6.5. Beton tarkibini tanlash
Beton tarkibini tanlash sement, suv, mayda va yirik to’ldirgichlarning, betonning reologik va texnik xossalari, markasini ta'minlagan holda optimal miqdorlarini topishdan iborat.
Beton tarkibini tanlashda komponentlarning standart xarakteristikalaridan foydalaniladi. Beton tarkibi hisoblash formulalari yordamida tanlanadi va tajriba qorishmalari tayyorlanib, natijalarga aniqlik kiritiladi. Beton tarkibini tanlashda beton markasi va sement markasi o'rtasidagi mutanosiblik katta ahamiyatga ega. Past va o'rtacha markadagi betonlar uchun Rb / Rsm=0,4-0,6 oralig'ida, yuqori markadagi betonlar (M500, M600 va yuqori) uchun esa 0,8-1,0 bo'lishi maqsadga muvofiq.
Sement sarfi uning markasiga bevosita bog'liqligini hisobga olsak masala yanada tushunarli bo'ladi. Yuqori markadagi sementlarni past markadagi betonlar olishda ishlatish beton qorishmasining mologik xossalariga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Beton tarkibini tanlashda bir necha usullar mavjud bo'lib, ko'p hollardaV.G. Skramtayev taklifqilgan «absolute hajmlar» usuli qo'llaniladi. Bu usulga binoan 1000 l (l m3) beton qorishmasi uchun sement, suv, mayda va yirik to`ldirgichlar miqdori aniqlanadi.
Muayyan beton tarkibini tanlash uchun betonning markasi, beton qorishmasining harakatchanligi yoki bikrligi, sement aktivligi, mayda va yirik to'ldirgichlarning zichligi va to'kma zichligi, yirik to`ldirgichning oraliq bo'shliqligi va fraksiyasi zarur bo'ladi.
Betonning tarkibi quyidagicha tanlanadi:
Suvning miqdori beton qorishmasining harakatchanligi yoki bikrligiga bog'liq ravishda (6.4-rasm) topiladi.
Suv-sement nisbati (6.1)va (6.2) formulalar yordamida topiladi. Formulalar qayta tuzilgach quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
S/Sm=ARsm (Rb+0,5ARsm) yoki S/Sm=A1Rsm(Rb-0,5A1Rsm).
Ushbu formulalar yordamida hisoblab topilgan suv-sement nisbati oddiy og'ir betonlarga taalluqlidir. Sovuqqa chidamli, suv o'tkazmaydigan betonlar tarkibini tanlashda S/Smni majburan chegaralashga to'g'ri keladi.
3. 1 m3 beton uchun sement sarfi S=Sm/(S/Sm) formulasi yordamida topiladi. Sement miqdori belgilangan me'yoridan kam bo'lsa, uning miqdorini oshiriladi, lekin avvalgi S/Sm
saqlab qolinadi. Suvning miqdori sement sarfiga mos ravishda
oshiriladi.
Sementning eng kam miqdori beton buyumlar uchun 200 kg/m3 temirbeton konstruksiyalar uchun 220 kg/m3 va agressiv muhitlarda ishlatish mo'ljallangan konstruksiyalar uchun 250 kg/m3 belgilangan.
4. Mayda va yirik to'ldirgichlar sarfi ikki shartga asoslanib hisoblanadi: a) zichlashtirilgan beton hajmi (lm3 yoki 1000 1) havo aralashmalarini hisobga olmagan holda mayda va yirik to'ldirgichlar hajmi hamda ularning oraliq bo'shlig'ini to'ldiruvchi sement xamiri hajmi yig'indisidan iboratdir. Ushbu shartni quyidagi formula yordamida ifodalash mumkin:
bunda: Sm; S; Q; Ch(sh). - sement, suv, qum, chaqiqtosh yoki shag'al sarfi, kg/m3; psm, ps, pq, pch(shi- shu materiallarning zichligi, kg/m3; Sm/psm; S/ps; Q/pq va Ch(sh)/pch(- shu materiallarning absolut hajmi, m3; b) yirik to'ldirgichning oraliq bo'shlig'ini, yirik to'ldirgich donalarini bir-biriga nisbatan surilishini hisobga olgan holda, qorishma to'ldiradi degan holat belgilanadi:
bunda: - yirik to'ldirgichning oraliq bo'shlig'i; -yirik to'ldirgichning to'kma zichligi, kg/m3; α- yirik to'ldirgichning qochish koeffitsiyenti suv-sement nisbati va sement sarfiga bog'liq bo'lib, bikr beton qorishmalar uchun 1,05-1,15(o'rtacha 1,1), harakatchan beton qorishmalari uchun 1,25-1,6 teng bo'ladi.
Muayyan beton qorishmasi tarkibi tanlanganda, α koeffitsiyenti maxsus jadval yoki grafiklar yordamida aniqlanadi.
Yuqorida ko’rsatilgan tenglamalarni birgalikda yechib, beton komponentlarining l m3(1000 l) uchun kg.da sarfi ni aniqlaydigan formulalarni keltirib chiqarish mumkin.
Yirik to'ldirgich:
va mayda to'ldirgich:
Shunday qilib, lm3 beton qorishmasini tayyorlash uchun zarur bo'lgan Sm, S, Q, Ch(sh) miqdorlari (kg) aniqlanadi. Ushbu natijalarni sementning massasiga nisbatan birlikda vozish mumkin:
l:S/Sm:+Q/Sm:Ch(sh)/Sm
Beton komponentlarining yig'indisi 1(1000 l) teng bo'lsa ham, beton qorilgach, haqiqiy hajmi kamayib ketadi, bu omil beton miqdori koeffitsiyenti (p) bilan ifodalanadi va quyidagicha aniqlanadi:
bunda: Vsm,Vg, Vch(sh)- 1 m3 beton qorishmasini tayyorlashga sarflangan quruq tashkil etuvchilar hajmi, m3; ρt.sm, ρt,g, ρtch(sh) quruq holatdagi materiallarning to'kma zichligi, kg/ m3. Odatda, β koeffitsiyenti 0,6-0,75.
Beton qorishmasini ishlab chiqarish sharoitida tayyorlanganda mayda va yirik to'ldirgichlarning namligi hisobga olinadi hamda ishlatiladigan beton tarkibi qayta hisoblanib aniqlik kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |