Q. X. Abdurahmonov, Sh. R. Xolmo’minov, N. Q. Zokirova, A. B. Irmatova personalni boshqarish darslik



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/502
Sana16.04.2022
Hajmi2,39 Mb.
#557411
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   502
Bog'liq
Personalni boshqarish

Intizomiy uslublar
noto’g’ri xatti-harakatlar uchun hayfsan e’lon 
qilish, ogohlantirish, imtiyozlardan mahrum etish, ishdan bo’shatish va 
boshqa choralar ko’rishdan iboratdir. Ular barcha muammolarni hal etish 
vazifasini o’tay olmaydi. Jazolangan inson aksariyat hollarda yaxshiroq 
ishlashga emas, balki kelajakda jazolanmaslikka harakat qiladi.
Intizomiy uslublar xodimlar xatti-harakatini tartibga solish uchun 
ularni tanqid etishni ham nazarda tutadi. Ammo hech vaqt tanqid xodim 
shaxsiyatiga tegib ketmasligi kerak.
1. Rahbar mehnat intizomiga rioya qilinishini nazorat qilib borishi 
kerak. Bu nazorat har bir xodimning mas’uliyat hissi va o’z-o’zini nazorat 
qilishini hisobga olgan holda amalga oshirilishi zarur.
2. Ortiqcha jazolamaslik kerak. Ba’zanjazoningjiddiyligi 
rag’batlantirish darajasidan bir necha barobar ko’p bo’ladi. Holbuki, bir 
marta xatoga yo’l qo’ygan inson o’z qobiliyatiga ishonchni yo’qotib 
qo’yishi mumkin.
3. Foydali tanqidni ham ehtiyotkorlik bilan, o’z me’yorda ishlatgan 
ma’qul. Tanqid qilayotganda rahbar vazmin va muloyim bo’lishi kerak.
337
Iqtisodiy
Manaviy rag’batlantirish
Salbiy rag’batlantirishni bartaraf etish
Ish hajmi kengaytirish va mazmuni boyitish
Partisipativ
Intizomiy


4. Rahbar xodimlarni ular ustidan tushgan shikoyatlar to’g’risida 
xabardor qilishi lozim. Bu to’g’ri qarorni birgalikda topishga 
ko’maklashadi.
Maqsadli uslub.
Xodimning xatti-harakati u oldiga qo’ygan 
maqsadlar orqali belgilanadi. Zero, u belgilangan maqsadlarga erishish 
uchun muayyan xatti-harakatlar qiladi. Bugungi kunda, menejerlar 
ma’naviy rag’batlantirish uslublaridan foydalanib, katta samaradorlikka 
erisha oladilar. Ular, shuningdek, maqsadli uslubning tashkiliy jarayondagi 
va insonlar ijodiy faolligini oshirishdagi rolini yaxshi biladilar. Maqsadlar 
diqqat-e’tiborni muayyan jihatlarga yo’naltirilishiga, natijalarni taqqoslash 
uchun me’yorlar bo’lishiga, tashkiliy tizimlar tarkibiy tartibiga ta’sir 
ko’rsatishiga xizmat qiladi. Ular ham personalning. ham korxonaning 
o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi.
Qiyin maqsadlar engillariga qaraganda ko’proq qiziqtirish kuchiga ega 
bo’ladi. Ayni paytda qiyin maqsad inson tomonidan qabul qilingan 
taqdirdagina samaradorlik ortishiga yordam beradi. Inson oldiga qo’ygan 
maqsadga erisha olishiga ishonishi kerak.
Maqsadli uslub tamoyillari quyidagicha:
1. Maqsad va unga erishish vositalari oqilona bo’lishi darkor.
2. Maqsad aniq, ravshan va tushunarli bo’lishi lozim.
3. Maqsad iloji boricha xodimning shaxsiy manfaatlariga mos 
tushishi kerak.
4. Maqsad o’lchana va baholana olishi darkor.
5. Natijalar aniqbo’lishi kerak.
6. Maqsad aniq muddatga mo’ljallanishi lozim.
7. Maqsad qiziqtirish kuchiga ega bo’lishi va unga erishish mumkin 
bo’lishi zarur.
8. Maqsad doimiy nazorat ostida bo’lishi lozim.
9. Xodim o’z korxonasining maqsadlari vajoriy vazifalarini, 
shuningdek, ularni bajarish uchun qo’shadigan o’z hissasi ahamiyatini 
hamisha bilishi kerak.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish