Samarqand davlat tibbiyot instituti



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/165
Sana19.06.2023
Hajmi2,04 Mb.
#952248
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   165
Bog'liq
Qon komponentlari---- K-M-Abdiyev

30 
Fibrinoliz
.
Fibrin quyqasini parchalab yuborish hisobiga tomirlar 
bo’shlig’ini ochilish jarayoni fibrinoiiz deyiladi. Fibrinoliz jarayoni qon 
ivishi bilan bir vaqtda boshlanadi, lekin u sekinroq kechadi. Fibrinoliz 
plazmin ta’sirida sodir bo’ladigan fermentativ jarayondir. Plazmin qonda 
faollashmagan plazminogen holatida bo‘ladi. U qon va to’qima faollov-
chilari ta’sirida faollashadi. Fibrinoliz qon ivishi jarayoni kabi ikki xil: 
tashqi va ichki mexanizmlar yordamida amalga oshadi. Fibrinolizning 
tashqi faollashish mexanizmi tomir endoteliysida sintezianadigan to’qima 
aktivlovchilari yordamida amalga oshiriladi. Ularga plazminogenning 
to’qima faollovchisi (TAP) va urokinazalar kiradi. Fibrinolizning ichki 
faollovchi mexanizmlariga plazma va shaklli elementlar faollovchilari 
kiradi, ular Xageman omiliga tobe va Xagemanga tobe bo’lmagan 
mexanizmlarga bo’linadi. Xagemanga tobe fibrinolizda XIIa faktori, 
kallikrein va yuqori molekulali kinonogenlar ta’sirida plazminogen 
plazminga aylanadi. Xagemanga tobe bo’lmagan mexanizm bo’yicha 
fibrinoliz tez amalga oshadi, tomirlarda qon ivishi natijasida hosil 
bo’lgan, hali qotmagan fibrin ipchalaridan tozalaydi. 
5. Qon ivishiga qarshi mexanizmlar. 
Qonda faqatgina qon ivishini chaqiruvchi omillargina bo’lmasdan, 
yana gemokoagulyatsiyaga qarshi antikoagulyantlar deb ataluvchi 
moddalar ham mavjuddir. Bunday moddalarning ayrimlari qonda doim 
bo’ladilar, ular birlamchi antikoagulyantlar deb ataladi. Qon ivishi va 
fibrinoliz 
jarayonida 
hosil 
bo’luvchi 
moddalar 
ikkilamchi 
antikoagulyantlar deb nom olgan. Birlamchi antikoagulyantlarni uchta 
asosiy guruhga bo‘lish mumkin: 
1. Antitromboplastinlar-tromboplastin 
va 
protrombinazalarga 
qarshi moddalar; 2. Antitrombinlar-trombinni biriktirib oluvchi 
moddalar; 3. Fibrinogendan fibrin hosil bo’lishiga qarshi moddalar. 
Birlamchi antikoagulyantlarning kamayib ketishi tromboz hosil 
bo’lishi va TITQIS-sindrom kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. 
Ikkilamchi antikoagulyantlarga qon ivishida ishtirok etgan, «ishlatilgan» 
omillar, fibrinogen va fibrinlarning yemirilish mahsulotlari kiradi. 
Ikkilamchi antikoagulyantlar tomirlarda qon ivishini va trombin tarqalib 
ketishini chegaralaydi.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish