O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/123
Sana19.11.2022
Hajmi1,67 Mb.
#868785
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   123
Bog'liq
UMK media

Birinchidan,
diniy qarashlar o‘rtasidagi bo‘linishning kelib chiqishi.
Umuman, har qanday dinda bo‘linish sabablari o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turli
jarayonlar ta’sirida paydo bo‘ladi. Masalan, diniy aqidalarning barqarorligi yoki
kam o‘zgaruvchanligi sababli diniy aqida va jamiyatdagi ijtimoiy taraqqiyot
(inson dunyoqarashidagi o‘zgarish) o‘rtasidagi tafovut sabab bo‘lmoqda. Bundan
tashqari, diniy ta’limotning turli millatlar va elatlarning madaniyati, urf-odatlari
va an’analariga moslashishi natijasida diniy ta’limotga bo‘lgan munosabat
jarayonida ham bo‘linish yuzaga keladi. Natijada turli-xil kuchlar o‘rtasidagi
manfaatlar tuqnashuvi yuzaga kelib, jamiyatning faol sub’yekti hisoblangan inson
va uning qalbi zarar ko‘radi.
Ikkinchidan,
diniy e’tiqodning siyosiylashuvi. O‘rta Osiyo arxiyepiskopi
Vladimir shunday degan edi: «Din – samoviy ishdir, siyosat – dunyoviy ishdir,
din peshvolarining siyosatga aralashishlari kerak emas, ular ta’lim-tarbiya
berishlari lozim» Afsuski o‘z vakolati va darajasidan foydalanib, din sofligiga
rahna solinishiga sababchi bo‘layotgan «peshvolar» ham topilmoqdaki, ularning
faoliyati jamiyat va inson tadrijiyligiga faqat va faqat zarar keltirmoqda. Natijada
ular orasidan еtishib chiqqan ayrim еtakchilar fikricha dinning siyosat va
siyosiy hayotga betarafligi butunlay nojoizdir, ijtimoiy taraqqiyotga xizmat
qiladigan diniy mafkurani ishlab chiqish, ijtimoiy hayotda din ustuvorligini
ta’minlash eng to‘g‘ri yo‘ldir. Ming afsuski bunday qarashlar tarafdorlari hozirgi
davrda turli yo‘nalishlardan inson ongiga ta’sir etib, nafaqat inson, balki jamiyat
taraqqiyotiga ham jiddiy tahdid solmoqda.
Uchinchidan
, din bayrog‘i ostida iqtisodiy imkoniyatlarni ochishga harakat
qilish. Aslida dinning bo‘linishi ham siyosiylashuvi ham iqtisodiy imkoniyatlar
bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, jahon dini hisoblangan buddaviylik
ta’limoti jamiyatning kastalarga bo‘linishini inkor etadi. Ammo Hindistondagi
ijtimoiy muhit (insonlar o‘rtasidagi tabiiy tabaqalanish) kastalarga bo‘linishni
saqlab qoldi, buning natijasida buddaviylik davrida ham tabaqalanish o‘z kuchida
qoldi. Mantiqan o‘ylab qarasak, bu jarayonda ham bitta asosiy sabab mavjud edi,
ya’ni iqtisodiy manfaatning ustuvorligi. Hind mutafakkiri M. Gandi ham diniy
qoida va an’analarga sodiq qolgan holda diniy aqidaparastlik va ekstremizmga
qarshi kurash olib borgan. Jamiyatning kastalarga bo‘linishini va ular o‘rtasidagi
tengsizlikni qoralagan. Xotin-qizlarning tengligi va ularning haq-huquqi uchun


85 
kurashgan, ammo jamiyatdagi tabaqalanishni tugata olmadi.
Xristianlik dini tarkibida katolik, pravoslav, protestantlik yo‘nalishlarini
paydo bo‘lishida nima sabab bo‘ldi! iqtisodiy manfaat va tafovutdan boshqa
sabablar ikkinchi darajali hisoblanadi. Tarixiy fakt: o‘rta asrlarda aholi
daromadning o‘ndan bir qismini soliq shaklida cherkovga to‘lagan. Ruhoniylar
tushumlarni ko‘paytirish maqsadida xizmat to‘lovlari miqdorini oshirib borish
bilan birga mansabni suiste’mol qilish, tamagirlik, poraxo‘rlik kabi
vositalardan foydalanar edilar. Birgina misol, indulgensiyalar (lotincha
ihduigehtia – rahm-shafqat degan ma’noni anglatadi) joriy qilib, uni sotishni
keng yo‘lga qo‘yish asnosida katta iqtisod qilganlar.
Islom dinidagi ilk bo‘linish ham moddiy manfaatdorlikdan boshqa narsa
emas. Xususan, VII asrning o‘rtalarida turli guruhlarning siyosiy hokimiyat uchun
o‘zaro kurashlari natijasida paydo bo‘lgan bo‘linish zamirida ma’naviy
barkamollikni saqlab qolish emas balki, hukmronlikka erishish asnosida iqtisod
qilish yotganligi oddiy haqiqat.
To‘rtinchidan, diniy e’tiqoddagi uzilish va sun’iy tarzda yondashuvning avj
olishi. Tarixdan bizga ma’lumki, Sharq mamlakatlarida so‘ngi ming yillik
mustamlakachilik siyosati ta’sirida o‘tdi. Buning natijasida insonlar e’tiqodida tom
ma’nodagi еmirilish yuzaga keldi. Xususan, XX asrda dunyoning ikki tizimga
bo‘linishi tufayli yuqoridagi muammolar (diniy e’tiqoddagi bo‘linish, turli
manfaatlarni siyosiy-iqtisodiy tus olishi) bir oz (vaqtinchalik) ortga surildi.
Ammo XX asrning oxirida kommunistik tuzum va mafkuraning mag‘lubiyati
sababli oldingi muammolar yana qalqib chiqa boshladi. Ya’ni industrial
davlatlar bilan rivojlanayotgan va qoloq davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarning
avj olishi natijasida mazkur muammolar turli ko‘rinishlarda, xususan din sohasida
o‘ta keskin tus oldi. Buning oqibatida hech bir diniy qarashlarga to‘g‘ri
kelmaydigan qarashlar (guruhlar)ni yuzaga kelishida zamin yaratildi. Bular
qatoriga diniy ekstremizm, ekstremistik ruhdagi diniy oqimlar o‘ta jangarilik,
murosasizlik g‘oyalari bilan qurollangan, dunyoviy g‘oyalar va dindagi
modernistik yo‘nalish tarafdorlarini ta’qib etuvchi, hatto terrorchilik vositasida
jismonan yo‘q qilishgacha boruvchi ashaddiy 
Din – jamiyatdagi shaxs munosabatlarini tartibga solib turuvchi, inson ichki 
dunyosini shakllantirishning eng ta’sirchan vositalaridan biri hisoblanadi. Ammo, 
bugungi kunda ijtimoiy ong shakli hisoblangan bu tushunchadan turli maqsadlar yo‘lida 
foydalanish ortib bormoqdaki, natijada inson omiliga qarshi kurashda din birlamchi 
vosita bo‘lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda diniy tahdid bu – diniy g‘oya 
va mafkuralar bilan niqoblangan yovuz niyatli kuchlar o‘rtasidagi manfaatlar tuqnashuvi 
demakdir. Bu jarayonda asosiy ob’yekt inson ongi hisoblanib, unga ta’sir etish 
yo‘nalishlari turli tumandir. Bugungi kunda dunyoda mohiyati va udumlar shakliga ko‘ra 
turli ko‘rinishdagi diniy qarashlar mavjud bo‘lib, ularning umumiy soni ikki yuzga 
yaqindir. Ular bir xudoli va ko‘p xudoli, urug‘-qabilaviy, milliy va jahon dinlari bo‘lishi
mumkin. Ammo asosiy masala, ularning sonida emas balki e’tiqodiy bo‘linishida bo‘lib 
qolmoqda.
Aynan mana shu bo‘linish sabab turli-xil ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar yuzaga 
kelib, inson ruhiyatiga sokinlik, xotirjamlik, ma’naviy madad berish uchun asrlar osha 
shakllanib kelgan «din» – azob beruvchi, ma’naviy qashshoqlik sari harakatlantiruvchi 


86 
vosita bo‘lib qolmoqda. Savol: insonni ma’naviy kamolot sari еtaklovchi, uning qalbida 
yaxshi va yomon (savob va gunoh, halol va harom) tushunchalarini uyg‘otish uchun asrlar 
osha shakllanib kelgan bu fenomenga nisbatan bunday (salbiy) tamg‘alarning bosilishiga 
kim yoki nima sabab bo‘lmoqda? Albatta javoblar turli tuman bo‘lishi tabiiy, ammo 
quyida asosiy sabablarni keltirib o‘tamiz: 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish