Qarshi muhandislik iqtisodiyot



Download 7,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/168
Sana16.04.2022
Hajmi7,43 Mb.
#557414
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   168
Bog'liq
27.08.2021-2022 STO\'A Ma\'ruza matni

tahlilatorining sxemasi. 


151 
dvigatel РД reoxordning surmasini va asbobning ko‘rsatkich strelkasini a va v 
ko‘prik uchlaridagi shkalada to kuchlanish surmaning reoxorddan oladigan 
kuchlanish bilan muvozanatlashmaganiga qadar suradi. Gaz analizatorining 
ko‘rsatishi ta’minlash manbai kuchlanishining o‘zgarishiga va atrof-muhit 
haroratining o‘zgarishiga bog‘liq emas. 
TP turidagi gaz analizatorlari bir nechta rusumlarda chiqariladi: TP 1120—
binar va ko‘p komponentli gaz aralashmalarida vodorod miqdorini aniqlash uchun; 
TP 7102—havodagi geliy miqdorini aniqlash uchun; TP 4102—havodagi azot va 
geliy miqdorini aniqlash uchun. Tahlil qilinayotgan gaz turi va o‘lchash 
chegaralariga ko‘ra asosiy xatolik ±2,5; ±4,0; ±10% bo‘ladi. Gaz aralashmasining 
hajmiy sarfi 12sm
3
/s, bosim 70—130 kPa. Ko‘rsatishlarni aniqlash vaqti 3 dan 110 
s gacha. Chiqish signallari 0—5 mA; 0—100 mV; 0—10V. 
NAZORAT SAVOLLARI 
1.Gazlarning tarkibini tahlil qilish. 
2. Termokonduktometrik gaz analizatorlarining ishlash prinsipi. 
3.Termokonduktometrik gaz tahlilatorri. 
4.TP turidagi avtomatik gaz tahlilatorining sxemasi. 


152 
31-32-MAVZU.TAHLILNING POTENSIOMETRIK VA SUYUQLIKLARNI 
TAHLIL QILISHNING OPTIKUSULI. 
Reja 
1.
Tahlilning potensiometrik usuli.
 
2.
Suyuqliklarni tahlil qilishning optik usullari.
 
1.Tahlilning potensiometrik usuli. 
Potensiometrik usul 
muayyan indikator elektrodlar hosil qilgan EYK ni 
o‘lchash yo‘li bilan ionlar konsentratsiyasining aniqlashga asoslangan. Bu yerda, 
konsentratsiyani bevosita potensiallari farqini o‘lchash bilan aniqlash mumkin. 
Texnologik jarayonlarda eritma konsentratsiyasi, ko‘pincha, рН ning 
qiymati bo‘yicha o‘lchanadi: agar рН<7 bo‘lsa, kislotali; рН = 7 bo‘lsa, neytral; 
рН>7 bo‘lsa, ishqorli eritma bo‘ladi. 
Avtomatik asboblarda рН ni o‘lchash uchun elektr usuldan foydalaniladi. U 
tekshirilayotgan 
eritmaga 
botirilgan, 
shishadan 
tayyorlangan 
o‘lchash 
elektrodining eritma рН qiymatiga ko‘ra elektrod eritma chegarasida potensiallar 
farqini o‘zgartirishiga asoslangan. Biroq, faqat bitta elektrod va eritma o‘rtasidagi 
potensiallar farqini o‘lchab bo‘lmaydi, chunki o‘lchash asosi ulanganida asbobni 
eritmaga ulaydigan o‘tkazgich bilan eritma orasida ham potensiallar farqi hosil 
bo‘lib, u ham eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Shu 
sababli elektrod potensiallarini o‘lchashda o‘lchash elektrodi bilan bir qatorda 
yordamchi elektroddan ham foydalaniladi, uning potensiali o‘zgarmas bo‘lib, 
eritmaning hossalariga bog‘liq bo‘lmaydi. Yordamchi elektrod sifatida kalomel 
yoki kumush xlorid qoplangan elektrodlar ishlatiladi. 
Har ikki elektrod galvanik element hosil qiladi. Suvli eritmalarga tatbiq 
etiladigan Nernst tenglamasiga ko‘ra bunday galvanik elementining EYK i, agar 
yordamchi elektrodning potensiali nolga teng bo‘lsa, quyidagi ifodadan aniqlanadi: 
Е =-2,3 (RT/F)∙рН, (31.1) 
bu yerda R — universal gaz doimiysi; Т — eritmaning mutloq harorati, 
0
К;Ғ- Faradey soni. 
(31.1) tenglama shuni ko‘rsatadiki, shisha elektrodning EYK eritmaning рН 
miqdoriga va uning haroratiga bog‘liq ekan. Eritmaning harorati o‘zgarmas 
bo‘lganida, shisha elektrodning EYK faqat eritmaning рН miqdori funksiyasidan 
iborat bo‘ladi. Bu tenglamaga R, Т va Ғ ning son qiymatlarini qo‘yib, 20°С uchun 
shisha elektrodning potensiali qiymatini (V hisobida) topamiz. 
Е = -0,0581 ∙рН. (31.2) 


153 
31.1-rasmda tekshirilayotgan eritma 10 ga tushirilgan shisha 1 va kalomel 
elektrodlar 7 dan foydalanilgan holda eritmaning rN miqdorini o‘lchash sxemasi 
ko‘rsatilgan. Ulardan hosil bo‘lgan potensiallar farqi eritmaning rN miqdoriga 
mutanosib bo‘lib, potensiometr 4 bilan o‘lchanadi. Shisha elektrod shisha 
naychadan iborat bo‘lib, uchi elektrod shishasidan yasalgan yupqa devorli (0,1—
0,2 mm) ichi kavak zoldir kavsharlab qo‘yilgan. Zoldirga rN miqdori ma’lum 
bo‘lgan eritma 3 to‘ldirilgan bo‘lib, eritmaga esa kumush xlorid qoplangan 
kontaktli yordamchi elektrod 2 botirilgan, u zoldirning ichki sirtida potensiallar 
farqini olish uchun xizmat qiladi. Shisha elektrodlarning xususiyati shundan 
iboratki, ularning ichki elektr qarshiligi juda katta bo‘lib, 20°С da 100—200 mOm 
ga yetadi. 
Kalomel elektrod 7 dielektrikdan tayyorlangan, ichiga kimyoviy toza simob 
5 to‘ldirilgan bo‘ladi. Uning ustida yomon eriydigan kalomel pastasining qatlami 
6, to‘yintirilgan kaliy xlorid eritmasi 8 joylashtirilgan. Elektr kontakt hosil qilish 
uchun kam o‘tkazadigan to‘siq 9 o‘rnatilgan bo‘lib, u orqali kaliy xlorid asta-sekin 
sizib o‘tadi va bu bilan tekshirilayotgan eritmadan yordamchi elektrodga chet 
ionlar o‘tib qolishining oldini oladi. Shunday qilib, shisha va kalomel 
31.1-rasm. Shisha va kalomel elektrodlari bo‘lgan rN-metrning 

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish