Qurilish materiallari


, 8-rasm. Og'ir beton mustahkamligi bilan Sm/S o'rtasidagi



Download 11,91 Mb.
bet78/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

6, 8-rasm. Og'ir beton mustahkamligi bilan Sm/S o'rtasidagi bog'lanish (turli markadagi scmcntlar ishlatilgamla).


6.3-jadval




6.4-jadval

Yuqori sifatli to'ldirgichlarga zich otqindi tog' jinslardan tayyorlangan chaqiqtosh, zararli aralashmalar kam bo'lgan yirik qum kiradi. Oddiy to'ldirgichlarga chaqiqtosh, shag'al va o'rtacha yiriklikdagi kvars qumlari kiradi. Past sifatli to'ldirgichlarga mustah­kamligi past yirik to'ldirgichlar va mayda qumlar kiradi. Yuqorida keltirilgan formulalar belgilangan suv-sement nisbatlarida, sement aktivligida, to'ldirgichlar sifatida betonning 28 sutka taxminiy mustahkamligini aniqlashga yoki beton markasi belgilanib, sement aktivligi ma'lum bo'lsa, beton tarkibini hisoblash imkonini beradi.


6.4.2. Beton markalari va klasslari
Beton va temirbeton konstruksiyalarni loyihalashda betonga mustahkamlik,sovuqqa chidamlilik va suv o'tkazmaslik ko'rsatkichlari bo'yicha klasslar (markalar) belgilanadi. Betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo'yicha loyiha markasi kub shaklidagi etalon namunalarning o'qi bo'yicha siqilishdagi qarshiligiga (kgs/sm2) nisbatan belgilanadi. Betonning cho'zilishdagi mustahkamlik chegarasi bo'yicha loyiha markasi prizma shaklidagi maxsus namunalarni o'qi bo'yicha cho'zilishdagi qarshiligiga (kgs/ sm2) nisbatan belgilanadi. Ushbu marka betonning cho'zilishdagi qarshiligi asosiy ahamiyatga ega bo'lganda belgilanadi.
Betonning sovuqqa chidamlilik bo'yicha loyiha markasi namunalarni sovuqqa chidamlilik sinovlari natijalari bo'yicha belgilanadi, betonga ko'p marta muzlash va erish ta'sir etishi mumkin bo'lgan hollarda belgilanadi. Betonning suv o'tkazmaslik bo'yicha loyiha markasi namunalarni bir tomonlama gidrostatik bosimda (kgs/sm2) suv o'tkazmaslik standart sinovlar natijalari bilan belgilanadi va beton markalari betonga zichlik hamda suv o'tkaz­maslik bo'yicha maxsus talablar qo'yilganda belgilanadi.
Betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 28 sutkada, texnik shartlarda ko'rsatilgan muddatlarda aniqlanadi.
Namunalar 24 soat usti namlangan mato bilan yopilgan qoliplarda, keyin (qolipdan yechilgan) maxsus kamerada nisbiy namlik 95-100% va harorat 20±2°C normal sharoitda 28 sutka saqlanadi. Sinaladigan namunalar o'lchamlari yirik to'ldirgichning fraksiyasiga bog'liq bo'ladi.
Betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 20x20x20, 15x15x15 va 10x10x10 sm standart namunalarni sinab topiladi. Mustahkamlik ko'rsatkichlarini 15x15x15sm asosiy namunaga keltirish uchun tomonlar o'lchami 10 va 20 sm namunalar sinalganda mutanosib ravishda 0,95va 1,05koeffitsiyentlarga ko'paytiriladi.
Betonning loyihadagi kafolatlangan markasini uning mustah­kamligini me'yorlash ko'rsatkichi vositasida belgilash mumkin. Beton klassi aynan shunday ko'rsatkich vazifasini o'taydi.
Beton klassi 0,95 koeffitsiyent bilan kafolatlangan betonning biror-bir xossasini belgilaydigan ko'rsatkichdir. Betonning muayyan xossasi klass bo'yicha 100 dan 95 holatda kafolatlanishini va faqat 5 holatdagina chekinish bo'lishi mumkinligini bildiradi. Betonlar quyidagi klasslarga bo'linadi: Bl; Bl,5; B2; B2,5; B3,5; B5; B7,5; B10; B12,5; B15; B20; B25; B30; B40; B45; B50; B55; B60.
Betonning klasslari va mustahkamlik bo'yicha markalari nisbati, normativ variatsiya koeffitsiyenti B=13,5 bo'lsa, R = В/0.778 bo'ladi, masalan, BIO klassdagi betonning siqilishidagi mustahkamligi Rsiq=12,85 MPa.
Beton mustahkamligining variatsiya koeffitsiyenti alohida namunalar mustahkamliklarini o'rtacha mustahkamlikka, o'rtacha kvadrat chekinishlarini o'rtacha mustahkamlikka bo'lgan nisbati bilan o'lchanadigan kattalik bo'lib, oddiy betonlar uchun В = 3,5 % deb qabul qilinishi mumkin. Umuman, variatsiya koeffitsiyenti 20% dan oshmasligi shart.

Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish