Birinchi sharti- tavakkalchilikning ijtimoiy foydali maqsadlarga yo`naltirilganligidir. Ya`ni tavakkalchilik shaxsiy maqsadga emas, ijtimoiy foydali natijalarga erishishga qaratilgan bo`lishi kerak. Shaxsiy maqsadlarga yo`naltirilgan tavakkalchilik asosli deb hisoblanmaydi. Bu borada shaxsiy maqsadlarni shaxsiy motivlardan farqlay olish muhim.
Bizga ma`lumki, motiv – u yoki bu qilmish sodir etish istagini tug`diruvchi sabab. Shu sababli shaxsiy motiv ijtimoiy foydali bo`lishi ham mumkin. Masalan, olqishlarga sazovor bo`lish uchun shaxsni o`limdan qutqarish.
Demak, ijtimoiy foydali maqsad – qilmishni kasb yoki xo`jalik faoliyati bilan bog`liq tavakkalchilik sifatida kvalifikatsiya qilish, unga to`g`ri huquqiy baho berish hamda jinoiy javobgarlik masalasini hal qilish uchun muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |