22
tarmoqlar tarbiyalanuvchilarni o‘qitish va tarbiyalash
masalalari bilan
shug‘ullanadi.
Pedagogika fanlari tizimining muhim tarmog‘i sifatida aniq fanlarni o‘qitish
va o‘rgatishning qonuniyatlarini o‘rganuvchi
metodika,
ya'ni
uslubiyat
fanining
xizmatlari beqiyosdir. Butun pedagogik jarayonni amalga oshirish yo‘l-
yo‘riqlarini qo‘rsatib beruvchi (
metodika, ya'ni uslubiyat
),
fani ham, o‘z
navbatida, maktabgacha ta'lim uslubiyati (metodikasi), umumta'lim
uslubiyati,
kasb-hunar ta'limi uslubiyati, maxsus ta'lim uslubiyati, oliy
ta'lim uslubiyati,
malaka oshirish uslubiyati va boshqa fan uslubiyati tarmoqlaridan iborat. Bu
tarmoq fanlar o‘zaro uzviy aloqadorlikda bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi va
pedagogika fanlari tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. ( - rasm).
Metodika
(uslubiyat)- muayyan sohaga oid o‘qitish va o‘rganishning
qonuniyatlarini tadqiq etadi. Metodika maxsus va uzluksiz ta'lim bosqichlaridagi
pedagogikalar kabi ta'limning o‘ziga xos turi va qonuniyatlaridan
kelib chiqqan
holda didaktika prinsiplari va umumiy pedagogikadagi qonun-qoidalarni o‘z
sohasiga moslashtiradi va soha uslubiyatini yaratadi. Pedagogika fanlari
tizimining muhim tarmog‘i sifatida aniq fanlarni o‘qitish va o‘rganishning
qonuniyatlarini o‘rganuvchi uslubiyot (metodika)
fanining ham xizmatlari
beqiyos kattadir. Hozirgi kunda o‘quv muassasalarida Matematika fanlarini
o‘qitish
metodikasi, Tarix fanlarini o‘qitish metodikasi, Adabiyot o‘qitish
metodikasi, Maxsus fanlarni o‘qitish va boshqa metodikalari mavjud.
Androgogika - (yunon tilida: »andros»- katta yoshli odam», «agogeyn»-
«etaklamoq», ya'ni “katta yoshli odamni yetaklamoq”) – ta'lim
nazariyasiga
taalluqli soha bo‘lib, katta yoshli sub'ektlarning bilim, ko‘nikma egallashlari
hamda
pedagoglar
tomonidan
ushbu
jarayonni
boshqarish
faoliyati
qonuniyatlarining xususiyatlarini yoritib beradi.
9
Valeologiya – insonning butun
hayoti mobaynida jismoniy, axloqiy,
ma'naviy jihatdan shakllanishi, rivojlanishini o‘rganadi. XX asrning 80 yillaridan
9
www.google.ru
. 21.10.2015.
23
e'tiboran G‘arbiy yevropa va MDH mamlakatlarida sog‘lom turmush tarzini
shakllantirishga mo‘ljallangan o‘quv predmeti sifatida
maktab dasturlariga
kiritilgan. O‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng ushbu o‘quv predmeti tanlov fani
sifatida oliygohlarda o‘qitila boshlandi.
10
Valeologiya - salomatlik yoki qanday qilib sog‘lom bo‘lish mumkinligi
haqidagi pedagogikadagi tarmoq fandir. «
Do'stlaringiz bilan baham: