Radjabov A., Vaxidov A. X. Toshkent 2017


 Talabalaming huquq va majburiyatlari



Download 9,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/175
Sana01.02.2022
Hajmi9,08 Mb.
#422987
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   175
Bog'liq
Toshkent davlat agrar universiteti

15.3. Talabalaming huquq va majburiyatlari
Oliy ta’lim muassasasi talabasi o ‘qish uchun rasmiy tartibda 
ro‘yxatga olingan shaxsdir. Talabaga rasmiy nusxadagi talaba 
guvohnomasi va reyting daftarchasi topshiriladi.
Oliy ta’lim muassasi talabalari quyidagi huquqlarga ega:
- f a n , texnika va madaniyat rivojining zamonaviy darajasiga 
munosib bilimlar olish;
206


- o ‘quv dasturiga muvofiq ко‘zda tutilgan qo‘ shimcha kurslar 
va o ‘qish turini tanlash;
- t a ’lim muassasi faoliyatining muhim masalalarini muhokama 
va hal qilishla qatnashish, shu jumladan jamoat tashkilotlari orqali 
ham;
- t a ’lim muassasi Nizomida joriy qilingan tartibda kutubxona, 
axborot 
fondi,o‘quv, 
ilmiy, 
tibbiy va boshqa bo'linmalar 
xizmatlaridan tekin foydalanish;
-ilm iy-tadqiqot ishlari, anjumanlar, simpoziumlarda ishtirok 
etish;
— 
o ‘z ilmiy ishlarini chop qildirish, shu jumladan ta’lim 
muassasalari nashrlariga taqdim etish;
- o li y ta’lim muassasi m a’muriyati qaroriari ustidan shikoyat 
qilish;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda 
harbiy mutaxassislik bo‘yieha ta’lim olish.
Talabalami o ‘qish vaqti hisobiga o ‘quv jarayon bilan bog'liq 
boTmagan boshqa ishlarga jalb etish 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi qarorlarida ко‘zda tutilgan hollardan boshqa 
hollarda man etiladi.
Talabalar bilim egallash, ko‘rsatilgan muddatlarda o ‘quv rejalari 
va ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan topshiriqlaming hamma 
turlarini bajarishi, Nizomga, ta’lim muassasasi ichki tartibi va jamoa 
hayot qoidalariga rioya qilishlari shart.
Kunduzgi shakldagi o‘qiydigan talabalar uchun 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Qonuniga binoan harbiy xizmatga chaqirilishi muddati 
о ‘quv yillari hisobiga kechiktiriladi.
Kunduzgi 
shaklda 
o ‘qiydigan 
talabalar 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy qilgan tartib va miqdorda 
stipendiyalar bilan ta’minlanadi,
Talabalar tegishli qoidalarga muvofiq nomdor, hamda ulami 
0
‘ qishga yo‘ I lagan yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan 
stipendiyalami olishga haqli.
To‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning moddiy 
ta’minoti o‘qitishning toTov-kontrakt tizimi haqidagi tegishli Nizom 
asosida amalga oshiriladi.
207


Tibbiy sabablar va ayrim istisno xollarda talabaga akademik 
ta’til beriladi.
Uzrli sabablar bo‘yicha o ‘quv dasturi talablarini bajara olmagan 
talabalarga yangi o ‘quv yili boshlangunga kadar akademik qarzlami 
uzish imkoniyati beriladi.
Ko‘rsatilgan muddatlar ichida davlat ta’lim standartlariga 
binoan 
belgilangan 
kasbiy 
ta’lim 
dasturlari 
hajmini 
o ‘zlashtirmaganlar ta’lim muassasi talabalari safidan chiqariladi.
Talabalami o‘qishga qaytadan tiklash va talabalar safidan 
chiqarish ta’limini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat idorasi joriy 
qilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Talabalar 0 ‘zbekiston Respubiikasi Vazirlar mahkamasi joriy 
qilgan tartibda boshqa ta’lim muassasasiga o‘tish huquqiga ega. Bir 
ta’lim muassasasidan boshqasiga o ‘tishda oliy ta’limning shu 
pog‘onasida birinchi marta o ‘qiyotgani kabi barcha huquqlari 
saqlanib 
qoladi. 
Talabalami 
akkreditatlanmagan 
ta’lim 
muassasasidan akkreditatlanganiga o ‘tkazishga yo‘l qo'yilmaydi.
Turar joyga muhtoj talabalar talabalar turar joylarida (TTJ) 
sanitariya me’yorlari va qoidalariga muvofiq joy bilan ta’minlanadi.
Turar joyga muhtoj talabalar mavjudligida TTJning turar 
joylaridan boshqa maqsadlarda (ijaraga berish va boshqa bitimlar) 
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Runduzgi boTimda o‘qiydigan talabalarga o‘qishdan bo‘sh 
vaqtlarida mexnat shartnomasi asosida ta’lim muassasasini o‘zida 
yoki undan tashqari joylarida ishlashga mxsat beriladi
Talabalaming boshqa huquqlari qonunlar va (yoki) oliy ta’lim 
muassasasi Nizomi tomonidan joriy qilinish mumkin. Talaba ushbu 
Nizomga yoki ta’lim muassasasi ichki tartib qoidalari ko‘zda tutgan 
majburiyatlami buzganda unga nisbatan quyidagi intizomiy jazo 
choralari qo‘llanishi mumkin: tanbeh, jiddiy tanbeh, ta’lim 
muassasasi talabalari safidan chiqarish.
Intizomiy jazo choralari nojo‘ya ish qilingani aniqlagach bir 
oydan kechikmasdan va u qilinganiga olti oy o‘tmasdan qo‘llanadi. 
Bunda talaba kasal va ta’tilda bo‘lgan vaqt hisobiga olinmaydi. 
Talabani kasal, joriy ta’til, akademik ta’til, homiladorlik, bola
208


tarbiyasi ta’til lari paytida talabalar safidan chiqarishga yo‘l 
qo‘yiltnaydi.
Kunduzgi o‘qiydigan talabalar uchun o‘quv yili ichida kamida 
ikki marta, umumiy muddati 7 haftadan kam bo'lmagan ta’tillar 
joriy qilinadi,
5430200 
-
Qishloq 
xo‘jaligini 
elektrlashtirish 
va 
avtomatlashtirish bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o ‘quv 
rejasini tuzilishi ilovada keltirilgan.
0 ‘quv 
mashg‘ulotlar 
dars 
jadvali 
asosida 
o‘tkaziladi. 
Talabaning ishdan ajralgan holda ta’lim olishning chegaraviy 
yuklamasi, jadvalda inobatga olingan mashg‘ulotlami barcha turlari 
bo‘yicha haftasiga 36 soatdan oshmasligi lozim.
Oliy ta’lim muassasasida (OTM) ta’lim jarayoni maktab, 
akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridan farq qiladi. Oliy o‘quv 
yurtida talabalarning mustaqil ishlariga ko‘proq vaqt ajratiladi va bu 
esa talablaming ijodiy fikrlashlarini rivojlantiradi. 0 ‘quv fanlari 
hajmining kamida 25 foizi mustaqil ta’lim tarzida o ‘zlashtirilishi 
shart.
OTM da ma’ruza mashg‘ulotlariga (nazariy mashg‘ulotlar) 
alohida e ’tibor qaratiladi va unga jami o ‘quv yuklamasining 40 
foizigacha yuklama ajratiladi. M a’ruza mashg‘ulotlari har bir fanni 
o‘qitishdatashkiliy va yo‘naltiruvchi rol hisoblanadi.
K o‘p yillik hayotiy tajriba va chuqur nazariy bilimlar 
m a’ruzachiga talabalami o ‘qiyotgan fanlaridan to‘liq va aniq 
tushunchalar olishga va fanni sevib o ‘rganishga yordam beradi. 
Ma’ruzachi mashg‘ulotga tayyorgarlik ko'rishda ko‘plab darsliklar, 
o‘quv qoilanmalar, monografiyalar, jurnallar hamda internet 
m a’lumotlaridan hamda xorijiy manbalardan foydalanilgan holda 
foydalaniladi 
va 
ulami 
bir 
tizimga 
kcltiradi. 
Mashg‘ulot 
materiallarini bayon qilishda u tovush intonatsiyasi va asosiy 
joylarga urg‘u bergan holda ushbu fanning metodologiyasini ochib 
beradi. M a’ruzachining m a’ruza materiallarini bayon qilishda 
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishi 
talabalarda murakkab masalalami mustaqil ravishda tahlil qilishga 
undaydi. Chunki ma’ruza ijodiy xarakterga ega va u ijodiy muhit va 
m a’ruzachining mashaqqatli mehnatiga hurmat bilan karashni talab 
etadi.
209


Ma’ruzani konspekt qilish eshitilganlami yaxshi eslab qolishga 
yordam beradi. Har bir fanga konspekt uchun alohida daftar tutish 
tavsiya etiladi. Daftarning har bir varog'ida kitob va jurnallar va 
boshqa manbalardan foydalanib konspektni toidirish uchun joy 
qoldirilishi lozim. M a’ruzaning asosiy joylarini, formulalar va 
boshqalami alohida belgilab qo‘yish kerak. Konspektdagi yozuvlar 
aniq va ravshan boMishi hamda toza tutilishi kerak.
M a’ruzani eshitishga oldindan tayyorgarlik ko‘rish lozim, 
jumladan mazkur m a’ruza bo‘yicha o ‘quv materiallari haqida 
qisqacha tassavvurga ega bo‘lishi, mustaqil xulosa chiqarishi va reja 
tuzib olishi kerak. Shunda yangi ma’ruza materiallarini o ‘zlashtirib 
olish yengil bo‘ladi.
M a’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari 
yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalaxdan 
foydalanish nazarda tutiladi.
Nazariy mashg‘ulotlardan olingan bilimlami mustahkamlash 
uchun amaliy mashg‘ulotlar va seminarlar asosiy rol hisoblanadi.
Amaliy 
mashg‘ulotlami 
tashkil 
etish 
bo‘yicha kafedra 
professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab 
chiqiladi. Unda talabalar asosiy m a’ruza mavzulari bo‘yicha olgan 
bilim va ko'nikmalarinini amaliy masalalar yechish orqah yanada 
boyitiladilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qullanmalar asosida 
talabalar mustakil ravishda bilimlarini mustahkamlashga erishish, 
tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislami 
chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yechish, 
mavzular bo ‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar 
tavsiya etiladi. Har bir fanning mavzusi bo‘yicha amaliy 
mashg‘ulotlaming taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari oldindan 
taqdim etiladi.
Amaliy mashg‘ulotlarda 

Download 9,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish