O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

aralash 
leksemasi sememasi 
ochilayotganda, u 
qorishiq, omuxtа 
leksemalari 
qurshovida 
o‗rganiladi. 
Axloq 
leksemasi sememasini 
tаrbiya, odob, аdаb, xulq, 
xulq-аtvor, yurish-turish 
va boshqa leksema sememalarisiz aniqlab 
bo‗lmaydi. 
Tilshunoslikda sememaga munosabatda ikki yo‗nalishni farqlash 
lozim: 
a)
ichdan yondashuv (ya‘ni, sememadan leksemaga); 
b)
sirtdan yondashuv (ya‘ni, leksemadan sememaga). 
O‗zbek tilshunosligida semema va tushuncha munosabati turlicha 
talqin qilinadi. Masalan, ayrim mutaxassislar semema, ko‗pincha, 
ongimizdagi ma‘lum bir tushuncha bilan bog‗liq bo‗ladi, deb 
hisoblaydi. Tushuncha ong, mantiq birligi, semema esa, tilga, 
leksemaga xos birlik. Кo‗p holda bir semema bir necha tushunchani 
o‗z ichiga oladi. Jumladan, 
o„rik 
leksemasining sememasi quyidagi 
tushunchalarda namoyon bo‗ladi: 
a)
ho‗l mevaning bir turi; 
b)
shu mevaning quritilgani; 
d) 
shu mevani beradigan daraxt. 
Shunga ko‗ra, tushuncha va semema o‗zaro hamma vaqt ham mos 
kelavermaydi. Bu hodisa, ayniqsa, ma‘nodosh leksemalarda yaqqol 
ko‗zga tashlanadi. Кo‗rinadiki, lingvistik belgilardagi asimmetriya 
hodisasi semema va tushuncha munosabatida ham ko‗rinadi. Buni 
chizmada quyidagicha berish mumkin (18-jadval): 
18-jadval 
 
SEMEMA 
tushuncha 
tushuncha 
tushuncha 
 
TUSHUNCHA 
semema 
semema 
semema 


99 
Semema har doim ongdagi tushuncha bilan bog‗langan. Semema 

tushunchaning ifodasi. Biroq yordamchi leksema sememalarida 
tushuncha bilan bog‗lanish yo‗q. Chunki yordamchi leksema 
qo‗shimcha va leksema ziddiyatida oraliq uchinchi vazifasini o‗taydi. 
Yordamchi leksemalar shaklan leksema, mazmuni (vazifasi), 
sememasiga ko‗ra esa qo‗shimchadir
1

Mustaqil leksema, yordamchi leksema va grammatik qo‗shimcha 
munosabatini chizmada quyidagicha berish mumkin (19-jadval): 
19-jadval 
mustaqil 
leksema 
nomustaqil 
leksema 
grammatik 
qo‗shimcha 
semema 
nomema 
grammatik 
ma‘no 
grammema 
 
Tilshunos Sh.Rahmatullayev sememaga ega birliknigina leksema 
sifatida baholaydi: «Biz analiz yo‗liga, ya‘ni nutqdan tilga borish 
yo‗liga o‗rganib ketganmiz. Albatta, konkret birlikdan (so‗zformadan) 
abstrakt birliklarga (so‗zformani tarkib toptiruvchi birliklarga) borish 
oson ko‗chadi. Shu yo‗l bilan borib, so‗zforma tarkibida leksik ma‘no 
anglatuvchi qismni ajratamiz va uni leksema deb nomlaymiz. Asli 
leksik ma‘no anglatuvchi til birligiga 
leksema 
deyiladi». 
Demak, olim leksema talqiniga ichdan (ma‘nodan) kelib chiqqan 
holda munosabatda bo‗lganligi tufayli nomustaqil birlikni leksema 
sifatida qarashni ma‘qul ko‗rmaydi. 
Bunda shakl emas, balki ma‘no (semema) yetakchilik qiladi. 
Кo‗rinadiki, mustaqil va nomustaqil birliklarga bir xil o‗lchov 
(mezon) bilan munosabatda bo‗lish ular tabiatini xiralashtiradi. 
Chunki yordamchi leksema ma‘nosi bilan qo‗shimchaga yaqinlashsa, 
nomemaga egaligi asosida leksema bilan uyg‗unlashadi. Bundan kelib 
chiqqan holda aytish mumkinki, ma‘lum bir hodisa, masalan, leksema 
ta‘riflanar ekan, ta‘rif ta‘riflanayotgan hodisani to‗liq qamrab 
olmasligini e‘tiborga olish lozim. 
Dialektikada ham hodisalarga berilgan har qanday ta‘rif mutlaq 
bo‗lmasligi, unda, baribir, ayrim hodisa «ta‘rifga sig‗may qolishi» 
ta‘kidlanadi. Demak, leksema «o‗zida tayyorlik, majburiylik, 

Ne‘matov H., Rasulov R.. O‗zbek tilining system leksikologiyasi asoslari. –Toshkent, 
1995.–57-bet. 


100 
takrorlanuvchanlik, ijtimoiylik xususiyatlarini mujassamlashtirgan, 
shakl va denotativ ma‘no birligidan iborat mustaqil anglanish va 
qo‗llanish tabiatiga ega bo‗lgan lisoniy birlik» deb ta‘riflanar ekan, bu 
ta‘rifning barcha leksema uchun birday amal qilmasligini ta‘kidlash 
lozim. Chunki denotativ xususiyatga ega bo‗lmagan yordamchi 
leksema ta‘rifdan chetda qoladi. Tushunchaga asoslanmagan 
leksemaning mazmun tomoni grammatik ma‘no bo‗lsa, denotativ 
tabiatli leksemalarning mazmun tomoni – semema. 
Bir necha tushunchani o‗zida mujassamlashtirgan leksemaning 
mazmun mundarijasi murakkab tabiatliligi bilan xarakterlanadi. 
Har qanday lisoniy birlik serqirra mohiyatli bo‗lib, bu uning 
kamida ikki paradigmaga kirishini ta‘minlaydi. Leksema birdan ortiq 
tushunchani qamrab olgan ekan, bunda uning serqirraligi yanada 
«kuchayadi». Masalan, 
uzum

o„rik 
leksemasi o‗zida bir necha 
tushunchani saqlar ekan, bu bilan u kamida ikki lug‗aviy paradigmaga 
kiradi (20-jadval): 
20-jadval 
uzum 
uzum 
tok 
o„rik 
zardoli 
turshak 
 
Birinchi paradigmada 
uzum 
leksemasi bir denotati asosida meva 
va boshqa bir denotati asosida esa daraxt nomini ifodalovchi ot- 
leksema bilan uyadoshlik qatori hosil qilsa, ikkinchi paradigmada 
o„rik 
leksemasi bir ma‘nosi bilan 
zardoli
, ikkinchi ma‘nosi asosida 
turshak 
leksemasi bilan ma‘nodoshlik munosabatida bo‗ladi. 
Leksema tarkibida birdan ortiq tushuncha mujassamlashganda 
leksema turli sintagmatik qurshovga kiradi. Masalan, yuqorida tilga 
olingan olma leksemasida ikkita («meva», «daraxt») tushuncha 
mavjud bo‗lib, u har bir ifodalagan tushunchasi asosida ham boshqa- 
boshqa, ham umumiy qurshovga ega bo‗lishi mumkin. 
Olmani kesdik 
sintaktik qurshovida 
olma 
qaysi tushuncha, 
denotatni anglatayotganligi muayyanlashmaydi. Biroq 
olmani ekdik, 
olmani 
yedik 
sintagmatik 
qurshovida 
atalayotgan 
denotat 
farqlanayotganligi sezilib turadi (birinchi qurshovda «daraxt», 
ikkinchisida «ho‗l meva»). Кo‗rinadiki, leksema birdan ortiq 


101 
tushunchani ifodalaganda har bir tushunchaga mos sintagmatik 
qurshov mavjudligi ham anglashiladi. 
Bular esa semema leksema lisoniy mohiyatining alohida 
sinonimik va sintagmatik qurshovga ega bo‗lgan turidir, degan 
xulosaga olib keladi. 
Demak, leksema birdan ortiq tushunchani ifodalaganda har bir 
tushuncha uchun alohida-alohida semema to‗g‗ri keladi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish