling bo’lsa tashlama. (kitob)
Tunukani chertadi
Kesaklarni kertadi
Bir oz sho’xlik qilgach u
Yerga singib ketadi. (do’l)
Tikuvchiga o’rtoq o’zi
Bittagina jajji ko’zi. (igna)
Tunda ko’rib cho’g’ deysan
Tongda ko’rib yo’q deysan. (yulduz)
Qishda terlab ishlaydi
Boshqa mahal qishlaydi. (pechka)
Grammatik topshiriq. –chi,-dosh, -xona qo’shimchalarini toping. Ularning qanday qo’shimcha ekanini ayting.
Ot yasovchi qo’shimchalar mavzusini “Assesment” metodi yordamida mustahkamlab olamiz. Avvalo ushbu metod haqida ma’lumot bersak.
“ASSESMENT” metodi
“Assesment” metodi bo’yicha ot yasovchi qo’shimchalarga topshiriq
Test. Ot yasovchi qo’shimchalar berilgan javobni toping.
-chi,-kor, dor
-dosh, -soz
-lik, -zor
Barcha javoblar to’g’ri
|
Muammoli vaziyat. Hovlimizda gulzor bor. Gulzorga har xil gul ekilgan. Ularni gulchi akam parvarish qiladi. Gullar chamandek ochiladi. Ushbu gapda qaysi ot yasovchi qo’shimchalar ishtirok etayapti.
|
Simptom. Ot yasovchi qo’shimchalarga ta’rif bering
|
Amaliy ko’nikma. O’t yasovchi qo’shimchalarning har biriga 2 tadan gap tuzing.
|
Matematika darsini o`qitish jarayonida o`quvchilarda tanqidiy va kreativ tafakkurni shakllantirish imkoniyatlari
Boshlang’ich sinflardagi boshqa darslarda ham o’quvchilar nutqi xilma-xil so’zlar bilan boyitiladi. Kuzatish vaturli ko’rgazmali qurollar bu darslarda ham bilim olish, tushunchalarni shakllantirish vositasi hisoblanadi.
Matematika darslarida bolalar yangi tasavvur va tushunchalar, juda ko’p so’z va atamalar bilan o’z nutqlarini boyitadilar, sodda va qo’shma gap tuzishga o’rganadilar: 5 soni 3 sonidan katta (5 > 3) yoki uch soni besh sonidan kichik (3 < 5); bitta o’nlikka ikkita o’nlik va 5 ta birlikni qo’shsak, uchta o’nlik va 5 ta birlik hosil bo’ladi (10 + 25 = 35) va hokazo.
Masala yechish jarayonida esa ular shu vaqtgacha o’z nutqlarida ishlatib kelgan bo’ladi, qoladi, hosil bo’ladi, teng kabi so’zlarning yangi ma’nosini bilib oladilar; ...bizga ma’lum, masalada so’ralyapti kabi so’z birikmalarini ishlatishga o’rganadilar.
Matematika darslari o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirishda muhim ahamiyatga ega. Ular masalani yechishda savolga to’liq javob berishga, atamalarni to’g’ri ishlatib, qoidalarni o’z saviyalariga mos ravishda aniq shakllantirishga o’rgatiladi. Bular, o’z navbatida, o’quvchilar nutqini boyitish va faollashtirish vositasi hisoblanadi.
Bog’lanishli nutq ko’nikmalarini egallashga masala yechish bilan bog’liq holda olib boriladigan ishlar, ayniqsa, masala tuzishga o’rgatish mashqlari samarali ta’sir ko’rsatadi. Masala o’qib eshittirilgandan so’ng, o’quvchilar uning asosiy mazmunini eshitib idrok etishga, to’g’ri, qisqa va aniq qayta aytib berishga o’rgatiladi. Masala tuzishga o’rgatish esa mantiqiy izchil, muhokama elementlari bilan kichik hikoya tuzish imkoniyatini beradi. Bu mashq o’quvchidan faollikni va mustaqillikni talab etadi, bolaning bilish faolligi va mustaqilligini oshirish esa uning umumiy rivojlanishida va tarbiyaviy maqsadda juda muhimdir. Masala tuzish kichik hikoya tuzishdir.Masalaning hikoyadan farqi shundaki, unda nimadir noma’lum bo’lib, uni topish uchun ma’lum so’roqqa javob berish talab etiladi.O’quvchi rasm asosida «Daraxtga uchta chumchuq qo’ngan edi, yana ikkita chumchuq uchib kelib qo’ndi. Daraxtda nechta chumchuq bo’ldi?» masalasini tuzadi. Bu masalani yechishda o’quvchilar daraxtga qo’ngan chumchuqlar sonini bilish uchun nima qilish kerakligini o’ylaydilar, muhokama qiladilar. Masalani yechish uchun aniq izchillikda muhokama yuritish va tushuntirish bilan bolalar o’z fikrlarini matematika tilida aniq va bog’lanishli bayon etishga o’rganadilar.
SHunday qilib, matematika darslarida o’qituvchi bolalar lug’atini boyitish, turli xil gap, bog’lanishli nutq va bayon, muhokama elementi mavjud bo’lgan hikoya tuzish ustida ishlaydi. O’qituvchi matematika tili xususiyatlarini o’zlashtirishga ko’maklashish bilan bog’liq holda, o’quvchilar tafakkurini, nutqini o’stiradi. O’qituvchi matematik mazmungagina emas, balki shu mazmunni o’quvchilar nutqida to’g’ri shakllantirishiga ham e’tibor bersa, bu darslardaegallanadigan bilim haqiqiy va o’quvchilar nutqining o’sishi uchun samarali vosita bo’ladi. «Fikrni aniq shakllantirishni talab qilish, masala shartini ongli takrorlatish, mustaqil masala tuzdirish va savollar yordamida masalani yechish yo’lini tushuntirish ko’nikmasi ustida ishlash o’quvchilarda qayta hikoyalash, insho va muhokama qilish madaniyatini o’stiradi».
Do'stlaringiz bilan baham: |