88
yarog‘lar olib kirishga urinishlar ehtimoli kuchayib borayotgani ham ma’lum tahdidlarni
yuzaga keltirmoqda», — deya davom ettirdi DXX rahbari.
Ixtiyor Abdullayev turli separatistik kuchlarning faollashuvi, ularning ba’zi chet
el maxsus xizmatlari tomonidan moliyalashtirilayotgani, erkin e’tiqod uchun yaratilgan
sharoitlar, diniy sohada berilgan erkinliklarni ayrim fuqarolarimiz tomonidan noto‘g‘ri
talqin qilinayotgani oqibatida diniy aqidaparastlikning kuchayib borayotganini ta’kidlab
o‘tdi.
«Xabarlaringiz bor, ayrim hududlarda ayrim fuqarolarimiz
tomonidan salafiylik diniy
harakati oqimiga kirib qolayotgani, soqol qo‘yishni o‘zga odat qilib olish holatlarining
ko‘payishi, shu bilan birga ayrim fuqarolarimiz tomonidan farzandlarini turli xujralarda
o‘qitayotganlik holatlari aniqlanayotgani, bundan tashqari, shunday holatlar ham
aniqlanayaptiki, ayrim fuqarolarimiz o‘rta ta’lim
maktablar, litseylar rahbariyatiga
bevosita murojaat qilib, farzandlarini, ya’ni o‘g‘il bolalar va qizlarni alohida o‘qitish
uchun sharoit yaratish to‘g‘risida talablar qo‘yayotgani, bu —
fuqarolarimizni
yaratilayotgan sharoitlarni noto‘g‘ri talqin qilayotgani holatlari vujudga kelayotganidan
dalolat beradi», — dedi u.
O‘zini siyosiy muxolifat deb ataydigan buzg‘unchi siyosiy kuchlarning faollashuvi
kuzatilmoqda, dedi Davlat xavfsizlik xizmati rahbari.
«Bizda ma’lumotlar bor, internet tarmoqlarida ham „Birlik“, „Erk“ nodavlat siyosiy
muxolifat vakillarining partiya tashkil etish bo‘yicha Adliya vazirligiga murojaat
etishgan. Ularning eng asosiy rejasi bugun o‘zining faoliyatini qonuniylashtirish, ertaga
esa mamlakatimizdagi tinchlikni izdan chiqarish», — dedi Ixtiyor Abdullayev.
Davlat xavfsizlik xizmati raisi boshqa respublikalarda faoliyat ko‘rsatayotgan
o‘zbekistonlik
mehnat migrantlari, ularning maxsus xizmatlar va diniy ekstremistik
guruhlar tomonidan o‘z rejalarini amalga oshirishga jalb etilayotgani masalasiga ham
to‘xtalib o‘tdi.
Ixtiyor Abdullayev qator mamlakatlarda «rangli inqiloblar"ni amalga oshirgan xalqaro
tashkilotlarning qo‘shni mamlakatlardagi faoliyatining faollashuvi
masalasiga diqqat
qaratdi.
«Xorijiy hamkorlar tomonidan O‘zbekiston uchun zararli va foydasiz investitsion
loyihalarni o‘tkazishga harakatlar ham e’tiborimizdan chetda qolmasligi kerak, chunki
bu kelgusida iqtisodiyotimizga juda katta zarar keltirish ehtimoli bor», — dedi u.
Shu va yana bir qator jiddiy tahdidlar Davlat xavfsizlik
xizmati tizimini tubdan
takomillashtirishni talab etdi, deya ta’kidladi Ixtiyor Abdullayev.
«25 yil davomida mazkur idora faoliyati qonun darajasida tartibga solinmadi. Bu esa o‘z
navbatida yetarli muammolarni keltirib chiqardi», — dedi u.
Yangi qonun bilan Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekistonning konstitutsion tuzumi,
suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ
etib
belgilandi
. DXX bevosita mamlakat prezidentiga bo‘ysunadi va hisob beradi.
2015 yildan O‘zbekiston bosh prokurori lavozimida ishlab kelgan Ixtiyor Abdullayev
yanvar oxirida Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib
tayinlandi
. Mart o‘rtasida
prezident
Shavkat Mirziyoyev Milliy xavfsizlik xizmatini Davlat xavfsizlik xizmati etib qayta
tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni
imzoladi
.
Do'stlaringiz bilan baham: