2-ish. Tyurk bo`yicha refleks vaqtini aniqlash
Ishning borishi: Spinal baqa tayyorlanib pastki jagidan shtativ ilmogiga osiladi. 5-7 minut o`tgach, ya'ni baqa spinal shok holatidan chiqkandan So`ng, metronomni minutiga 100 marta uradigan qilib ishga solinadi va baqa orqa oyoq laridan birinchi kislota kuyilgan stakanga solinadi. Oyoq stakanga solingandan boshlab to tortib olguncha metronom urishi sanaladi. Metronomni urish soni refleks vaqti hisoblanadi yoki soat yordamida aniqlash mumkin. Tekshirishni kuchsiz kislotadan boshlab qontsentratsiyani asta-sekin oshirib boriladi - 0,15-0,25-0,5% va 1%. Har bir tekshirishdan keyin 1-2 minut tanaffus qilib, oyokni suv bilan yuvib turish kerak. Refleks vaqtini ta'sirot kuchiga - ya'ni kislota qontsentratsiyasiga boglik ekanligini kursatuvchi jadval tuzing.
Natija va rasm.
Xulosa.
2 - MASHG`ULOT
MAVZU: NERV MARKAZLARINING HOSSALARI.
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar:
Nerv markazlari. Nerv markazlarining hossalari
1-ish. Nerv markazlarida qo`zg`alishlarning qo`shilishi (summatsiyasi)
Tajribaga talamik baqa olinadi (ya'ni bosh miyaning talamik qismi saklangan) orqa oyoklaridan biriga elektrostimulyator elektrodlari qo`yiladi. Ikkita eloktrodni yonma-yon boldirlarning biriga halka shaklida uraladi. Avval past chastotada ta'sirlanadi, keyin esa chastota oshiriladi kuzgolishni yigilishi, ya'ni berilayotgan javob reaktsiyasining kuchayishi kuzatiladi.
Natija va rasm.
Xulosa.
2-ish. Kuzgalishlarni tarkalishi (irradiatsiyasi)
Spinal baqa tayyorlab, ilmoqka osiladi va orqa oyoklaridan birini uchi pintset bilan asta sekin kisiladi va ta'surot kuchi ortirilib boriladi va natijada qolgan oyoklarda ham reflektor reaktsiya kuzatiladi. Bu kuzgalishni tarkala olish kobilyatidan darak beradi.
Natija va rasm.
Xulosa.
3-ish. Ta'sirotdan keyingi faoliyati.
Nerv markazlari uzlarida ta'sirotni izlarini saqlash husisyatiga ega .
Tajriba uchun ishlatiladigan baqa avval sovutiladi (holodil'nikda) saklanadi. So`ngra uni shtativga ilib qo`yiladi. Baqa oyogi kiskich bilan kattik kisiladi. Reflektor reaktsiya kuzatiladi. Oyogi qisib bo`shatilgandan So`ng javob reaktsiyasini dovom etishi kuzatiladi.
Natija va rasm.
Xulosa.
4-ish. Odam kullarida yozuvchi muskullarning tonik reflekslarini tekshirish (A.A.Uhtomskiy bo`yicha).
Ishning borishi: Nerv markazlaridan oz mikdorda kelib turgan impul'slar skelet muskullari tonusini ushlab turadi. Nerv markazlarining asosiy hossalaridan biri ta'sirotdan keyingi holat, ta'sirot tugagandan So`ng ham reflektor aktni davom etishidir.
Tekshiriluvchi kullarini tushirilgan holda devorga yon tomoni bilan turadi. Ko`zini yumgan holda 20 dakika mobaynida ung kulini kaftining orqa tomoni bilan devorga bor kuchi bilan tiraydi. So`ngra tekshiruvchi buyrugi bilan ko`zini ochmagan holda yon tomoniga bir kadam yuradi (siljiydi) va kullarini erkin qo`yib yuboradi muskullar tulik bo`shashsin.
Ung kulini ko`tarilishi necha dakika davom etishi aniqlanadi. Bu del'tasimon muskulni tonik reflektor qisqarishi bilan boglik.
Tahminan kul vertikal buylab necha gradus ko`tarilishi aniqlanadi.
Tajriba ikki marotaba kilinadi: birinchi bor sinash uchun ikkinchi bor esa refleks vaqti (dakikalarda) va kulni ko`tarilishi graduslari aniqlanadi.
Natija va rasm.
Xulosa.
Do'stlaringiz bilan baham: |