286
konlaridagi bir qatlamli ob’ektlar uchun neftlilik chegarasini yoki haydalayotgan suv
frontini markaziy yig’uvchi quduqlar qatoriga bir me’yorda siljitish printsipi qabul
qilinishi mumkin (12.1-rasm).
Haydash quduqlarining suvni bir xilda qabul qila olishligi va chiqarish quduqlari
debitining bir-biriga yaqinligi sababli qayd etilgan geologik sharoitlarda bunday
printsipni amalga oshirish mumkin. Neftlilik chegarasining bir me’yorda siljib
borishi qatlamda neftning eng kam yo’qotilishini ta’minlaydi. Boshqa geologik
sharoitlarda, ya’ni chegaralarning bir me’yorda siljishining imkoniyati bo’lmagan
sharoitda neft ko’p yo’qolishi mumkin.
Bir qatlamli
ob’ektdagi neft qovushqoqligi kam va qatlam har xil jinslardan
tarkib topgan bo’lsa, unga haydalayotgan suv fronti neftlilik chegarasining bir
me’yorda tortilish printsipiga erishib bo’lmaydi. Bunga sabab mahsuldorligi yuqori
va past bo’lgan qatlamlar zonasida joylashgan haydash quduqlarining suv qabul
qilaolishining va chiqarib oluvchi quduqlar debitining turlicha bo’lishidadir. Hamma
quduqlar debitini va ularning qabul qilaolishini bir holatga
keltirish amalga oshirib
bo’lmaydigan vazifa hisoblanadi, chunki kam mahsuldor zonalarda joylashgan
quduqlar debiti va qabul qilaolish qobiliyatini yuqori mahsuldor zonalardagi
quduqlar darajasiga ko’tarish mumkin emas, ammo
ularni yuqori mahsuldor
zonalardagi quduqlarda chegaralab qo’yish, uyumlarning neft beraolishining
umuman kamayishiga va ularni ishlatish muddatining cho’zilib ketishiga olib keladi.
Shuning uchun ham qayd etilgan
geologik sharoitlarda uyumning nisbatan
mahsuldor uchastkasini zudlik bilan ishga
tushirishni
nazarda tutish, uni tartibga solish
printsipidan foydalanish maqsadga muvofiq.
Neftlilik chegarasini (chegara tashqarisiga
yoki chegara ichkarisi suv bostirishda) yoki
haydalayotgan
suv
frontining
(chegara ichkarisiga suv bostirishda)
chegarasini ildam siljitish, birinchi
navbatda
uyumni ishlatishni va
qatlamning
nisbatan
mahsuldor
uchastkalariga suv bostirishni hamda
chegara suvi yoki haydalayotgan suv bilan uyumni «tabiiy» ravishda kesib, alohida
bloklarga bo’lib yuborishni ta’minlaydi (12.2-rasm). Mazkur printsipni amalga
oshirishda haydash quduqlaridan suv haydashni ko’paytirish va yuqori mahsuldor
zonalarda joylashgan quduqlardan suyuqlikni chiqarib olish orqali «tabiiy kesish»
jarayoni jadallashtiriladi. Keyinroq «tabiiy kesish» zonalarida
suvlangan chiqarish
quduqlarining bir qismi haydash quduqlariga aylantiriladi. Buning natijasida
uyumning kam mahsuldor qismlariga kuchli ta’sir etish yo’li bilan zaxiralarni
chiqarib olish sur’ati oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: