Mustaqil ish topshiriqlari
Jismoniy tarbiyа, aqliy tarbiyа, axloqiy tarbiyа va mehnat tarbiyasini “Toifalash” jadvali asosida loyihalashtiring:
Tarbiya maqsadi va vazifalari
|
Jismoniy tarbiyа
|
Aqliy tarbiyа
|
Axloqiy tarbiyа
|
Mehnat tarbiyasi
|
Maqsadi
|
|
|
|
|
Vazifalari
|
|
|
|
|
7-BOB. О‘QUV-TARBIYAVIY FAOLIYAT
Reja:
Maktabgacha ta’lim bо‘yicha metodik ishlarni tashkil
qilish vazifalari, mazmuni va shakllari.
О‘quv-tarbiyaviy faoliyat va uni rejalashtirish.
Rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish. MTM ta’lim dasturini tuzish bо‘yicha tavsiyalar.
Namunaviy о‘quv rejasi va soatlar miqdori.
3 dan 7 yoshgacha bо‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi.
Tayanch sо‘z va iboralar: о‘quv-tarbiyaviy faoliyat, rejalashtirish, rivojlantiruvchi muhit, MTM ta’lim dasturi, namunaviy о‘quv rejasi, soatlar miqdori, rivojlanish xaritasi.
Maktabgacha ta’lim bо‘yicha metodik ishlarni tashkil
qilish vazifalari, mazmuni va shakllari
О‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya tо‘g‘risida”gi qonunining 10-bobida maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minoti, maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari berilgan. Shuningdek, 52-moddada maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minoti quyidagilar amalga oshiradi:
О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning tasarrufidagi ilmiy-uslubiy muassasalar;
О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, tegishli tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim tashkilotlari;
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish institutlari (kurslari) [3].
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minotini qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ilmiy va ta’lim tashkilotlari ham amalga oshirishi mumkin.
53-moddada esa maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari quyidagilardan iboratligi belgilangan:
ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun о‘quv-uslubiy va didaktik materiallar ishlab chiqish va ishlab chiqarish;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
maktabgacha ta’lim va tarbiyani boshqarishning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga joriy etiladigan ta’lim uslublari va dasturlari samaradorligini tahlil qilish hamda baholash [3].
Do'stlaringiz bilan baham: |