Jahongir keldi va men shu
ondayoq ketdim
gapidan ajralib turadi.
Demak, qo‗shma gap grammatik shakllangan va birdan ortiq
axborotni tashish uchun mo‗ljallangan nisbiy mustaqil sodda gapning
grammatik, semantik, intonatsion va kommunikativ jihatdan
yaxlitlangan butunligidir.
Qo‗shma gap tarkibidagi sodda gap alohida olingan sodda gapdan
nisbatan mustaqil emasligi bilan ajralib turadi. Avvalo, bu –
grammatik va intonatsion nomustaqillik.
Bahor keldi, shuning uchun
dala ishlari qizib ketdi
qurilmasiga ergash gapli qo‗shma gap tusini
bergan jihat mazmuniy va grammatik taqozo etish va birdan ortiq
axborot mavjudligi. Birinchi gapdagi mazmun ikkinchi gapdagi
mazmun uchun sabab maqomida. Biroq bunday mazmuniy zich
435
bog‗lanishsiz ham qo‗shma gap hosil bo‗lishi mumkin.
Osmonda
turnalarning «qurey-qurey»i eshitilardi, uzoqlardan cho„ponlarning
hay-haylagani quloqqa chalinardi.
Ikkinchidan,
shuning uchun
bog‗lovchisi qo‗shma gap a‘zolarini grammatik jihatdan zich
munosabatga kiritgan (Biroq bu bog‗lovchisiz ham qo‗shma gap hosil
qilish mumkin:
Bahor keldi, dala ishlari qizib ketdi
.) Ammo sodda
gaplar orasidagi intonatsion uzilish qo‗shma gapni sodda gapga
parchalab yuborishi mumkin:
Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari
qizib ketdi – Bahor keldi. Shuning uchun dala ishlari qizib ketdi.
Demak, ma‘lum bo‗ladiki, qo‗shma gap tarkibidagi sodda gapning
o‗zaro zichlashuvi mazmun, grammatik shakl va intonatsiya nuqtayi
nazaridan bo‗ladi. Ammo bu omillar darajali ziddiyatda turadi:
intonatsiya – grammatik shakl – mazmun
Chunki mazmuniy bog‗liqlik va grammatik shakl mavjud bo‗lsa
ham, birlashtiruvchi intonatsiya bo‗lmasa, ayrim gaplar qo‗shma
gapni tashkil eta olmaydi. Ammo mazmuniy bog‗liqlik va grammatik
aloqa bo‗lmasa ham, intonatsiya asosida qo‗shma gap hosil qilish
mumkin (bog‗lovchisiz qo‗shma gap). Sodda gaplar asosida ajratuvchi
pauza bo‗lganda, qo‗shma gapning yaxlitligiga putur yetadi. Masalan,
Men sen bilan bormoqchi edim. Biroq sen qarshilik qilmasliging
kerak.
Gaplar orasida qo‗shma gapning barcha belgilari mavjud.
Birgina birlashtiruvchi ohangning yo‗qligi sodda gaplarning mustaqil
bo‗lishiga olib kelgan.
Qo‗shma gapni uyushiq kesimli sodda gapdan, sodda va qo‗shma
gap orasidagi uyushgan gapdan farqlash lozim. Uyushiq kesimli
sodda gap egasi bitta, bitta umumiy [Pm]ga ega bo‗lgan birdan ortiq
kesimdan tashkil topgan gap. Misollar: 1.
Jamshid o„qir, yozar va
chizar edi.
2.
Do„kondorlar do„konlarini ochib, mudrab o„tirishardi.
3.
Qushlar tinimsiz chug„urlashar va charx urishar edi.
Uyushgan gap
esa, aytilganidek, birdan ortiq egaga, shuningdek, bitta umumiy
[
Pm
]li birdan ortiq kesimga ega bo‗lgan gap. Misollar: 1
. Bahor kelar,
dala ishlari qizib ketar edi.
2.
Jamshid o„qir, Jahongir yozar, Isroil
esa chizar edi.
3.
Do„kondorlar savdoga chorlab, attorlar esa
mollarini maqtab o„tirishardi.
Qo‗shma gap esa har biri o‗z [
Pm
]ga ega bo‗lgan birdan ortiq
kesimdan tashkil topadi: 1
.Jamshid o„qirdi, Jahongir yozardi, Isroil
esa chizardi.
436
Substansial yondashuvda bir egali, lekin birdan ortiq kesimli gap
ham qo‗shma gap sifatida qaraladi. Chunki har bir kesimda shaxs-
son, zamon, tasdiq-inkor, modallik (kesimlik) ma‘nolari birdan ortiq
shakl bilan ifodalanadi. Bu esa semantik nuqtayi nazardan ularning
har birida alohida axborot mavjudligidan dalolat beradi.
Qo‗shma gap tarkibiga kiruvchi sodda gap orasida teng yoki tobe
sintaktik aloqa mavjud bo‗ladi. Agar u teng bog‗lovchi yordamida
amalga oshirilgan bo‗lsa, tenglanish deyiladi: 1. O‗
g„lim keldi va
to„yni boshlab yubordik.
2.
Bahor keldi va dala ishlari qizib ketdi.
To‗g‗ri, bu gaplar orasida sabab-oqibat aloqasi mavjud va ularni
mazmunan tobe-hokim gaplarga kiritish mumkin. Biroq gaplarda
mazmunan tobelik, shaklan tenglik mavjud bo‗lganda, formal
yondashuv gaplarni teng munosabatli qo‗shma gap sifatida qaraydi.
Shu boisdan bog‗lovchili qo‗shma gap bog‗lovchining tabiatiga
ko‗ra, bog‗langan qo‗shma gap va ergash gapli qo‗shma gapga
ajraladi.
Sodda gapdagi tenglanish va tobelanish qo‗shma gaplardagi
tenglashish va tobelanishdan farq qiladi. Bu quyidagilarda ko‗rinadi:
1)
sodda gapda teng va tobe aloqa turli qurilmalarni vujudga
keltiradi. Aniqrog‗i, teng aloqa uyushiq bo‗laklarni o‗zaro bog‗laydi:
1
. Yashil o„rmonlar va qorli tog„lardan o„tdik.
2.
Javohir o„qir va
yozar edi.
So‗z birikmalarini faqat tobe aloqa vujudga keltiradi:
k
itobning varag„i, kitobni o„qimoq
kabi. Qo‗shma gapda esa teng va
tobe aloqa bitta lisoniy birlik – qo‗shma gapning turli ko‗rinishi uchun
xizmat qiladi.
Tobe va teng bog‗lovchi vosita bir xil semantik munosabatni ifoda
etishi mumkin. Faqat ularda ushbu ma‘no kuchli yoki kuchsizligi bilan
farqlanadi:
Bahor keldi va dala ishlari qizib ketdi – Bahor keldi,
shuning uchun dala ishlari qizib ketdi.
Har ikkala qo‗shma gap
a‘zolari orasida ham sabab-oqibat munosabati mavjud. Gaplarning
ikkinchisida
u
kuchli,
birinchisida
kuchsiz.
Gaplarning
propozitsiyasida bu munosabat bir xil, faqat
va
bog‗lovchisi buni
kuchsiz,
shuning uchun
bog‗lovchisi kuchli namoyon qilgan;
2)
sodda gapdagi teng bog‗lanish qo‗shma gapdagi teng
bog‗lanishga nisbatan mustaqil. Chunki sodda gapda teng bog‗lanish
uyushiqlik bilan «yo‗ldosh». U sodda gapni kengaytirish vazifasini
bajarsa, qo‗shma gapda tarkibiy qismlarni bir yaxlitlikka birlashtirish
vazifasini bajaradi;
437
3)
tenglanish va tobelanish aloqasi ifodalaydigan ma‘noviy
munosabati jihatidan sodda va qo‗shma gap farqlanadi. Sodda gapda
bog‗lovchisizlik, asosan, tenglanish munosabatini ifodalaydi va
uyushiq bo‗laklarda yuz beradi. So‗z birikmasi tarkibidagi grammatik
vositali tobelanishni bog‗lovchisizlik, vositasizlikka almashtirib
bo‗lmaydi. Qo‗shma gapda esa ergash gapli qo‗shma gap tarkibidagi
sodda gaplarni ham, bog‗langan qo‗shma gap tarkibidagi sodda
gaplarni ham bog‗lovchisiz gapga aylantirish mumkin. Uning aloqa
turi bog‗lovchisiz aloqadir.
1. Botirlari kanal qazadi, shoirlari g„azal
yozadi. (
H.Ol.)
2. Bor boricha, yo„q holicha.3. Yaxshi otga bir qamchi,
yomon otga ming qamchi. (
Maq.
) 4. Yuragida qanday dard bor –
mana bu menga sir. (
Oyb
.
)
Bog‗lovchisiz qo‗shma gap tarkibidagi sodda gap o‗zaro tobe
yoki teng bog‗lovchi vositasiz birikadi. Ammo bu gapda mazmuniy va
intonatsion yaxlitlik kuchayadi. Chunki bog‗lovchi vosita, mazmuniy
va intonatsion birikuvchanlik omili qo‗shma gap tarkibida yaxlitlikni
tashkil etib, ulardan biri kuchsizlansa, boshqalari buning evaziga
kuchayadi. Demak, bog‗lovchisiz qo‗shma gapda bog‗lovchi
vositaning hissasi mazmuniy va intonatsion birikuvchanlik omili
zimmasiga yuklatiladi.
Кo‗rinadiki, ikki yoki undan ortiq sodda gapning bir murakkab
butunlikni tashkil etishi ularning shakliy (grammatik), mazmuniy va
intonatsion muvofiqligi natijasida yuz beradi. Qo‗shma gapni tashkil
etayotgan sodda gap ohang jihatidan mutlaq tugallikka ega
bo‗lmaydi. Ammo mazmuniy va grammatik jihatdan nisbiy
yakunlangan bo‗ladi. Bu nisbiylik mustaqil sodda gapdagi
tugallanganlikdan farqlanadi. Qo‗shma gap tarkibida birikayotgan bir
sodda gapning modal sifatlari ikkinchisiga ta‘sir etmasdan qolmaydi.
Natijada yangi modal ma‘no vujudga keladi. Bu masala kesimning
MКSh va NКSh turi bilan ham zich aloqador hodisa. Shuningdek,
qo‗shma gap tarkibiy qismini bog‗layotgan bog‗lovchi vositadagi
modal ma‘no ham ana shu hosila modal ma‘noga qorishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |