Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


PISA (Programme for international student assessment) – oʻquvchilarni xalqaro baholash dasturi



Download 1,27 Mb.
bet67/70
Sana01.05.2022
Hajmi1,27 Mb.
#600828
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Bog'liq
2 5343753633433390900

PISA (Programme for international student assessment) – oʻquvchilarni xalqaro baholash dasturi
XXI asr oʻrtalarida jahon mamlakatlari tomonidan xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadida bir qator tashkilotlar tuzildi. Ular orasida eng koʻzga koʻringani AQSh, Yaponiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Islandiya, Norvegiya, Shveysariya, Turkiya, shuningdek, Yevropadagi yana bir necha, jami 24 mamlakat a’zo boʻlgan tuzilma – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)dir.
1961 yilda ish boshlagan IHTT oʻtgan davr mobaynida moliyaviy sohada yuzaga kelgan turli muammolarni hal etib kelmoqda. Ayniqsa, yangi asr ostonasida ushbu tashkilot negizida dunyo ta’limining asosiy boʻgʻini boʻlgan umumiy oʻrta ta’limni rivojlantirish maqsadida PISA (Programme for International Student Assessment) — oʻquvchilarni xalqaro baholash dasturi ishlab chiqildi. Iqtisodiy tashkilotning ta’lim sohasiga murojaat etishi bejiz emas. Boisi, har qanday soha uchun kadrlar maktablarda, oddiy sinfxonalarda ulgʻayadi. Shu ma’noda IHTTdek ulkan tuzilma ham davlatlarning ta’lim tizimiga qancha mablagʻ sarflayotgani va ular nechogʻli samara berayotgani reytingini tuzishga majbur boʻldi.
Bugun turli davlatlardagi ta’lim koʻrsatkichlarini oʻrganish, tahlil etish, solishtirish va istiqboldagi taraqqiyot maqsadlarini belgilash uchun xalqaro baholash dasturi ayni muddao boʻlmoqda. Unga koʻra, xalqaro ta’lim ekspertlari yuqori sinf oʻquvchilarining fanlarni oʻzlashtirish darajasini aniqlash uchun universal test tizimi ishlab chiqdi. Bundan tashqari, dastur ijodkorlari oʻquvchilarning bilimlarini amaliyotda qoʻllay olish qobiliyatini ham tekshiradi. Jumladan, har uch yilda 15 yoshli oʻquvchilar test sinovlari orqali 3 yoʻnalishda baholanadi. Bular:
1) tabiiy fanlar — oʻquvchilarning tabiiy fanlar bilan bogʻliq ilm-fan, texnologiya yangiliklariga qiziqishi, ularni asoslay olishi, tabiiy hodisalarni tushuntira bilishi, baholashi, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni rejalashtirishi tekshiriladi; 
2) matematika — ilmiy va hayotiy hodisalarni asoslashda matematik amallarni qoʻllay olishi va ularni matematik tushunchalar, teorema va aksiomalar yordamida tushuntirishi, qolaversa, shu orqali oʻquvchilarda ongli qaror qabul qilish koʻnikmasi shakllangani darajasi aniqlanadi; 
3) oʻqish — oʻquvchining savodi, kitobxonligi va mustaqil fikrlashi, dunyoqarashi, tahlilchilik qobiliyati, xotirasi, ijtimoiy faolligi baholanadi. 
Buning uchun oʻquvchilarga ikki soat vaqt beriladi. Turli fanlar boʻyicha sinov yagona markaziy tizimga ulangan kompyuterlarda olib boriladi. Bundan tashqari, muammo va yutuqlarni aniqlashda oʻquvchilar hamda maktab ma’muriyatidan alohida soʻrovnomalar olinadi. Bu soʻrovnomalarda oʻquvchilarning maktab va uydagi hayot tarzi qanday kechishi oydinlashadi. Shuningdek, bugungi kun talabi - axborot texnologiyalari va mobil aloqa vositalaridan qanday va nima maqsadda foydalanishi, oʻqishdagi uzilishlar sabablari haqida ma’lumotlar toʻplanadi. Bu ta’lim samaradorligini ortga tortayotgan kamchilik va muammolarni, ta’lim dargohidagi oʻzaro ijtimoiy munosabatlar va turli hayotiy vazifalarni yechishdagi toʻsiqlar haqida tasavvur hosil qilishda muhim ahamiyatga ega.
E’tiborlisi, ayni vaqtgacha aniqlangan reyting natijalarida 3 yoʻnalish (matematika, oʻqish, tabiiy fanlar) boʻyicha ham Osiyoning rivojlangan davlatlari ta’limi 1-oʻrinni egallab kelyapti. Xususan, Xitoy, Tayvan, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya ta’lim sohasida namunali faoliyat olib boryapti. Ular bilan izma-iz borayotgan Finlandiya, Lixtenshteyn, Niderlandiya, Shveysariya, Estoniya, Polsha, Irlandiya, Kanada kabi davlatlar ham yetakchilar qatorida turgan boʻlsa, Indoneziya, Qatar, Iordaniya, Kolumbiya, Albaniya, Tunis, Qozogʻiston quyi pogʻonalarni egallagan. Hatto AQSh va Buyuk Britaniyaning umumiy oʻrta ta’limdagi natijalari oʻrtacha ekani koʻpchilikni hayratga solishi tabiiy.
Ta’lim boʻyicha AQShlik mutaxassis Denis Van Roukel mazkur holat xususida fikr yuritarkan: «Biz oʻquvchilarimiz saviyasidan xafa emasmiz. Boisi ushbu koʻrsatkichlar bizda ta’lim sifati yomonligini anglatmaydi, aksincha — Sharq va G’arbda ta’lim taqsimoti turlichaligini bildiradi. Ya’ni, bizda oliy ta’lim tizimi hal qiluvchi oʻrinda turadi», deya munosabat bildirdi. Biroq Denis umumiy oʻrta ta’limni rivojlantirmay turib, maorifning keyingi bosqichlarida zafar qozonish tavakkalchilik ekanini ham qoʻshimcha qilgan. PISA xulosalari AQShda ham tez orada maktab oʻquvchilarining oʻzlashtirishiga boʻlgan munosabati tubdan oʻzgarishiga sabab boʻlsa, ajab emas.
PISA tashkiloti rivojlangan davlatlarda ta’lim sifatini yanada yaxshilashda muhim mezon boʻlayotgani quvonarlidir, — deydi IHTT direktori, ayni paytda PISAning kuratori Andreas Shlyaxer. — Bu tashkilotning baholash mezonlarini ishlab chiqishda Niderlandiya axborot texnologiyalarini rivojlantirish Amro R3 Konsorsiumi, Yaponiya milliy ilmiy-tadqiqot instituti, AQSh pedagogik test xizmati va boshqa ta’limga ixtisoslashgan nufuzli tashkilotlar koʻmak berib kelmoqda. Har bir davlat oʻtkazilgan tadqiqot natijalari asosida oʻzining ta’lim sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini bilib, boshqalarga nisbatan ta’limdagi mavqyeini yaqqol ajratib oladi. Bu esa yanada takomillashish, oʻsishga xizmat qiladi.
Darvoqe, PISA 1997 yilda tashkil topgan boʻlsa-da, 2000 yildan toʻlaqonli ish boshlagan. Dastlab 32 mamlakatdan 265 ming nafar oʻquvchi sinov jarayoniga qamrab olingan va asosan, oʻqish qobiliyati tekshirilgan boʻlsa, 2003 yilga kelib 43 davlatdan 275 ming oʻquvchi bilimi matematika, oʻqish va tabiiy fanlar boʻyicha baholandi. Aytish mumkinki, yildan-yilga baholashda ishtirok etishni istovchi davlatlar va oʻquvchilar soni ortmoqda. Bu esa xalqaro ta’lim standartlariga mos keladigan ta’lim tizimiga ega davlatlar soni ortishiga ham sabab boʻladi. 
2015 yilda PISA tahlillarida Singapur yoshlari barcha yoʻnalishlarda birinchilikni qoʻlga kiritdi. Xususan, soʻnggi natijalarga koʻra, matematika boʻyicha bilimdonlik borasida singapurlik oʻquvchilar 564 ball bilan yaqqol yetakchiga aylandi. PISAning yana bir foydali jihati shuki, u qay yoʻnalishga e’tibor qaratsa, shu yoʻnalish boʻyicha oʻquvchilar bilim darajasini test sinovlari, ruhiy olami va hayotidagi muammo va yutuqlarni esa soʻrovnomalar orqali aniqlaydi. Koʻrsatkichlar oʻrganilib, yechim topiladi, foydali metodlar ishlab chiqiladi. 
Misol uchun, 2015 yili quyidagi matematik metod tavsiya etilgan: 4 ta musiqiy guruh tanlanadi. 6 oy davomida oʻquvchilar bu guruhlar musiqiy albomi sotilishini kuzatib, natijalarni ustunli diagrammada ifodalashadi. Uni oʻquvchilar oʻqituvchilari yordamida solishtirishadi. Bu ularni grafiklarda axborot berish va olishga, shu bilan birga, voqealarni raqamlar bilan ifodalashga oʻrgatadi. 
Yoki tabiiy fanlar boʻyicha metod: har bir oʻquvchi kompyuterni uzoq ishlatgach, charchaydi. Koʻpchilik bu paytda suv yoki qahva ichib, hordiq chiqaradi, ammo bu xato ekan. Aksincha, ishchanlik qobiliyatini saqlab qolish va oʻstirish uchun issiq yoki sovuq havoda yengil yugurishi kerak. Har bir oʻquvchi shunday qilishi lozim. Bunda tana harorati, tashqaridagi harorat, havo namligi inobatga olinadi. Muhimi, buni oʻquvchi mustaqil tarzda tadqiq qiladi. 
O’qish savodxonligini oshirish uchun peshlavhalardagi e’lonlarga e’tibor qaratish mumkin. Uni oʻquvchi oʻqib, tahlil qiladi. E’londa mahsulot haqida batafsil ma’lumotlar berilgan, matn yakunida «mahsulot yoqmasa, pulingizni qaytib olishingiz mumkin» deyilgan. Aynan shu jumla oʻquvchining xulosa chiqarishi uchun turtki beradi, savodxonligi darajasini belgilaydi. 
2015 yilgi test sinovlariga 72 davlatdan 29 mingta maktabda ta’lim olayotgan 540 ming oʻquvchi jalb etildi. Unga koʻra, IHTT davlatlarida oʻqish samaradorligi oʻrtacha, Singapur, Yaponiya, Estoniya, Finlyandiya va Kanadada yuqori darajada ekani ma’lum boʻldi. IHTTga a’zo oʻlkalardagi oʻquvchilar oʻrgangan bilimini amalda qoʻllay olish darajasi 8, singapurlik oʻquvchilarning natijasi esa 24 foizni tashkil etgan. Agar jarayon shunday maromda davom etaversa, IHTT mamlakatlari Sharqdan intellektual ishchi kuchlari «sotib olish»ga ulkan ehtiyoj sezishi muqarrar. 
2006-2015 yillar oraligʻida Kolumbiya, Isroil, Xitoy, Portugaliya, Qatar, Ruminiya oʻquvchilarining bilimlardan ijodiy foydalanish darajasi oshdi. 33 ta mamlakatda ilm-fanda qiz bolalar tafakkurda oʻgʻil bolalardan oʻzib ketgani e’tiborlidir. Masalan, finlyandiyalik qizlar ilmiy saviyasi juda yuqori boʻlgan yagona davlatdir. Ayollar koʻpincha sogʻliqni saqlash sohasida ishlasa, erkaklar axborot-kommunikasiya texnologiyalari, muhandislik sohalarida faol. 
2009 yilgacha IHTTga a’zo davlatlarning 20 foizida tanlangan fanlarni oʻzlashtirish darajasi oʻrtachadan ham past edi. 2009-2015 yillar oraligʻida qizlarning oʻqishi 12 ballga pasaydi, oʻgʻil bolalarning natijasi esa yaxshilandi. Xitoyning Pekin, Shanxay, Jiangsu, Guangdong kabi shaharlari, Singapur va Tayvan oʻquvchilari matematika boʻyicha yuqori natijani saqlab kelyapti. 
Aytgancha, PISA qizlar va oʻsmirlarning oʻzlashtirishi boʻyicha alohida reyting shakllantirishdan tashqari, dunyoning eng a’lochi 20 nafar oʻquvchisini ham aniqlaydi. Unga Xitoy va Vetnamdan koʻproq yoshlar kirgani e’tiborga molikdir. 
Bundan tashqari, aksariyat muhojir oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasi tabiiy ravishda mahalliy tengdoshlaridan ikki barobar past boʻladi. Ammo keyingi paytlarda 24 foiz muhojir oʻquvchilar bilim darajasi oʻrtacha koʻrsatkichni qayd etmoqda. Demak, oʻquvchilarning bilim olishi muhitga ham bogʻliq. Noqulay muhitdagi oʻquvchilar qulay muhitdagi tendoshlaridan koʻp hollarda kam ball toʻplaydi. PISA esa ta’limda tenglik boʻlishi uchun kurashadi.
Maktab ta’limi muhitida davomat, tartib, darslarga xalaqit beruvchi turli omillar, oʻqituvchi bilimi va farosati, saviyasi, shogirdini munosib qoʻllab-quvvatlashi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, maktab jamoasi va ota-onalar oʻrtasidagi munosabat ham maktab faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Ayniqsa, maktab ma’muriyati yaxshi oʻqituvchilarni koʻpaytirishi, qoʻllab-quvvatlashi, sifatli oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishini yoʻlga qoʻyishi lozim. Bu esa kelgusida PISA kabi tashkilotlar «chigʻirigʻi»ga ehtiyoj sezmaslik, ushbu tuzilmaga toʻlanadigan minglab mablagʻni tejab qolish imkonini beradi. 
Aytish joizki, shu vaqtga qadar mamlakatimiz ta’limi PISA baholash tizimi doirasiga tushmagan. Ammo bu borada harakatlar boshlangan. Yurtimiz ta’limi PISAning 2021 yilgi xalqaro baholash dasturida ishtirok etishi va “Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi” ochilishi haqidagi murojaati ma’qullangani buning bir tasdigʻidir. 
Bu markazning zimmasiga mamlakatimiz ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, 2019-2021 yillar oraligʻida amaliy koʻnikmalar shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda oʻtkazib borish, oʻquv adabiyotlarini modernizasiya qilish, xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan holda oʻqish, matematika, tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan davlat ta’lim standartlari, oʻquv dasturlari hamda oʻquv adabiyotlari mazmuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish kabi bir qator vazifalar yuklatiladi. 



Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish