98
mag‘lubiyatga uchratgan edi. Ayni paytda, u mamlakat ichkarisidagi o‘zaro kurash va
tarqoqlikka barham berdi.
Ubaydullaxon vafot etgach esa ichki ziddiyatlar yana kuchaydi. Hokimiyat uchun
qattiq kurashlar boshlandi. Shayboniyxon avlodlarining har biri toj-taxtga da’vogar
edilar. Ularning har biri o‘z ota merosi bo‘lgan hududlarda mustaqillikka intilar,
imkoni bo‘lsa, xonlik taxtini egallash ishtiyoqida edilar.
Buning natijasida, Ko‘chkunchixonning o‘g‘li Abdullaxon
I ning qisqa vaqt
hukmdorligidan so‘ng mamlakatda qo‘shhokimiyatchilik vujudga keldi. Ya’ni bir
davlatda ikki hukmdor paydo bo‘ldi.
Biri – Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon Buxoroda, ikkinchisi –
Ko‘chkunchixonning o‘g‘li Abdulatifxon Samarqandda hukmdorlik qila boshladilar.
Mamlakat bir necha mustaqil hokimliklarga bo‘linib ketdi.
Mamlakatdagi parokandalikka chek qo‘yish uchun markaziy hokimiyatni yana
tiklash va kuchaytirish zarur edi. Bu zaruriyatni urushlarsiz amalga oshirib bo‘lmas
edi. Ana shunday sharoitda kurash maydoniga Miyonqol hokimi Iskandar Sultonning
o‘g‘li
Abdullaxon II
(1534-1598) chiqdi.
1556-yili Muhammad Islomning ko‘magida Abdullaxon II Buxoro taxtini
egallaydi. To‘g’ri, 1557-1561-yillarda amakisi
Pirmuhammadxon
, 1561-1583-
yillarda otasi
Iskandarxon
oliy xukmdor deb e’lon qilingan bo‘lsada, amalda
xukmdor Abdullaxon II edi.
Abdullaxon II siyosiy tarqoqlikka qarshi uzoq yillar urush olib borib, 1573-yilda
Farg’onani, 1574-yilda Shahrisabz, Qarshi,
Hisor viloyatlarini, 1578-yilda
Samarqandni, 1582-yilda Toshkent, Shohruhiya, Ohangaron va Sayramni, 1583-yilda
Balxni, 1584-yilda Badaxshonni, 1588-yilda Hirotni, 1595-yilda Xorazmni zabt etib,
mamlakatni birlashtirish ishini uddaladi. Uning davlati sarhadlari janubda Hirotdan
Mashhadgacha, shimolda Orol dengizigacha, Kaspiy dengizidan Issiqko‘lgacha yetdi.
Butun Movarounnahr, Xorazm va Xuroson yana yagona hukmdor qo‘li ostida
birlashtirildi. XVI asr oxirlariga kelib Buxoro xonligi nisbatan
markazlashgan ulkan
davlatga aylandi.
Rossiyada bu davlatga nisbatan „Velikaya Buxariya “ (Buyuk Buxoro) iborasi
qo‘llangan edi.
Shunday qilib, XVI asrdagi davlatchiligimiz tarixida yetakchi sulola –
shayboniylar sulolasi bo‘ldi. Sulolaning eng qudratli vakili Abdullaxon II davrida esa
o‘zbek davlatchiligi o‘z tarixida yana bir bor yuksak darajaga ko‘tarila oldi.
Abdullaxon II 1598-yilda vafot etgach, taxtni uning o‘g‘li
Abdulmo‘min
(1598-
1599) egalladi. Biroq ko‘p o‘tmay Abdulmo‘min fitnachilar tomonidan o‘ldirildi.
Taxt uchun kurash yakunida Abdullaxon II ning amakivachchasi
Pirmuhammad
(1599-1601) taxtga o‘tqazildi.
99
Ichki nizolar tufayli Buxoro xonligida sodir bo‘lgan og‘ir vaziyatdan foydalangan
Eron hukmdori
shoh Abbos bostirib kirib, Nishopur, Sabzavor, Mashhad, Hirotni
egallaydi. Xorazm
esa xonlik tasarrufidan chiqib, davlat mustaqilligini tiklab oldi.
Ayni paytda, qozoq xoni Tavakkal Movarounnahrga qo‘shin tortib, Axsi, Andijon,
Toshkent, Samarqandni egallab, Buxoroga yurish qildi. Pirmuhammadxon qo‘shini
1599-yilda Tavakkal qo‘shinini tor-mor keltirdi va Movarounnahr hududini ozod
etdi. Qozoqlar qo‘shini Dashti Qipchoqqa chekindi.
Pirmuhammad Buxoro xonligini yana ikki yilcha idora qildi. 1601-yilda
Pirmuhammad va kelib chiqishi ashtarxoniylardan bo‘lgan Boqi Muhammad
o‘rtasida qonli to‘qnashuv yuz beradi. Mag‘lub bo‘lgan Pirmuhammad o‘ldirildi.
Shunday qilib Abdullaxon II vafotidan atigi 3 yil o‘tgach
bir asr davom etgan
shayboniylar sulolasi hukmronligi barham topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: