O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/144
Sana08.02.2022
Hajmi1,77 Mb.
#435728
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   144
Bog'liq
Ozbekiston tarixi Maruza

26
-noyabrida Qo’qonda o’lka 
musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi chaqirildi. Unda Turkiston o’lkasining 5 
viloyatidan 200 nafardan ziyodroq vakillar ishtirok etdi. Qurultoy ishida “Sho’roi 
Islom”, “Sho’roi Ulamo”, Musulmon harbiylari Sho’rosi, o’lka yahudiylar jamiyati 
namoyandalari ham qatnashdilar. Qurultoyda Turkiston Muxtoriyati tuzildi. Bu 
xususda qabul qilingan qarorda shunday deyiladi: “Turkistonda yashab turgan turli 
millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o’z huquqlarini 
o’zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya 
respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi, shu bilan birga 
muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta’sis majlisiga havola etadi”. Shundan so’ng 
qurultoy “Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik aholi huquqlarining muttasil 
himoya qilinishini tantanali ravishda e’lon qiladi”. 
Yangidan tarkib topayotgan davlat Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan bo’ldi. 
Qurultoyda Turkiston Muxtoriyatining hokimiyat organi - Muvaqqat Kengash tuzildi. 
Muvaqqat Kengash tarkibi 12 kishidan iborat etib belgilandi. Dastlab unga quyidagi 
nomzodlar kiritildi: 
1.
M. Tinishpayev - bosh vazir, ichki ishlar vaziri; (Qozoq taraqqiyparvarlari 
1917-yil-dekabrda 
Orenburgda 
s’ezd 
o’tkazib 
«Alash-O’rda» 
avtonom 
Respublikasini tuzdilar, uning hukumati tarkibiga M.Tinishpayev saylanadi. Shu 
munosabat bilan M.Tinishpayev «Alash O’rda» poytaxti Semipalatinskka ketadi.) 
2.
Islom Shoahmedov - bosh vazir o’rinbosari; 
3.
Mustafo Cho’qayev tashqi ishlar vaziri (keyinroq bosh vazir); 
4.
Ubaydulla Xo’jayev - harbiy vazir; 
5.
Yurali Agayev - yer va suv boyliklari vaziri; 
6.
Obidjon Mahmudov - oziq-ovqat vaziri; 
7.
Abdurahmon O’razayev - ichki ishlar vaziri o’rinbosari; 
8.
Solomon Gertsfeld - moliya vaziri. 


147 
Hukumat tarkibiga yevropalik aholi orasidan yana to’rtta vakil kiritilishi belgilab 
qo’yilgan edi. 
Qurultoyning yana bir katta xizmati, bu uning tomonidan Turkiston Milliy majlisi 
(parlamenti) tuzilganligi bo’ldi. Unga “Sho’roi Ulamo” tashkiloti rahbari Sherali 
Lapin rais etib saylandi. 
Milliy Majlis tarkibiga Muvaqqat Kengash a’zolaridan tashqari o’sha davrning 
atoqli arboblari: T. Norbo’tabekov, S. Sharifxo’jayev, Nosirxonto’ra Komolxonto’ra 
o’g’li, M. Behbudiy, Alixonto’ra Shokirxonto’ra o’g’li, Sobirjon Yusupov, Odiljon 
Umarov singari yurt peshvolari ham saylangan edilar. 
Shunday qilib, o’lkaning mo’’tabar millatparvar zotlaridan iborat milliy 
hokimiyat tashkil etilib, uning zimmasiga ulug’vor vazifalar yuklandi. Eng muhimi, 
Turkiston xalqining erki, mustaqilligini asta-sekin tiklash - bu xalqchil hukumatning 
bosh vazifasi edi. Shu boisdan ham o’lkaning millionlab fuqarolari Turkiston 
Muxtoriyati e’lon qilinganligini katta qoniqish ruhi bilan qarshi oldilar. 1917-yil-
dekabr oyi boshlarida Toshkent, Namangan, Jalolobod, Qo’qon, Samarqand 
shaharlari aholisi mitinglar, namoyishlar uyushtirib, muxtoriyatni qizg’in qo’llab-
quvvatlab chiqdilar. 
Biroq o’lkada o’rnashib olgan va asosiy boshqaruv jilovini qo’lda ushlab turgan 
Turkiston sovet hukumati va uning joylardagi hokimiyat mahkamalari Turkiston 
muxtoriyati va uning tarafdorlarini yo’q qilish yo’lini butun choralar bilan o’tkazib 
bordi. 
1917-yil 13-dekabrida Toshkentda muxtoriyatni yoqlab o’tkazilgan katta mitingni 
zo’rlik bilan tarqatib yuborilishi, bugina emas, unda sovet kuchlari otgan miltiq va 
pulemyotlar sadosi ostida ko’plab qurbonlar berilishi (eski shaharlik 16 kishi otib 
o’ldirilgan edi) - bu Turkiston muxtoriyatiga nisbatan uyushtirilgan dastlabki suiqasd 
edi. 
1917-yil 25-dekabr kuni Qo’qonda o’lka musulmon ishchi, askar va 
dehqonlarining I favqulodda qurultoyi ish boshladi. Unda 200 ga yaqin kishi ishtirok 
etdi. Qurultoy muxtoriyatni har tomonlama quvvatlash, unga moddiy va ma’naviy 
madad ko’rsatish shiori ostida o’tdi. Unda Turkiston Muvaqqat Kengashi tarkibini 
musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlari qurultoyi vakillari hisobiga to’ldirish 
to’g’risida qaror qilindi. Qurultoy o’zining so’nggi ish kuni - 27-dekabrda 
Petrogradga, Xalq Komissarlari Soveti Raisi V.I. Lenin nomiga telegramma yo’lladi. 
Unda Turkiston muxtoriyatini e’tirof etish, Toshkent Xalq Komissarlari Sovetiga 
hokimiyatni Turkiston muxtoriyati Muvaqqat Kengashiga topshirish to’g’risida 
farmoyish berish so’ralgan edi. 
Lenin va uning safdoshlari esa ochiq va yashirin tarzda Toshkentda faoliyat 
yuritayotgan Turkistondagi sovet hukumati oldiga milliy muxtoriyatni tugatishni 
vazifa qilib qo’yganligi hech kimga sir emas. Turkistondagi sovet hokimiyati o’lka 


148 
muxtoriyati faoliyatini cheklash, uni butunlay barham toptirishga qaratilgan xoinona 
yo’l tutdi. Bu manfur maqsadni amalga oshirish uchun sovetlar hokimiyati tasanufida 
bo’lgan hamma vositalar ishga solindi. 1918-yil 19-26-yanvarda bo’lib o’tgan 
Turkiston o’lka sovetlarining IV s’ezdi Turkiston muxtoriyati hukumatini, uning 
a’zolarini qonundan tashqari holatda deb hisobladi va ularning boshliqlarini qamoqqa 
olishga qaror qildi. 
Buning ustiga Turkiston muxtoriyati o’zini o’zi yetarli darajada himoya qila olish 
imkoniyatiga ega bo’lolmadi. Muxtoriyatchilar orasida ko’pgina muhim xayotiy 
masalalarda birlik, hamjihatlik, jipslik mavjud emasdi. Unga moddiy, ma’naviy 
hamda harbiy, moliyaviy madad ko’rsata oladigan real kuchlar va imkoniyatlar yo’q 
edi. 1918-yil 18-fevralda «Ulamo» jamiyati tashabbusi bilan Muxtoriyatda to’ntarish 
sodir etildi. Mustafo Cho’qayev boshchiligidagi hukumat ag’darildi. Hukumat 
boshqaruvi Qo’qon shahar militsiyasi boshlig’i Kichik Ergashga o’tadi. 
Turkiston sovet hukumati 1918-yil 14-fevralida Farg’ona viloyati hududida 
favqulodda harbiy holat joriy etdi. Uning Qo’qondagi mahalliy hokimiyati - ishchi va 
askar deputatlari soveti 17-fevralda muxtoriyat vakillarini taslim bo’lishga da’vat 
qildi. Ayni vaqtda Toshkentdan Perefilev boshchiligida qurollangan ko’p sonli qizil 
qo’shin olib kelindi va ular darhol ishga solindi. Qo’qondagi ashaddiy millatchi 
arman dashnoqlari ham bu bosqinga jalb qilindi. (

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish