SHOLI TO‘PONI uzum uchun yomon qadoqlash materiali hisoblanadi. U o‘z qiltiqlari bilan mevalarni teshib, chirishiga olib keladi. SHoli to‘ponini faqat oldindan ishlov berib ishlatish mumkin: uni qaynoq suvda qaynatish (qiltiqlarini yumshatish uchun) va quritish kerak bo‘ladi. Biroq ishlov berilganidan keyin ham qipiq faqat uzumni uzoq bo‘lmagan masofalarga tashishda ishlatilishi mumkin. Tariq to‘poni ham cheklangan miqdorda ishlatiladi. Unda meloga va chang ko‘p, shuning uchun u uzum uchun qadoqlash materiali sifatida uncha yaramaydi.
TORF KUKUNI urug‘mevalilar va uzumni qadoqlash uchun ishlatilardi. Lekin tashish, yuklash va tushirishda u bir tomonga kuyilib, mevalar qatorlari aralashib, tovar ko‘rimsiz tus olardi, ezilgan joyda mog‘or paydo bo‘lib, yonidagi meva va uzumlarni ham zararlantirar edi.
TUSHAMA QOG‘OZ. Idishga meva va uzumni solishdan oldin qog‘oz bilan to‘shaladi. Bu maqsad uchun tegishli o‘lchamdagi varaqlarga bo‘lingan kulrang yoki oq o‘rash qog‘ozi ishlatiladi. U mevalarni changdan va tashqi atmosfera tahsiridan, idish devorlari bosishidan saqlash, qadoqlash materialiga ko‘rkam tus berish uchun ko‘llaniladi.
MEVA VA UZUMLARNI IDISHGA QADOQLASH
Har bir qadoqlash birligiga bir pomologik va tovar navli, bir xilda pishgan va bir xildagi kalibrli meva va uzumlar solinadi.
Meva va uzumlar idishga quyidagi usullardan biri bo‘yicha joylanadi: qator qilib, uyum qilib, qisman qator va qisman uyum qilib.
Mayda mevalar: olcha, gilos, olxo‘ri va o‘riklarning o‘rtacha va mayda navlari, shuningdek, olmalarning past navlari (brak va yerga to‘kilgan mevalar) uyum qilib; uzoq bo‘lmagan masofaga tashiladigan va tez istehmol qilinadigan mevalar uyum qilib joylanadi.
Aralash qilib joylaganda yuqorigi va pastki qatlamlar qatorlar qilib, ular o‘rtasidagilari esa — uyum qilib solinadi. Bunday qadoqlash turi kamroq qimmatli va ancha mustahkam tovarga nisbatan qo‘llaniladi.
Standart tovar birmuncha zich taxlanib, qatorma-qator qadoqlanadi.
Taxlashning uch chizmasi mavjud: to‘g‘ri qatorli, diagonal va shaxmat tartibidagi.
To‘g‘ri qatorli taxlashda mevalar quti devorlariga parallel ravishda taxlanadi, yuqori qatlamdagi mevalar pastki qatorlardagi mevalarning shunday ustiga teriladi va bir meva oltita nuqtasi bilan yonidagilarga tegib turadi. Bunday holda idish hajmi noratsional foydalaniladi: yumaloq mevalar 50-52, cho‘zinchoq mevalar — 56-60% joylashadi. To‘g‘ri qatorli taxlash faqat mevalar orasidagi chuqurliklarni to‘ldiradigan to‘shama materiali (qipiq va boshqalar) solinganida mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, hamma kalibrdagi mevalar ham qalin bo‘lib, qutining kengligi bo‘yicha qator bo‘lib yotmaydi. Bahzan qatorlar oxirida bo‘sh joylar qolib, ularga taxlanadigan kalibrdagi meva joylashmaydi. Bunday bo‘sh joylar qipiq bilan to‘ldiriladi yoki ularga kichikroq kalibrdagi meva solinadiki, bu standartga ko‘ra mumkin emas. Bo‘sh joylarning qirindi bilan to‘ldirilishi quti og‘irligini 10-15% ga kamaytiradi. To‘g‘ri qatorli taxlashda o‘tkir va quruq mevabandi yonidagi mevalarning etini teshishi mumkin.
Diagonal taxlashda qatorlar qiya, qutining diagonali bo‘yicha joylashadi. Mevalar sakkizta nuqtasi bilan yonidagi mevalarga tegib turadi. SHuning uchun bu yerda yuqorida joylashgan mevalarning bosimi to‘g‘ri qatorli taxlashdagiga nisbatan ancha tekis taqsimlanadi.
Diagonal taxlash, odatda, mevalarning qog‘ozga o‘ralishi bilan bog‘liq. Diagonal taxlashda quti tagiga va qopqoq tagiga gofrirovka qilingan karton solish maqbul bo‘ladi. Karton bo‘lmaganida quti tubiga va qopqoq tagiga har bir kutiga 200-250 g dan qirindi solinadi.
Agar diagonal taxlam qatorlari gorizontal qatorlarda bir-biriga tegmaydigan qilib biroz surilsa, shaxmat tartibidagi taxlam bo‘ladi.
Qadoqlangan tovarni idishga mevalarni zararsizlantirmasdan eng ko‘p miqdori solinadigan va ayni bir vaqtda uning ko‘rinishini saqlab qolishni tahminlaydigan tarzda qalin qilib joylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |